Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Ikkinchi Puni urushi (mil. a w . 218-201


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   109
Ikkinchi Puni urushi (mil. a w . 218-201 -yy). Karfagen 1-puni 
urushidan so‘ng kuchsizlangan edi. Lekin, u tez orada o ‘zini tiklab 
olib, yana urushga tayyorlana boshlaydi. Harbiy harakatlaming 
tepasida 1- puni urushi qahramoni lashkarboshi va m ohir diplomat 
Gamilkar Barka turardi. U urush harakatlarini dushman hududiga 
ko‘chirib g'alaba qozonish mumkin deb, hisoblardi. Gamilkar Rimga 
Iberiya orqali hujum qilishni maqsad qiladi. U mil. a w . 237 -yiida 
Iberiyaga otlanadi. Gamilkar kuch va diplomatiya orqali yarim 
orolning katta qismini egallaydi. Shuningdek, u yerda kuchli yollanma 
qo‘shin tuzib asosiy tayanch baza - yangi Karfagen (zamonaviy 
Kartaxena) shahriga asos soladi. Iberlar bilan jangda Gamilkar halok 
b o iib o ‘m ini Gastrubal egallaydi. U ham iberlar bilan jangda halok 
bo‘ladi. Karfagen qo‘shinlari o ‘zining y o ‘lboshchisi sifatida Gamilkar 
o‘g‘illarining to‘ng‘ichi Gannibalni 
(mil. a w . 
247-183 
-yy) 
tanlaydilar. Gannibal yorqin harbiy strateg b o iib , Karfagenning 
aw alg i m agiubiyati uchun qasos olishni xohlar edi.
Gannibal Rimni bosib olish uchun 5000 piyoda askar, 9000 ming 
otliq, 60 fildan iborat armiya tuzadi. U har qanday hujum o‘miga, 
rimliklami hayratda qoldirish uchun jasur va xavfli harakatlami 
amalga oshirishga harakat qiladi. U o‘zining armiyasini Ispaniyadan 
Fransiya va Alp to g ia ri orqali uzoq yurishiga boshchilik qildi. U 
qo‘shinlaming yarmini va fillarining asosiy qismini y o ‘qotishiga 
qaramasdan, uning lashkarboshilik qobiliyati o ‘z samarasini berdi. 
0 ‘n yildan ortiq vaqt davomida u o ‘z qo'shinlari bilan Italiya yarim 
orolining yuqori va quyi qismlariga yurishlar qildi. Gannibal o‘zining 
eng buyuk g‘alabasiga miloddan aw alg i 216-yiIda Kaima jangida 
erishdi. 0 ‘sha yerda uning armiyasi rimliklar qo‘shiniga katta talofot 
yetkazdi. Mazkur jangda Gannibal Rim qo‘shinlarini qurshab olib, 
t o ia tor-mor qildi. Italiyaning bir nechta yunon shaharlari, jumladan, 
Sirakuza va bir qancha qabilalar Gannibal tomoniga o ‘tdi. Lekin. 
rimliklar tez orada o'zlarini tiklab olib, yana kuchli qo‘shin tuzadilar. 
Ular o‘z qo‘shinlarini qayta guruhlashtirdi va ko‘plab ittifoqchiiar 
yordamida qattiq qarshilik ko ‘rsatdi. Natijada Gannibal tomonidan 
Rimni bosib olinishiga xalaqit qildilar.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling