Urazimbetova sh o‘quvchilarni aruz she’riy tizimidagi


Download 279.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana13.11.2023
Hajmi279.75 Kb.
#1769435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
urazimbetova shoxista o\'quvchilarni aruz sheriy tizimidagi asarlarni ifodali o\'qishga o\'rgatish bmi

Vazn bo‘laklari. Bu o‘rinda Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon”ida rukn 
deb tanishtirlgan, Boburning “Aruz risolasi”da esa, juzv nomi bilan berilgan 
ritmik birliklar (sabab, vatad va fosila) nazarda tutilgan. Risolada yozilishcha, 
“mening ishim tekshirish ishi, shuning uchun aruzning asosiy nuqtalarini olib 
tanqid va izoh qilaman. Ikkinchi yoqdan yosh shoirlarimizga aruzning bor-
yo‘g‘ini ochib bermakchiman. Shuning uchun ishni qulaylashtiruvchi yangi bir 
sistemaga qo‘yishga urunaman. 
Arab-eron aruzi yuqorida ko‘rulgani kabi she’rda vohid qiyosi qilib
baytni oladi. Bayt ikki misraga bo‘lunadi. Bir misra ikki, uch, to‘rt hijo 
to‘plamig‘a (to‘rt-besh stopaga) ajraladi va bu to‘plamlarga «rukn» ismi 
beriladi, jami arkon bo‘ladi.”
Aruzning bu kabi ibtidoiy talablari eslatilgandan so‘ng “juzv va asliy 
ruknlar”yoki “zihof va fariy ruknlar” kabi an’anaviy tushuntirish yo‘lidan 
bormaydi. Olimning fikricha, bu yo‘l “miyaga og‘irlik beradi”. Halil ibn Ahmad 
1
Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik, 2-tom, Toshkent, Fan, 1979, 349-bet. 


18
asarida aytilgan sakkizta ruknlar va ularning “qisqartirilishi” va orttirilishidan 
hosil bo‘lgan 27 ta fariy rukn hammasi qo‘shilib 35 rukn hosil bo‘ladi. “Zihofot” 
degan bu kabi qiyinchiliklardan aruzni qutqara olmaganlar”, deya “gina” qiladi 
Fitrat. 
Shuning uchun olim barmoq tizimida ko‘rilgani kabi nisbatan soddaroq 
yo‘l tutib, bir rukndagi to‘liq va qisqa hijolarning sifatiga asoslanib, uning har 
baytdagi miqdoriy jihatlarini ham hisobga olgani holda har bir misrada bir yoki 
ikki turoq belgilanib, ular uchun (*) ishorati qo‘yilgan va “ist” ismi bilan 
yozilgan. Bir misraning “ist” bilan bo‘lingan parchalari “bo‘lim” deb atalgan. 
Bir misrada takrorlangan hijo to‘dalariga “to‘plam” (ruscha stopa) ismi berilgan. 
Shu tariqa aruz birliklarining qabul etilishi birmuncha yengillashtirilgan. 

Download 279.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling