Urganch Davlat Pedagogika Institutu Pedagogika fakulteti Texnologik tàlim yònalishi 1 kurs sirtqi bòlim talabasi


Download 311.92 Kb.
bet10/12
Sana14.05.2023
Hajmi311.92 Kb.
#1459743
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
savol va ma\'ruza Umida

Abraziv kesuvchi asboblar uchun materiallar. Abraziv

asboblar o’zining yuqori unumdorligi, yuqori aniqligi va yuza g’adirbudirligining kichikligi uchun ishlab chiqarishning turli sohalarida ko’plab qo’llaniladi. Ular yordamida qiyin ishlanuvchan, o’ta qattiq materiallar va qattiq qotishmalarga ham ishlov beriladi.
Abraziv asboblar donachalar va kukun ko’rinishida ishlab chiqariladigan yuqori qattiqlik, mustahkamlik va issiqlik va yeyilishga bardoshli abraziv materiallardan tashkil topgan.
Abraziv materiallar tabiiy va sunьiy turlariga bo’linadi. Sunьiy abraziv materiallar o’zining tarkibining bir hilligi, boshqa qo’shilmalarning yo’qligi uchun abraziv kesuvchi asboblar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Suniy abraziv materiallarga elektrokorund, kremniy karbidlari, bor karbidlari, olmoslar va elbor kiradi.
Elektrokorundlar tarkibida alyuminiy okisi bo’lgan boksit yoki loytuproqni (glinozem)elektrpechlarida suyultirish yo’li bilan olinadi. Tarkibidagi korundni miqdorga qarab (% da) elektrokorundlar quyidagi turlarga bo’linadi:

    • 13A...16A markali normal elektrokorund tarkibida 93...96,5% korund mavjud bo’lib, yuqori mustahkamlik va qovushqoqlikka (vyazkost) ega, turli metallarga toza va chkunish ishlov berish va shilish jarayonlarida qo’llaniladi;

    • 22A...25A markali oq elektrokorund tarkibida 96...99% korund mavjud bo’lib, abraziv asboblarni barcha turlarini tayyorlashda hamda mikrokukunlar (erkin abraziv bilan ishlov berish uchun) tayyorlashda qo’llaniladi;

    • 33A, 34A markali xromli elektrokorund, 37A markali titanli elektrokorund va 91A...94A markali xromtitanli elektrokorundlar 95...98% xrom va titan qo’shilgan korunddan iborat bo’lib, bu uning abraziv xossalarini yaxshilaydi. Legirlangan elektrokorundlarni barcha turdagi abraziv asboblarni tayyorlashda qo’llaniladi va oddiy elektroko-rundlarga nisbatan konstruktsion va uglerodli po’latlarga ishlov berishda mehnat unumdorligini oshiradi.

    • 38A markali tsirkonli elektrokorundlar 70...80% korund va tsirkoniy oksididan tashkil topgan. Elektrokorundli jilvir toshlarga nisbatan tsirkonli elektrokorundlar yuqori kesish rejimlarida ishlash qobiliyatiga ega.

    • 43A...45A markali monokorundlar 98% korunddan iborat va yuqori mexanik hamda kesish hususiyatlarigaega bo’lib, qiyin ishlov beriluvchi po’lat va qotishmalarga ishlov beruvchi barcha turdagi abraziv asboblarnitayyorlashda qo’llaniladi.


Download 311.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling