Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti n


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana11.11.2017
Hajmi0.7 Mb.
#19896
1   2   3   4   5   6   7   8   9

3. Imtiyozli kreditlash 

Kichik  va  o’rta  firmalar  davlat  byudjeti  mablag’lari  hisobiga  tashkil  qilinganda 

ularga imtiyozli kreditlar beriladi.  

Yillik  sotuv  hajmi  300  mln.  markadan  oshmagan  firmalar  ham  kreditlardan 

foydalanish huquqiga ega. EHMlardan joriy qilish bo’yicha shug’ullanuvchi firmalar 

15 yil muddatga ssudalar olishadi.  



4. Maxsus dasturlar doirasidagi subsidiyalar.  

a) Atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq davlat subsidiyalari.  

b)  Yangi  mutaxassislarni  tayyorlash  uchun  subsidiyalar.  Har  bir  o’rganuvchi 

uchun subsidiyaning maksimal o’lchovi — 30000 marka.  



5. Kreditni kafolatlash.  

Davlat  kichik  va  o’rta  firmalar  tomonidan  olinadigan  kreditlarni  kafolatlaydi. 

Ammo  shuni  aytish  kerakki,  1990  yilda  davlat  subsidiya-laridan  har  12  firmaning 

bittasi  foydalanadi.  Ko’pchilik  firmalar  o’zlarining  90%  iste’mollarini  shaxsiy 



46 

 

mablag’lar  hisobiga  qondiradilar,  qolganlari  esa  bank  kreditlari  hisobiga  o’z 



ehtiyojlarini ta’minlaydilar. 

6. Soliqlar bo’yicha imtiyozlar berish 

Germaniyada  1984  yil  1-yanvardagi  maxsus  qonunga  asosan  («Soliqqa 

tortishdan ozod  qilish  to’g’risida) sarmoyasi 12  ming  markagacha bo’lgan kichik  va 

o’rta firmalar «sanoat solig’i»dan ozod qilinadi.  

Kichik  korxonalar  faoliyatini  boshqarib  turish  va  ularga  ta’sir  qi-lishbo’yicha 

Yaponiyada  yuksak  tajribalar  yig’ilgan.  Yaponiyada  kichik  biznesni  tasniflashda 

ikkita  mezondan  foydalaniladi:  nizom  sarmoyasi  va  bandlar  soni.  Masalan,  qayta 

ishlash  va  tog’-kon  sanoatida  nizom  sarmoyasi  100  mln.  iena,  ishchilar  soni  300 

gacha bo’lgan,ulgurji savdoda mos ravishda 30 mln. iena va 100 kishigacha, chakana 

savdo va xizmatlar sohasida 10 mln. iena va 50 kishigacha ishchisi bo’lgan sub’ektlar 

kichik hisoblanadi. Ammo, ishchilar soni ko’rsatkichi bilan birga har bir tarmoqning 

o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ko’rsatkichlar ham ishlatilishi mum-

kin.  Chakana  savdoda  5  kishigacha,  qayta  ishlash  va  tog’-kon  sanoatida  20  ki-

shigacha  ishchisi  bo’lgan  sub’ektlar  «partsellyar»  (juda  mayda)  korxonalar 

deyiladi.

25

1949  yilda  Yaponiyada  «Milliy  moliya  korporatsiyasi»  (MMK  ta’sis 



tashkil  etildi.  Uning  asosiy  majburiyatlari  moliyaviy  muassasa-lardan  mablag’lar 

olishda  qiynalayotgan  aholining  keng  qatlamiga  kredit  berish.  Qoidaga  ko’ra  MMK 

shaxsiy iste’mol uchun emas, balki ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit ajratadi.  

Buyuk  Britaniyada  kichik  korxonalarda  bandlar  uchun  eng  yuqori  chegara  24 

kishini,  o’rta  korxonalar  uchun  esa  200  kishini  tashkil  etadi.

26

  Sharqiy  Evropa 



mamlakatlarida  kichik  va  o’rta  korxona  faoliyati  uchun  sharoitlar  yaratish  uch 

jabhada ifodalanadi:  

1.  Kichik  va  o’rta  korxonalarni  tashkil  qilish  va  rivojlantirish  bilan 

shug’ullanuvchi  maxsus organning  mavjudligi  (Bolgariyada  — Bolgariya "industrial 

xo’jalik assotsiatsiyasi va xo’jalik tashabbuslari banki); 

                                                

25

  В.Абатуров  и  др.  Малый  и  средный  бизнес  в  Узбекистане:  современное  состояние,  проблемы  и 



перспективы.\\Экономическое обозрение.\\2000, №3 (13), стр.5. 

26

Qaralsin:O’shajoyda 



47 

 

2.  Kichik  va  o’rta  korxonalarni  tashkil  qilish  asosan,  xududiy  boshqa-rish 



organlari tashabbusi bo’yicha o’z faoliyatlari sohasida amalga oshiriladi (Vengriyada, 

Polshada); 

3.  Bolgariyada  kichik  va  o’rta  korxonalarni  tashkil  qilish  va  faoliyat  ko’rsatish 

masalalari  bilan  Bolgariya  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tayinlanadigan 

tekshiruvchi  texnik  iqtisodiy  kengash  shug’ullanadi.  Kengash  tarkibiga  barcha 

markaziy  davlat  va  xo’jalik  organlari  vakillari  kiradi.  Kengash  arizalar  bo’yicha 

konkurs o’tkazadi. Samarali ishlayotgan korxonalarga har yili bank kreditlari beriladi.  

Kichik  biznes,  xususiy  tadbirkorlikni  taraqqiy  qilishi  raqobat  muhitida  «yashab 

qolish»  muammosi  bilan  bog’liqdir.  O’tish  davridagi  bozor  iqtisodiyoti  zaif 

korxonalar  bozordan  chiqib  ketishi  va  ular  o’rniga  kuchli,  sifat  jihatidan  yaxshiroq 

tuzilmalarning  paydo  bo’lishidir.

27

Kichik  biznesni  hayotiy  sikli  rivojlanish 



bosqichlarining  almashinuvida  va  hatto  uning  bankrot  bo’lishida  axborot 

asimmetriyasining  ham  roli  kattadir.  Chunki  bozor,  resurslar,  moliyaviy  holat  va 

boshqalar  haqidagi  axborotlar-ning  ishlab  chiqish  va  xaridor,  sotuvchi  va  xaridor, 

qarz oluvchi va beruvchi o’rtasidagi notekis taqsimlanishi u yoki bu tomonning kasod 

bo’lishiga, biznesini «o’lishi»ga olib keladi.

28

 



Bizning  fikrimizcha,  kichik  biznesning  rivojlanish  jarayoni  bevosita  u  yoki  bu 

mamlakatda  amal  qilayotgan  iqtisodiy  mexanizmlar  va  tarmoq  xususiyatlari  bilan 

bog’liq.  Shu  sababdan  ham,  biz  rivojlangan  kapitalistik  mamlakatlarning  raqam 

ko’rsatkichlari  va  kichik  biznes  rivojlanish  tajri-basini  O’zbekistondagi  amaliyot 

bilan  taqqoslaganda,  albatta  institutsional  va  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini 

rivojlanish  darajasi,  milliy  iqti-sodiyotining  tarmoq  tuzilishi  va  boshqa  ijtimoiy 

madaniy  xususiyatlarini  e’tiborga  olish  zarur  deb  o’ylaymiz.  Masalan,  AQSh 

iqtisodiyotida  quyidagi  ko’rsatkichlardan  foydalangan  holda  tarmoqlar  tasniflanadi: 

bandlik, xususiy korxonalar soni, ularning milliy daromaddagi ulushi

29

 



                                                

27

 Г. Шарифжонова. Янги бизнесни кредитлашда таваккалчилик .\\Бозор , пул ва кредит.2000, № 6, 8-бет 



28

 О. Намозов. Молиявий асимметриянинг œтиш иктисодиётига таъсири.\\ Бозор, пул ва кредит.2000 й. № 10,5-

6 бетлар  

29

А.Б.Крутик, М.А.Горенбургов. Малое предпринимательство и бизнес-коммуникации. 1998 г. Стр. 27 



48 

 

Kichik  va o’rta korxonalarni  ishlab chiqarish tuzilmalariga qo’shili-shiga  milliy 



xususiyatlar  ham  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  G’arbiy  Evropa  manbalarida  bunday 

qo’shilishlarning 

bir 

qancha 


turlari 

ajratib 


ko’rsati-ladi.

30

Germaniyada 



mln.kichikkorxonavao’rtafirmalarYaMMning  50  %  iniishlabchiqaradiva  66% 

bandliknita’minlaydi. 

Italiyadakichikvao’rtakorxonalarsoniEI 

(EvropaIttifoqi) 

davlatlariningko’pchiligidananchayuqoribo’lib, 

ularmamlakatiqtisodiyotinegizinitashkiletadi. 

EImamlakatlaridaumumiyolgandakichikbiznesningYaIMdagiulushi 

67% 

danoshadi.Yaponiyada jami band aholining deyarli 80% i, EI mamla-katlarida 70%  i 



ushbu  sektorda  band.  1961-2001  yillar  davomida  AQSh  da  kichik  biznesning 

mamlakat YaIM dagi ulushi 10% dan 52% gacha o’sdi. Frantsiyada kichik firmalarga 

ishchilar soni 10-50 kishigacha bo’lgan, o’rta firmalarga esa 50-500 ishchisi bo’lgan 

korxonalar tegishli bo’ladi.

31

 

Quyidagi  jadvalda  biz  ba’zi  mamlakatlarda  kichik  va  o’rta  biznesning 



rivojlanganlik darajasini ko’rib o’tamiz (1.3.1-jadvalga qarang). 

1.3.1-jadval 

Ba’zi mamlakatlarda kichik va o’rta biznesni rivojlanish darajasi

32

 

Mamlakatlar 

KO’Klar 

soni 

(ming 

birlik 

da) 

har  1000  ki-

shiga  to’g’ri 

keluvchi 

KO’Klar soni 

KO’Klarda 

bandlarning 

umumiy 

bandlar 

sonidagi 

ulushi, % da 

KO’Klarning 

YaIM dagi 

ulushi, % da 

Buyuk Britaniya 

2930 

46 


49 

50-53 


Germaniya 

2290 


37 

46 


50-54 

Italiya 


3920 

68 


73 

57-60 


Frantsiya 

1980 


35 

54 


55-62 

                                                

30

Qarang: o’shajoyda: Стр. 26. 



31

В.Абатуров  и  др.  Малый  и  средный  бизнес  в  Узбекистане:  современное  состояние,  проблемы  и 

перспективы.\\Экономическое обозрение.\\2000, №3 (13), стр.5. 

32

 А.Блинов. Условия регулирования малого бизнеса. \\Российский экономический журнал. № 7 , 1998 г. 



49 

 

YeI mamlakatlari 



15770 

45 


72 

63-67 


AQSh 

19300 


74 

54 


50-52 

Yaponiya 

6450 

50 


78 

52-55 


O’zbekiston 

384 


13,4 

69,3 


42,1

33

 



 

1.3.1  -  jadvaldan  ko’rinadiki,  eng  ko’p  kichik  biznes  sub’ektlari  soni  bo’yicha 

AQSh (19 mln. 300 ming) va YeI mamlakatlari (15 mln. 770 ming), har 1000 kishiga 

to’g’ri keluvchi kichik biznes sub’ektlar soni  bo’yicha  AQSh (74 ta), Italiya  (68 ta), 

Yaponiya  (50  ta),  bandlikdagi  ulushi  bo’yicha  Yaponiya  (78%),  EI  mamlakatlari 

(72%), Italiya (73%) etakchilik qiladi. 

Ma’lumki,  keyingi  yillarda  ham  ilmiy,  ham  maxsus,  ommabop  nashrlarda, 

mutaxassislar,  ishbilarmon  kishilar  o’rtasida  kichik  biznes  va  tadbirkorlik 

atamasining  «kichik  va  o’rta  biznes»,  «kichik  va  o’rta  korxo-nalar»,  «kichik  biznes 

sub’ektlari»,  «kichik  biznes  tadbirkorlari»,  «Kichik  biznes  iqtisodiyot  sektori 

sifatida», «tadbirkorlik va kichik biznes» kabi talqinlari uchraydi. 

Tushunchani  noto’g’ri  ishlatish  esa,  noto’g’ri  natijalarga  olib  kelishi  mumkin. 

Aytish  kerakki,  yuqorida  sanab  o’tilgan  atamalar  jumladan,  “xo’jalik  yuritishning 

kichik  shakllari”

34

  kabi  kam  ishlatiladigan  atamalar  nafaqat  o’zbek  tili  nuqtai 



nazaridan  noo’rin  ishlatiladi,  balki  ingliz  tilida  mukammal  analoglariga  ega:  “Small 

business”,”  Small  businesses”,  “Small  and  medium  enterprises  (SME)”,  “Small 

business sector”, “Small business-owners”, “enterepeurship and small business”. Shu 

bilan  birga  ba’zida  ehtiyotsizlik  tufayli  mutaxassislarning  professional  leksikasida 

«kichik  tadbirkor»  yoki  «iqtisodiyotning  kichik  sektori»  kabi  neologizmlar 

mustahkam  o’rnashmoqda.  Ba’zan  ular  dissertatsiya  va  ilmiy  maqolalarning,  davlat 

ahamiyatiga  molik  me’yoriy-huquqiy  xujjatlarning  varaqlarida  ham  uchrab  turadi. 

Bizning  fikrimizcha,  rasmiy  xujjatlarda  ko’p  ishlatiladigan  kichik  tadbirkorlik 

atamasi  o’z  ishlatilishiga  nisbatan  adekvat  emas.Birinchidan,  ixtiyoriy  tadbirkorlik 

o’z  mazmuniga  ko’ra  haddan  ziyod  ko’p  qirrali  va  integral  bo’lib,  o’zining  har  xil 

                                                

33

2006yilma`lumotlariasosidamualliftomonidan ishlanma. 



34

 Ичитовкин Б.М. Малые формы хозяйствования. Москва. Экономика., 1991г. стр.47. 



50 

 

namoyon bo’lishiga ko’ra san’atdan, fandan, sportdan, o’yindan, harbiy strategiyadan 



tubdan  farq  qiladi.  Yana  shuni  aytish  kerakki,  katta  san’at  va  oddiygina  «san’at» 

mavjud,  ammo  «kichik  san’at»  yo’q,  yoki  u  endi  san’at  emas,  balki  yomon  badiiy 

ijodkorlikdir.  «Katta  sport»  va  oddiygina  «sport»  atamasi  bor,  ammo  «kichik  sport» 

yo’q  yoki  u  endi  sport  emas,  balki  jismoniy  tarbiyadir.  Mos  ravishda  bizning 

fikrimizcha,  «kichik  tadbirkorlik»,  «kichik  tadbirkorlar»  tushunchasi  ham  xuddi 

shunday. Vaholanki, «tadbirkorlik» va «kichik biznes» tushunchalari o’zaro aloqador 

bo’lsa  ham,  ular  ekvivalent  emas.  Bunda  kichik  biznes  egasi,  kichik  firmaning 

ta’sischisi  bo’lgan  mulkdor,  o’z  ishini  boshqarar  ekan  -  u  har  doim  tadbirkor 

hisoblanadi, ammo har kanday tadbirkorlik kichik biznes emas.Ikkinchidan, halqaro 

ishbilarmonlik  atamashunosligi  nuqtai  nazaridan  ham,  «kichik  tadbirkorlik» 

tushunchasi  hech  kanday  analogiga  ega  emas,  hamda  fikrimizcha  «Small  business” 

atamasining  tilimizga  tarjima  qilingan  variantidir.  Xuddi  shunday  «iqtisodiyotning 

kichik sektori» atamasi  ham taajjubli, chunki  «qaysi  ma’noda  kichik sektor?» degan 

tabiiy savol tug’iladi. 

Keyingi  10-15  yilliklarda  kichik  va  o’rta  korxonalar  tadbirkorlar,  olimlar, 

iqtisodchilar,  siyosatchilarni  diqqat  e’tiborini  tobora  ko’prok  tortmoqda.  Ammo, 

hozirgacha  umumqabul  qilingan  o’zimizda  va  xorijda  uni-versal  ravishda 

ishlatiladigan  atama  paydo  bo’lgani  yo’q.  Xorijlik

35

va  MDX


36

  olimlarining  yagona, 

umumlashtirilgan  ta’rif  ishlab  chiqishga  qaratilgan  alohida  urinishlari  ham  natija 

bermayapti.  Aytish  kerakki,  ba’zi  sohalarda  juda  qat’iy  ta’rif,  ba’zi  masalalarda 

kelishilgan formal ta’rif ham ishlatish mumkin. 

 

Korxona  ko’lamini  qanday  o’lchash  kerak?  O’lchash  uchun  qaysi  mezon 



tanlanishiga ko’ra, bir  korxonaning  o’zi bir  vaqtda  ham  yirik,  ham o’rta  yoki kichik 

korxona  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  katta  oborotli,  o’rtacha  operatsiyalar  ko’lamiga 

va  kichik  sondagi  ishchilarga  ega  bo’lgan  reklama  kompaniyasi.  Ya’ni  bir  tarmoq 

yoki  bozor  segmenti  uchun  «o’rtacha»  hisob-langan  korxona,  boshqasi  uchun 

                                                

35

  Brooksbank  R.  Defining  the  Small  Business:  A  New  Classification  of  Campany  Size/  -  Entrepreneurship  and 



Regional Devolopment? 1991, №, p.17-13 

36

  Малый  бизнес  России.  Проблемы  и  перспективы.  Аналитичский  доклад.  РАРМП.  М.1996:  мониторинг 



предпринимательства.  Малый  бизнес  России:  Адаптация  к  переходным  условиям.  –  Предпринимательства  в 

России. 1995 №1,2.  



51 

 

“mayda”  



yoki “yirik” hisoblanishi mumkin. Masalan, musiqa sohasi, biznes-ta’lim 

va  sanoatdagi,  qurilishdagi  firmalar  oborotlarini  taqqoslaymiz,  yoki  O’zbekiston  va 

Germaniya uchun yoki Gonkong uchun «operatsiyalar ko’lamini» taqqoslaymiz. 

 

Korxonalarni o’lchamlari bo’yicha ajratuvchi chiziq qayerdan o’tadi? O’lcham 



nima?  va  uni  qanday  o’lchash  mumkin?  degan  savollar  echilgandan  keyin  ham, 

kichik, o’rta  va  yirik  firmalarni ajratib turuvchi chiziqlar qaerdan o’tadi degan savol 

ko’nadalang  turadi.  K.Grey  va  J.Stenuort  ushbu  masala  bo’yicha  quyidagi  xulosaga 

kelishadi: “hamma masalalar uchun kichik korxonalarning har kanday universal tarifi 

ham etarli bo’lmaydi”. Oyna yuvuvchi, ikki ishchisi bor mustaqil do’kon, 300 ga eri 

bo’lgan, beshta yollanma ishchisi, traktori va boshqa texnologiyalari bo’lgan fermer, 

50  ishchisi  bo’lgan  tikuvchilik  fabrikasi  –  bularning  hammasi  transmilliy 

korporatsiyalarnikidan farqli bo’lgan umumiy  muammolar bilan to’qnash kelishadi.

37

 

Shuning  uchun  ham,  bizning  fikrimizcha  kichik,  o’rta,  yirik  firmalarning  bir-biridan 



ajratuvchi  universal  ta’rif  o’rniga  kichik  va  yirik  korxonalarni  imkon  qadar 

umumlashtirgan ma’qulroq. 

Kichik  va  o’rta  korxonalarni  aniqlashda  miqdoriy,  sifatiy  va  aralash 

yondashuvlarni  ajratish  mumkin.  Miqdoriy  yondashuvga  asoslangan  kichik  va  o’rta 

korxonalarni  aniqlash  usullarida  asosan  tahlil  uchun  oson  bo’lgan  mezonlar 

ishlatiladi:  bandlar  soni,  sotuvlar  hajmi,  aktivlarning  balans  qiymati  (1.3.2-jadvalga 

qarang). 

1.3.2-jadval 

Kichik va o’rta korxonalarni EI usuli bo’yicha aniqlash (1995 yil, yanvar)

38

 

Korxona 

Bandlar 

soni, 

kishi 

Yillik 

oboroti 

(mln, EKYu)  

Balansi, 

mln.EKYu.  

Kichik 


50 dan kam 

4 dan kam 

2 dan kam 

O’rta  


50-250 

16 dan kam 

8 dan kam 

 

                                                



37

 Stanwors J, Gray C. Bolton. 20 Years On: The small Firm in 1990 s. 

38

PROMEESE Profiles of Management Excellence in European Small Enterprises. 



 

52 

 

Yana shuni ta’kidlash kerakki, u yoki bu tadqiqotchilar, siyosatchilarning kichik 



yoki  o’rta  biznesni  har  xil  sub’ektiv  yoki  ob’ektiv  tushunishlari  ham  chegaralarni 

aniqlashni  murakablashtiradi.Aynan  bir  mamlakat  darajasida  ham  yagona  mezonlar 

bo’lmasligi mumkin (1.3.3-jadval). 

 

 



 

1.3.3-jadval. 

O’rta  korxonani  miqdoriy  aniqlash  variantlari(Buyuk  Britaniya  va  boshqa 

mamlakatlar)

39

 

Tadqiqot turi 

Aktivlarning 

balans  qiyma-

ti, mln.f.st. 

Sotuvlar 

hajmi 

mln.f.st. 

Bandlar 

soni, 

kishi 

Buxgalteriya  hisobi  maqsadlarida  firma 

o’lchamlarini aniqlash  

1,4-5,75 

1,4-5,75 

50-250 


O’rta biznes (O’B) da rejalashtirish 

10-33,3 



O’rta biznesda strategiya 



10-500 



O’Bda korporativ rejalashtirish 

9-160 



1800-4999 

O’Bda eksport marketingi strategiyalari 



100-500 



AQSh  da  kompaniyalarni  muvaffa-

qiyatli o’sish omillari 

16-666 


Buyuk  Britaniyada  elektronika  sanoati-

da kompaniyalarni muvaffaqiyatli o’sish 

omillari 

10-120 


Gretsiya sanoatida innovatsiyalar 



50-250 



O’Bda marketing tadqiqotlari 



100-500 

O’B  da  texnologiyalarni  rivojlantirish  - 

13-66 



                                                



39

 Brooksbank N, R.Defining the Small Business? A New Classification of Company Size.1991, r 32. 

 


53 

 

strategiyalari 



 

Sifatiy  yondashuvning  yana  bir  ko’rinishi  X.  Velu  tomonidan  tashkilot 

rivojlanish  jarayonlari  bo’yicha  4  ko’rsatkichga  asoslangan  (maqsadlar,  menejment, 

mahsulot,  xarajatlar)  ishlab  chiqilgan  usul  bo’lib,  u  kichik  korxonalardan  to  yirik 

korxonalarga xos bo’lgan xususiyatlarni tartibga solib chiqadi.  

Ko’pchilik  muammolarda  KB  rivojlanishi  dinamikasiva  holati  to’g’risidagi 

statistik  ma’lumotlar  etishmasligi  sababli  mavjud  holatni  baholab  bo’lmaydi. 

Jumladan,  KB  to’g’risidagi  axborotni  Qozog’istonda  adliya  vazirligi  va  Soliq 

Qo’mitasidan  olish  mumkin,  ammo  faoliyat  ko’rsatayotgan  KB  sub’ektlarining  aniq 

soni  ma’lum  emas.

40

  Ko’pchilik  ro’yxatdan  o’tgan  KB  sub’ektlari  o’z  egalarining 



ikkinchi  yoki  uchinchi  ish  joyi  bo’lib  ular  hech qanday  maosh olmaydi, qo’shimcha 

ish o’rni  ham  yaratmaydi  va atigi  yiliga  «kichkina» 2-3 ta operatsiyalar o’tkazishadi 

xolos. 

Fikrimizcha,  iqtisodiyoti  o’tish  davrida  bo’lgan,  ko’pchilik  mamlakat-larda  KB 



sektori rivoji uchun quyidagi to’siqlar halaqit qiladi: 

KB  sub’ektlari  ichidagi  to’siqlar:  mablag’lar  etishmasligi;  zamonaviy 

menejment,  moliyaviy  va  marketing  tahlili  tamoyillarini  o’z  ichiga  oluvchi  biznes 

yuritish  usullarini  tushunishning  cheklanganligi;  ijodiy  va  innovatsion  yondashuv 

bilan tavakkallik qilmaslik; o’z mamlakati va xorijda sherik topish bo’yicha tajriba va 

bilimlarning etishmasligi; menejerlarning tavakkalchilikka kam moyilligi; 

KB  sektori  iqtisodiy  va  ijtimoiy  muhiti  doirasidagi  to’siqlar:  Soliq 

rag’batlarining,  kreditlashning  adekvat  manbalarining  etishmas-ligi;  kreditlashning 

noqulay  shartlari  (yuqori  foiz  stavkalari,  qayta-rishning  qisqa  muddatlari);  tijorat 

banklarida  mayda  sub’ektlarga  nis-batan  qiziqishning  yo’qligi;  qonuniy  va  iqtisodiy 

tizimning beqarorligi. 

Bevosita  to’siqlar:  inflyatsiyaning  yuqori  darajasi  va  milliy  valyuta  to’la 

konvertatsiyasi  yo’qligi;  etarlicha  rivojlangan  mustaqil  raqobatdosh  bozor  va  bozor 

                                                

40

 Войцех Хюбнер. Сектор малых и средних предприятий в Казахстане, Кыргызстане и Узбекистане: ожидания, 



действительность и потенциал. Центральная Азия 2010. – Перспективы человеческого развития. Стр. 137. 

54 

 

mahsulotlarini  shakllanmaganligi;  moliyaviy  va  sug’urta  tizimi  infratuzilmasining 



rivojlanmaganligi;  ko’rgazma,  yarmarka  yoki  investitsion  forumlarda  etarlicha 

qatnashmaslik;  mamlakat  ichida  va  tashqi  dunyo  bilan  bog’lanishda  arzon  samarali 

aloqa  vositalarining  etishmasligi;  korruptsiya  va  xufyona  iqtisodiyot  mavqeining 

balandligi. 



Bilvosita  to’siqlar:  axborot  bilan  ta’minlash,  o’qitish  va  maslahat  berish 

bo’yicha  ixtisoslashgan  xizmatlarning  kamligi  va  mavjudlarining  ham  qimmatligi; 

KB  ni  qo’llab-quvvatlash  bo’yicha  har  xil  vazifalarni  amalga  oshirishda  faoliyat 

sohalarida  noaniqlik  mavjudligi;  mamlakatlararo  foydani  harakatlantirish,  tasarruf 

etish bo’yicha xalqaro darajadagi unifikatsiyalashgan me’yoriy bazaning yo’qligi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



55 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling