O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
ANALIZNING ZAMONAVIY FIZIK-KIMYOVIY METODLARI
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTUR
(SILLABUSI)
Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish - texnik soha
Ta’lim sohasi: 320000 – Ishlab chiqarish texnologiyalari
Ta’lim yo‘nalishi: 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)
Urganch-2022
FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT
Fan/modul kodi
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
5-6
|
ECTS – Kreditlar
5-semestr-3
6-semesrt-3
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
5-semestr-3
6-semestr-3
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Analizning zamonaviy fizik-kimyoviy metodlari
|
5-semestr-44
6-semestr-46
|
5-semestr-46
6-semestr-44
|
5-semestr-90
6-semestr-90
|
FAN O‘QITUVCHILARI XAQIDA MA’LUMOT:
Kafedra:
|
Oziq-ovqat texnologiyasi
|
Dastur muallifi:
|
Nurjanova F.F.
|
Telefon raqami
|
+998973641403
|
E-mail:
|
fazila 1490 @mail.ru
|
Tashkilot:
|
Urganch davlat universiteti. kimyoviy texnologiyalar fakulteti 101 xona
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni umumiy, noorganik, analitik, organik kimyo va fizika fanlaridan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash hamda ixtisoslik fanlarini to‘liq va chuqur holda o‘zlashtirishlari uchun nazariy zamin yaratishdir. Fan neft-gazni qayta ishlash, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa shu kabi boshqa texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga fan turdosh sanoat texnologiyalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llaniladigan analizning zamonaviy fizik-kimyoviy metodlarining nazariy asoslarini o‘rgatadi.
Fanning vazifasi - talabalarni tanlangan ta’lim yo‘nalishlari amaliyotida uchraydigan jarayon va hodisalarning fizik-kimyoviy qonuniyatlar hamda mexanizmlar yordamida tushuntirish va tahlil qilishga o‘rgatish, fanning nazariy masalalari orqali olgan bilimlarini o‘quv laboratoriya amaliyotlarini o‘tkazish bilan ko‘nikma berish, tajribalarni kuzatish va o‘lchash, ma’lumotlarni mustaqil ravishda izohlab bera olish, umumlashtirish va tegishli xulosalar chiqarishga o‘rgatish.
№
|
Ma’ruza mavzulari
5-semestr
|
Soat
|
1.
|
Kirish. Zamonaviy sinov qurilmalari va ularning nazariy asoslari, tovarlarning organoleptik va fizik-kimyoviy kо‘rsatkichlarini zamonaviy sinov vositalari yordamida o‘lchash, sinovlar bilan bog’liq bo‘lgan asosiy atamalari; sinovlarning klassifikatsiyalari.
|
2
|
2.
|
Analizning zamonaviy fizik kimyoviy metodlari fanining maqsad va vazifalari. Analizning zamonaviy fizik kimyoviy metodlarini o‘tkazish tartiblari. Sinovlarning turlari va uning texnikaviy asoslari. Sinovlardagi o‘lchash asboblari, sinovlarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining attestatlash va qiyoslash.
|
2
|
3.
|
Sifat va miqdoriy analiz.
Sifat analizi. Miqdoriy analiz, gravimetrik analiz, titrimetrik analiz. Kimyoviy maxsulotlarni mustahkamligini aniqlash. Plotnomer va areometrlarni ishlash prinsiplari. Kimyo mahsulotlarni uziluvchanligini, cho‘ziluvchanligini va siqilish deformatsiyalarini o‘lchov vositalari yordamida aniqlash. Qovushqoqlik. Qovushqoqlikni aniqlash usullari.
|
2
|
4.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |