4. Agar fe’limizning oxiri –ie harflariga tugaydigan bo’lsa –ing ni qo’shganimizda –ie harflari tushib qolib –y ga o’zgartiriladi –y + ing.
Lie – lying, die – dying
Use - ishlatishi:
“Present continuous” quyidagi holatlarda ishlatiladi
1. Ayni vaqtda sodir bo’layotgan ish-harakatlarga:
They are walking in the park now. – ular hozir parkda yurib ketishyapti.
2. Vaqtinchalik sodir bo’layotgan ish harakatlarga nisbatan, ish-harakat ayni damda sodir bo’layotganligi bo’lishi shart emas, ya’ni hozirgi paytning atrofida bo’layotgan ish harakatlarga nisbatan present continuous ni ishlatamiz, bu degani ish-harakat shu kunlarda boshlanib qo’yilgan-u lekin oxirigacha yetmagan bo’ladi:
She is working hard these days. – u shu kunlarda qattiq ishlayapti. (bu degani u hozir ish harakat qilmayapti ammo boshlashga boshlab qo’ygan-u, lekin oxirigacha yetkazmagan).
Time expressions – vaqt iboralari/ravishlari
Quyidagi ravishlar present continuous bilan ishlatiladi:
Now – hozir, at the moment – hozir, ayni damda, at present – hozir, ayni vaqtda, these days – shu kunlarda.
Short answers – qisqa javoblar
Qisqa javoblarda biz Yes yoki No so’zlarini ishlatamiz, kerakli kishilik olmoshini va yordamchi fe’l “to be” ni. Biz qisqa javobda asosiy fe’lni ishlatmaymiz -ing ni ham.
Are you studying? Yes, I am. – o’qiyapsizmi? Ha, o’qiyapman.
Are you…? Yes, I am./ No, I am not.
Yes, we are./ No, we aren’t.
Is he/she/it…? Yes, he/she/it is. / No, he/she/it isn’t.
Are they…? Yes, they are. / No, they aren’t.
NOTE: – bilib qo’ying:
Qachonki “have” fe’li present continuous da ishlatilsa have – bor bo’lmoq, bor, ma’nolarda ishlatilmaydi. Bunday holatda have ibora bo’lib ish harakatni ifodalaydi keladi.
I am having bath. – men vanna qabul qilyapman.
I am having a shower. – men dush qabul qilyapman.
I am having a lesson. – men dars qilyapman.
I am having breakfast/lunch/dinner. – men nonushta/tushlik/kechki ovqat yeyapman.
Do'stlaringiz bilan baham: |