Short answers – qisqa javoblar
Have you got…? Yes, I have./no, I haven’t.
Yes, we have./No, we haven’t.
Has he/she/it got…? Yes, he/she/it has.
No, he/she/it hasn’t.
Have they got…? Yes, they have.
No, they haven’t.
“Can” modal fe’li – qila olmoq, qodir bo’lmoq.
Can fe’li modal fe’l bo’lib, mustaqil fe’l bo’lib kela olmaydi. U yordamchi fe’l bo’lib keladi va har doim asosiy fe’lni aniqlab keladi. Can + verb = can + fe’l.
Can ning hamma shaxslarga bitta ko’rinishi bor.
Can ni quyidagi holatlarda ishlatamiz:
a) qobilyatni ko’rsatganda.
I can sing – men kuylay olaman.
b) biror bir kimdan biz uchun biror narsani qilib berishini so’raganimizda:
Can you open the door, please? – eshikni ochib yubora olasizmi, iltimos?
c) biror bir narsani so’raganimizda:
Can I have a piece of cake, please? – menga bir bo’lak tort bera olasizmi, iltimos?
Men bir bo’lak tort yesam bo’ladimi, iltimos?
d) biror bir narsani qilishga ruxsat so’raganimizda:
Can we play on the computer, please? – kompyuterda o’ynasak bo’ladimi, iltimos?
Affirmative=positive
Darak shakl
I/you/he /she/it/we/they can walk – men yura olaman, siz yura olasiz, u yura oladi, biz yura olamiz, ular yura oladi.
Negative – inkor shakl
I/you/he/she/it/we/they cannot/ can’t walk – men yura olmayman, siz yura olmaysiz, u yura olmaydi, biz yura olmaymiz, ular yura olmaydi.
Interrogative=question
So’roq shakl
Can I/you/he/she/it/we/they walk? – men yura ololamanmi? siz yura olasizmi? u yura oladimi? biz yura olamizmi? ular yura oladimi?
Bilib qo’ying: can ning inkor shakli cannot qo’shilib birgalikda yoziladi, qisqartirilgan shakli esa can’t dir.
Short answers- qisqa javoblar:
Can I/you/we/they…? Yes, I can. /No, I can’t.
Qisqa javobli savollarda ishtirok etgan can kerakli shaxs bilan javobida ham keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |