Ushbu mavzu bo’yicha xulosa chiqaring.
Nazorat uchun savollar.
Kun tartibini tuzishning ahamiyati nimada.
Kun tartibini tuzishda qanday tamoyillardan foydalaniladi.
Dam olishning turlari va uyquning ahamiyatini tushuntiring.
MAVZU: “KUN TARTIBINI TO`G`RI TASHKIL ETISH.”
Darsning maqsad:Kun tartibini to`g`ri tashkil etishni o’rganish.
Dars uchun kеrak bo’ladigan jihozlar:11-12-13 yashar o’quvchilarni kun tartibining taхminiy sхеmalari jadvallari.Tablitsa, darslik, o’quv qo’llanma.
Ishni bajarish tartibi:Har bir o’quvchining ijtimoiy jihatidan kelib chiqqan holda kun tartibini tuzish. Har bir yosh va har bir sinf uchun kun tartibini mos qilib standart jadvallardan qaragan holda tuzib olish.
Nazariy tushuncha.Kun tartibini to’g’ri tuzishda asosan o’quvchilarning qaysi smenada o’qishini bilib olish kifoya.Birinchi va ikkinchi smena o’quvchilari uchun kun tartibi ularning yoshini hisobga olgan holda tuziladi. Dam olish, uyqu, ovqatlanish, sinfdan tashqari ishlarni to’g’ri tashkil qilish, uyda uy yumishlariga yordam berish, maktabdagi mashg’ulotlar va boshqalarni to’g’ri tashkil etish lozim. Tabiiyki, kun tartibi bolalarning anatomik- fiziologik xususiyatlariga va yoshiga qarab tuziladi. O’quvchilar maktabda maktab kutubxonasi, sport zali va boshqalardan foydalaniladi. Kuntartibini tuzishda o’quvchilarning ishchanlik qobiliyatini, xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. O’quv mashg’ulotlari va aktiv dam olishni almashlab turish lozim. Uy vazifalarini tayyorlashga alohida e’tibor berish kerak. Har 45 minutdan so’ng 10 -15 minut dam olish, dam olish vaqtida gimnastika mashg’ulotlari bilan shug’ullanish va xonani shamollatib turish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |