Kremniy karbidli kremnezem va tarkibida uglerodning miqdori yuqori bo’lgan (koks, antratsit va x.k) materiallarni suyultirish yo’li bilan olinadi. Tarkibi va rangi bo’yicha zangori kremniy tarkibi
(SiS≤97%) va qora kremniy karbidi (SiS≤95%) turlariga bo’linadi
62S...64S markali zangori kremniy karbidi yuqori qattiqlik va abraziv hossalarga ega bo’lib, qovushqoqligi past. Ularni jilvirtosh, brusok, abraziv jilvir qog’oz, pasta ko’rinishida tayyorlanib qattiq qotishmalarga (plastmasa, tosh, marmar va boshq.) ishlov berishda qo’llaniladi.
52S...54S markali qora kremniy karbidi yuqori mo’rtlikka ega bo’lib ularni cho’yan, rangli metall, nometall mo’rt materiallardan tayyorlangan zagotovkalarga ishllov berishda qo’llaniladi.
Sintetik olmosni 0,1...3000 mkm o’lchamli donachalar
ko’rinishida ishlab chiqariladi va ularni jilvir tosh, pasta, brusoklarni tayyorlashda hamda jilvirtoshlarni charxlash uchun rolik va qalamcha shaklida ishlab chiqariladi. Qattiq qotishmalarga jilvirash, kesish, yetiltirsh usullari bilan ishlov berishda AS2...AS6, AS15, AS20, AS32, AS50 markali kristal olmoslar yoki ARK4, ARK3 markali volfram va kremniy karbiddali bilan qoplangan yarim kristalli olmoslar qo’llaniladi. ASM va ASN normal va yuqori kesish hususiyatli mikrokukunlarni barcha turdagi abraziv asboblarni tayyorlashda hamda pasta ko’rinishida etiltirish jarayonlarida qo’llaniladi.
Elbor (borning kub nitridi)ni legirlangan va toblangan po’latdan tayyorlanadigan detallarga ishlov berishda qo’llaniladi. Elborlarning quyidagi markalari ishlab chiqariladi: PO–oddiy, LP– kuchli va LKV–yuqori mexanik hususiyatli; LD–yarim kristalli; LOM va LOS–kremniy va uglerodli qoplama bilan qoplangan. Elbordan kesuvchi asboblarning barcha turi tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |