Unit 1 Nouns- otlar: singular nouns- birlik otlar plural


*Sifatlarga hech qachon -s


Download 120.2 Kb.
bet2/50
Sana05.04.2023
Hajmi120.2 Kb.
#1273745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Grammarway rule 1-20

*Sifatlarga hech qachon -s qo’shilmaydi.
A happy girl ( bitta baxtli qiz), two happy girls (ikkita baxtli qiz)
Irregular Nouns- noto’g’ri otlar
Noto’g’ri ot deb nomlanishiga sabab shuki ularning ko’pliklarini -s, -es, va -ies qo’shimchalarini qo’shmasdan yasaymiz, ularning shakli o’zgaradi:
Child- children (bola – bolalar), man- men (kishi- kishilar),
Woman-women (ayol- ayollar), goose- geese (g’oz- g’ozlar),
Tooth-teeth (tish- tishlar), foot- feet (oyoq- oyoqlar),
Ox-oxen (buqa – buqalar), mouse- mice (sichqon- sichqonlar),
Sheep-sheep (qo’y- qo’ylar), deer- deer (bug’u- bug’ular).
Pronuciation – talaffuz qilish
Ko’plik otlarning o’zak qo’shimchasi quyidagicha talaffuz qilinadi:
* Agar otlarimiz /f/, /k/, /p/, /t/ yoki /Ɵ/ tovushlariga tugasa s ni qo’shganimizda s deb talaffuz qilinadi:
Cliffs, books, shops, cats, myths.
* Agar otlarimiz /s/, /ks/, /ʃ/, /tʃ/, /dʒ/, /z/, yoki /ʒ/ tovushlari bilan tugasa es ni qo’shganimizda iz deb o’qiladi:
Buses, foxes, brushes, torches, bridges, roses, mirages.
* Yuqoridagi tovushlardan boshqa tovushlarga tugasa otimizga s ni qo’shganda /z/ deb o’qiladi:
Rooms, boys, pears, leaves, lemons, pianos.
Countable nouns- sanaladigan otlar
Sanaladigan otlarni biz sanay olamiz, birlik va ko’plik ko’rinishlari bor.
Biz sanaladigan otlarning birligi bilan one (bir) so’zini ishlatamiz yoki noaniq artikl a va an ni ishlatamiz. A ni biz otimiz undosh tovush bilan boshlansa ishlatamiz, an ni esa unli tovush bilan boshlangan otlardan oldin ishlatamiz: a flower ( bitta gul), an apple ( bitta olma), one girl (bitta qiz).
Sanaladigan otlarning ko’pligi bilan some (bir qancha, bir nechta, ma’lum miqdorda) ishlatamiz. Some ni biz sanaladigan otlarning ko’pligi bilan va sanalmaydigan otlar bilan ishlatamiz: some apples (bir qancha olmalar), some honey (bir qancha miqdorda asal).

Download 120.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling