Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Bilim va g‘oyalar e’tiqodni strukturasining muhim
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
4. Bilim va g‘oyalar e’tiqodni strukturasining muhim
elementlari YUqorida ta’qidlanganidek, “e’tiqod” arabcha so‘z bo‘lib, ishonch, ixlos ma’nolami bildiradi. Ammo e ’tiqod darajasi, mazmun- mohiyati shaxs, guruh va jamiyatda o ‘ziga xos ma’noda namoyon no bo‘ladi. Demak, bilim va g‘oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan o‘zlashtirib olingandagina e’tiqodga aylanadi. Umuman olganda odamlami ijtimoiy hayotning faol a ’zosiga aylantiruvchi omil hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, e’tiqod bilim va g‘oyalaming o‘zlashtirgan, hayot sinovlaridan o‘tkazgan, ularning to‘g ‘riligiga ishonch hosil qilgan shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari va dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga da’vat etadigan tizimdir. E ’tiqodga aylangan bilim va g‘oyalarning falsafiy tahlil etganda, ular ijtimoiy amaliyotning natijasi, insonni bilish borasidagi faoliyatining hosilasidir. E’tiqod inson dunyoqarashining asosiy komponenti jamligini unutmaslik darkor. E ’tiqod bilish, baholash, boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Ob’ektiv voqelikdagi turli xodisalar, jarayonlar haqidagi bilimlar e’tiqodning bilish funksiyasining bildirsa, olingan bilimlarga tayanib sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, hodisalar mohiyatini tushunib olish, baholash funksiyasini tashkil etadi. Uning boshqarish fimksiyasi esa, insonni o‘z shaxsiy va ijtimoiy faoliyatida xulq-atvori, xatti-harakatiga ko'rsatadigan ta’siri, muayyan maqsad tomon yo‘naltirish qobiliyatidan iborat. Inson hayotida maqsadlar ko‘p bo‘lib, ulaming ayrimlari o‘zgarib turadi. Faqat aniq maqsadda bo‘lgan g‘oya atrofida birlashganlami maslakdoshlar deyiladi. Maslak asosida muayyan dunyoqarashning bosh va asosiy g‘oyalariga ishongan odamlar jamoasi umumiy fe’l- atvori yotadi. Demak, insonlami ma’lum vazifalami bajarishga safarbar etadigan g‘oyaviy birlik maslak bo‘lib, aniq maqsadlami amalga oshirish yo‘llarini belgilovchi iro d a - bu, e’tiqoddir. Inson e’tiqodi shakllanishiga bilim va g‘oyalar xizmat qilishini bilib olganimizdan so‘ng shunga e’tibor qaratishimiz lozimki, inson e’tiqodsiz, g‘oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. Inson va jamiyatni maqsad (maslak)sari etaklaydigan, harakatga keltiradigan kuch g‘oyadir. Demak, g‘oya inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlami harakatga keltiradigan, ulami maqsad-maslak sari etaklaydigan fikrdir. Umumlashtirib aytganda, muayyan maqsadlar yo‘lida birlashib harakat qilishga olib keluvchi, ko‘pchilikning e’tiqodiga aylangan asosiy maslak g‘oyadir. i l l Diniy e’tiqod o‘ziga xos muayyan dunyoqarash (g‘oya) sifatida umuminsoniy tabiatga ega. Din inson zotiga xos bo‘lgan ruhiyat, ma’naviy holatdir. Dinning asosiy mohiyatini belgilovchi g'oya ilohiy zot-yaratuvchiga ishonish va unga sig‘inishdir. Turli diniy an’ana va qadriyatlarga rioya qilish, shu yo‘l bilan narigi dunyoda jannatga tushish, do‘zah azobidan xalos bo'lish maqsadidir. Din Yaratganga, taqdirga, oxiratga Xudo belgilab bergan andozalardan chiqmasdan ishonishdir. Bu ma’naviy andozalar-mehnatsevarlik, insonparvarlik, adolatlilik, iymonlilik, insoflilik, odamlaming bir-biriga ishonchi va hurmatidir. Din-inson ma’naviyatini rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Qur’on, hadislardagi g‘oyalarda va shariat ahkomlarida shakllangan musulmonlaming burch va vazifalari deb tan olingan fikrlar orqali kishilarda iymon, vijdon, e’tiqod orqali hayot tarzini hal etishga chorlagan. Buning uchun har bir musulmon o‘zi ruhan, vijdonan pok, iymonli va halol bo‘lishi kerak, degan da’vat islom ta’limotida katta o‘rin olgan. Xo‘sh, diniy iymon nima? Bu shaxs uchun asosiy orzu diniy ibodatlar, marosimlami bajarish, diniy ko‘rsatmalar asosida hayot yo‘nalishini belgilab, real dunyoda baxtiyor bo'lish va oxiratda jannatdan joy olishdir. Ilmiy haqiqatlar atrofida iymon shakllangan shaxslar uchun esa asosiy ideal (yuksak orzu) hayotning ma’nosi real, birdan-bir dunyoda chinakam insoniy munosabatlar, umumiy farovonlik va adolatni qaror toptirish uchun kurashda baxtiyorlikka, el-yurtning izzat-ikromiga sazovor bo‘lib, hayotda o‘zidan yaxshi nom qoldirib, avlodlar qalbida ulami davom ettirish va ijtimoiy abadiylikka musharraf bo‘ lishdir. Insonning ikki mohiyatida kelib chiqadigan va doimo bir-biri bilan yonma-yon mavjud bo‘Iib turadigan jismoniy (fiziologik) va ruhiy holatni aslo e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Shu tufayli insonda poklik yoki nopoklik, sahiylik va ochko‘zlik, mehr-shafqatlilik yoki toshbag‘irlik, insoflilik yoki noinsoflik, vijdonlilik yoki vijdonsizlik, ezgulik yoki yovuzlik kabi ma’naviy-ruhiy holatlar namoyon bo‘ladi. Muayyan vaziyat taqozosi bilan bu holatlar bir-biriga o‘tib turadi. Go'yo odamda ikki qiyofa va ikki qalb bir vaqtning o'zida mavjud boTib turadi. Fiziologik mashqlar tufayli hayvoniy xirslarga erk berib yuborilsa, odam insoniylik sifatlaridan qadam-baqadam mahrum bo‘lib borayotganini o‘zi ham anglamay qoladi. Bu hirslaming yovuz 112 ruhi qaror topib qolmagligi uchun odam ongi, qalbi doimo izchil ravishda ezgulik hissidan oziq olib turishi lozim. Aslini olganda, ilmiy qarashlar o‘z oldiga odam mohiyatidagi yovuzlik hislarini bartaraf etib, ezgulik hissini qaror toptirish maqsadlarini nazarda tutadi. Bunday ezgulik hissini qaror toptirish aksariyat hollarda e ’tiqodni iymon bilan bog1 lash, ya’ni imonli kishilarda ana shunday fazilatlar mujassam bo'ladi deyiladi. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling