Interrogative=question
So’roq shakl
Do I work? – Men ishlaymanmi?
Do you work? – Siz ishlaysizmi?
Does he/she/it work? – u ishlaydimi?
Do we work? – biz ishlaymizmi?
Do you work? – sizlar ishlaysizlarmi?
Do they work? – ular ishlaydilarmi?
Spelling Rules – harfma harf yozish qoidalari.
Quyidagi qoidalarning hammasi hozirgi oddiy zamonning uchinchi shaxs birlik darak gapida asosiy fe’l bilan ba’zi bir o’zgarishlarga qaratilgan:
* Ko’pchilik fe’llar present simple ning uchinchi shaxs birlik darak gapida –s o’zagiga oladi.
* Agar fe’llarimiz –ss, -sh, -ch, -x va -o harflariga tugaydigan bo’lsa o’zagiga –es qo’shamiz:
I miss – he misses (men sog’inaman, u sog’inadi), I finish – he finishes (men tugataman, u tugatadi), I watch – he watches (men ko’raman, u ko’radi), I mix – she mixes (men aralashtiraman, u aralashtiradi), I go – he goes (men boraman, u boradi).
* Agar fe’limiz undosh + y ga tugaydigan bo’lsa present simple da uchinchi shaxs birlikning daragida Y tushib qoladi va –ies ga o’zgaradi:
I study – he studies (men o’rganaman, u o’rganadi), I cry – she cries (men yig’layman, u yig’laydi).
* fe’llarimiz unli + y ga tugaydigan bo’lsa uchinchi shaxs birlikda fe’limizga faqat – s ni qo’shamiz:
I play – he plays (men o’ynayman, u o’ynaydi).
Pronunciation – Talaffuz qilish
Uchinchi shaxs birlik fe’l o’zak qo’shimchasi S, ES quyidagicha talaffuz qilinadi.
* /f/, /k/, /p/, /t/ tovushlariga fe’llar uchinchi shaxs birlikda hozirgi oddiy zamonda /s/ deb o’qiladi.
Laughs, kicks, stops, sits
* /s/, /ʃ/, /tʃ/, /dʒ/ yoki /z/ tovushlariga tugasa /iz/ deb o’qiladi.
Kisses, washes, watches, changes, closes
* Fe’llarimiz yuqoridagi tovushlardan boshqa tovushlarga tugasa /z/ deb talaffuz qilinadi.
Swims, plays, runs, reads, studies
Do'stlaringiz bilan baham: |