Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Diktator
- Liktorlar
- Tetrarx
- Mavzu: Mil. a w . III-II asrlarda Rim respublikasi. Reja
- Rim-Karfagen urushlari.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qadimgi italiyada quldorlik tuzumining vujudga kelishi. 2. Italiyada ilk quldorlik jam iyati xususiyatlari. 3. Podsho hokimiyatining yemirilishi va Rim Respublikasining o‘matilishi sabablari. 4. Rim armiyasining tuzilishining o ‘ziga xosligi. 5. Rim tomonidan Italiyaning birlashtirilishining ahamiyati. Glossariy Diktator (lot. ) - Qadimgi Rimda urush xavfi yoki qo‘zg‘olonni bostirish kabi favqulodda voqea ro ‘y berganda Senatning qarori bilan tayinlanadigan t o i a huquqli hukmdor. Uning vakolati 6 oydan oshmas edi. Lotin Ittifoqi - mil. a w . VII asrda an’anaga ko‘ra, tashkil topgan qadimgi Italiya 30 shahar (Latium) federatsiyasi. Mil. a w . VI asrda Lotin ittifoqida Rim shahri ustunlikka ega boigan. Liktorlar (lo t.) - qadimgi Rim respublikasida oliy mansabdor shaxslarga hamrohlik qiladigan faxriy soqchilar. Patritsiy (lot. ) - qadimgi Rimda zodagon, aslzoda, oqsuyak. Butun hokimiyatga ega b o ig a n yerli boy va zodagonlar urug‘ining a’zosi. Tetrarx - qadimgi Rimda to‘rt kishi birgalikda boshqargan davlatda to‘rt hokimdan biri, tetrarxiya hukmdori. Senat (lot. ) - qadimgi Rimda respublika davrigacha urug‘ oqsoqollarining yig‘ini. Respublika davrida Senat oliy hokimiyatning davlat organi, hukmron aslzodalar hokimiyati. 227 Mavzu: Mil. a w . III-II asrlarda Rim respublikasi. Reja 1. Rim-Karfagen urushlari. 2.M iloddan aw alg i П-П asrlarda Rimning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi. 3.Rim respublikasining tashqi siyosati. 4. Rimda ichki siyosat va siyosiy kurashning keskinlashuvi. Rim-Karfagen urushlari. Apennin yarim orolining janubini bo‘ysundirgan Rim respublikasi o‘zining chegaralarini Sitsiliya orolidan ajratib turuvchi Messeniya bo‘g ‘ozigacha kengaytiradi. Bu yerda mavjud b o ig an yunon koloniyalari mil. a w . IV-III asrlarga kelib gullab-yashnaganligi jangovor qo'shnilarining, eng aw alo, Rimning e’tiborini tortadi. Mil. a w . 1П asrda, ayniqsa, Sirakuza kuchayib orolning katta qismini o ‘z ta'siriga bo‘ysundiradi. Bu vaqtda Apennin yarim orolini Sitsiliyadan ajratib turadigan Messina ham rivojlanggn edi. Yunon shaharlari aw ald an qudratli Karfagen bilan dushmanlik munosabatlarida b o ig an . Finikiya koloniyalaridan biri b o ig a n Karfagen shimoliy Afrika qirg‘og‘idagi yarim orolda joylashgan edi. Karfagenliklar Sitsiliya orolining g‘arbiy qismidagi Lilibey, Drepana, Panorm shaharlarida mustahkam o ‘rnashib olib, u yemi yunonlar bilan kurashdagi ekspansiyaning tayanchiga aylantirishgan. Apennin yarim orolini egallagan Rim Sitsiliya ishlariga aralasha boshlaydi. Bu esa birinchi navbatda Karfagenning manfaatlariga zid edi. G ‘arbiy 0 ‘rtayer dengizidagi eng qudratli davlatlardan biri b o ig a n Karfagen Sitsiliyani o ‘z ta’sir zonasi deb hisoblab, muntazam kuchsizlanayotgan yunon shaharlarini siqib chiqargan. Mil. a w . 264 - yilgacha Rim va Karfagen tinch munosabatlarda yashagan. Savdo va dengizda suzish bo‘yicha o‘zaro shartnomalar ikki o ‘rtada Polibiyning m aium otlariga ko‘ra 3 marta tuzilgan. Mil. a w . 280- yildagi shartnoma Rim va Karfagen o ‘rtasida faqatgina savdo emas, balki siyosiy aloqalarga ham oid edi. Rim Apennin yarim orolini bo‘ysundirish bilan band b o ig a n bir paytda Karfagen Shimoliy Afrikani egallagan, bu borada ulaming manfaatlari to‘qnashmagan. Biroq, rimning janubiy Italiyaga suqilib kirishi vaziyatni o ‘zgartirib 228 yuborgan. Kuchli davlatga aylangan Rim respublikasi Apennin yarim orolini birlashtirgandan so‘ng qo ‘shni hududlarga, birinchi navbatda boy Sitsiliyaga da’vogarlik qila boshlaydi. Bu da’volar Rimning ekspansiyasidan tashvishga tushgan Karfagen bilan to‘qnashuvga olib kelishi muqarrar edi. Rim bilan Karfagen o‘rtasida ziddiyatlami keltirib chiqargan yana bir omil savdo tarmoqlari va 0 ‘rtayer dengizida gegemonlik uchun kurash edi. Rimning joylashuv o‘mi unga 0 ‘rtaer dengizi bo‘yidagi boy yerlarda savdo qilish uchun qulay imkoniyat yaratar edi. Rimlik savdogarlar quruqlik va dengiz orqali savdo qilganlar. Ular Rim vinosi va zaytun yog‘ini boshqa hududlardagi turli xil oziq- ovqatlar, xomashyo materiallari va hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlaganlar. Biroq, boshqa kuchli va qudratli shaharlar, birinchi navbatda Karfagen Rimning 0 ‘rtayer dengiziga suqilib kirishi uchun to‘sqinlik qilgan. Uning kuch-qudratini o‘sishi tez orada Rim bilan to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri to‘qnashuvga olib keldi. Tajovuzkor harakatlami birinchi b o ‘lib karfagenliklar boshladi. Mil. a w . 272-yilda Rim qo‘shinlari Tarentni qamal qilayotgan bir paytda karfagenliklar harbiy eskadrasi Rim va Karfagen o‘rtasidagi shartnomaga zid ravishda bandargohga kiradi va shahami egallamoqchi bo‘ladi. Lekin bu urinish muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Tarent zodagonlari shahami rimliklarga topshirishni afzal qo‘rishadi. Karfagenliklar kechirim so‘rashga majbur bo‘ladi, lekin Rim va Karfagen o ‘rtasidagi do ‘stona aloqalar buziladi. Har ikki taraf ochiq to ‘qnashuvga tayyorlana boshlaydi. 1-Puni urushi. Nihoyat mil. a w . 264-yilda ikki davlat o ‘rtasida urush boshlandi. Bu Puni urushlari sifatida mashhur bo‘lgan urushning boshlanishi edi. Mil. a w . 264 va 146-yillar davomida ikki davlat o‘rtasida uchta urushlar b o iib o ‘tadi. Birinchisi Sitsiliya va g‘arbiy 0 ‘rtayer dengizida hukmronlik uchun kurash b o iib , 23 yil (mil. a w . 264-241-yy) davom etdi. M essana va Sirakuza o'rtasidagi mahalliy urush Puni urushlarini boshlanib ketishi uchun bahona b o iad i. Sitsiliya tomon harakatlangan rimliklar Messanani qamal qilayotgan Sirakuza va karfagenliklar qo‘shinini tor-mor qiladi. Bir yildan so‘ng ular Sirakuza devorlariga yetib borib uning tirani Gieronni tinchlik shartnomasini tuzishga majbur qiladi. Mil. a w . 262-yilda Rim qo‘shinlari karfagenliklar tomonidan kuchli qal’aga aylantirilgan Akragant shahriga qarab 229 yuradilar. 6 oylik qamaldan so‘ng Akragant qulab, Karfagen qo‘shinlari orolning g‘arbiga siqib chiqariladi. Lekin bu yutuqlar rimliklar uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmadi. Chunki, rimliklar dengiz flotiga ega emas va bu sohada Karfagen bilan raqobatlasha olmas edilar. Karfagen kuchli flotga ega b o iib , dengiz orqali Apeninning kam himoyalangan hududlariga reydlar o ‘tkazib turardi. Rim qisqa vaqt ichida barcha vositalami ishga solib, mil. a w . 260-yilda 120 ta jangovar kemadan iborat harbiy flotga ega b o id i. Shu yilda Lipar orollari yaqinidagi birinchi to‘qnashuvda karfagenliklar Rim floti ustidan yengil g ‘alaba qozondilar. G ‘alabadan ruhlangan Karfagen qo‘mondonlari M ila yaqinida hal qiluvchi zarba berishga chogianadilar. Biroq, bu jan g Karfagen flotining m agiubiyati bilan tugaydi. Rimliklarga kemasozlar tomonidan o ‘ylab topilgan ilmoqlar va ko‘prikchalar katta yordam beradi. Ular yordamida kema bogianib, rimlik legionerlar dushman kemasiga o ‘tib olardilar va uni egallardilar. Rimliklar urush harakatlarini dushman hududi Afrikaga ko‘chirishga erishdilar. K o‘p sonli shaharlar va manzilgohlarni bosib oladilar. Karfagen tinchlik sulhini so ‘raydi. Ammo Rim konsuli Atiliy Regul o g ir shartlami qo‘yadi. Karfagenliklar uni rad qilib himoyaga kuchli tayyorlanadilar. Armiyaga yangi yollanma qo‘shin jalb qilinadi, barcha erkin fuqarolar safarbar qilinadi, q o ‘shinga boshliq etib spartalik mohir lashkarboshi Ksantip tayinlanadi. Afrikaga birinchi yurishda rimliklar yetarli tayyorgarlik ko‘rmaganlari, g ‘alabaga to iiq ishonib qo‘shin va flotning bir qimini chaqirib olganliklari uchun urushda muvaffaqiyatsizlika uchradilar. Urush harakatlari yana Sitsiliyaga ko‘chdi va mil. a w . 255-242 - yillarda davom etadi. Bu urushlarda goh u taraf goh bu taraf g ‘alabalarga erishadi. Oxir oqibatda har ikki urushayotgan tomonlar holdan toyib, kuchlari zaiflashdi. Hal qiluvchi jan g mil. a w . 241-yilda Sitsiliyaning g ‘arbidagi Egat orollari yonida b o iib o ‘tdi. Karfagen floti batamom tor-mor qilindi. Karfagen tinchlik shartnomasini tuzishga majbur b o id i va Sitsiliyani q o id a n boy berdi hamda 3200 kumush talant (deyarli 84 tonna kumush) miqdorida tovon to iay d i. Rimliklar Karfagenning o g ir ahvolidan foydalanib, Korsika va Sardiniya orollarini qarshiliksiz bosib oladilar. Rim G ‘arbiy 0 ‘rtayer dengizidagi kuchli davlatga aylanadi. 230 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling