Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti n


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana11.11.2017
Hajmi0.7 Mb.
#19896
1   2   3   4   5   6   7   8   9

2-BOB. 

 

Kichik 

biznes 

va 

xususiy 

tadbirkorlikni 

rivojlantirishda bank kreditlarini ajratishni takomillashtirish yo’llari 

2.1.  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishda 

bank kreditlarini ajratish tartibi 

 

 

Ma’lumki,  hukumatimiz  tomonidan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni 

moliyaviy-iqtisodiy  qo’llab-quvvatlashning  bosh  dastagi  hisoblanmish  kredit  berish 

tizimi hozirgi kunda mamlakatimiz moliyaviy institutlarining asosiy xizmat turlaridan 

biriga  aylanib  bormoqda.  Uning  iqtisodiyotdagi,  shu  jumladan,  KBXT  sohasini 

rivojlantirishdagi  ahamiyatini  yoritib  berishdan  oldin,  ,,Kredit”  tushunchasiga 

iqtisodiy termin sifatida qarab, nazariy jihatdan ta’rif berishga harakat qilaman.  

     Kredit  deganda,  o’z  egalari  qo’lida  vaqtincha  bo’sh  turgan  pul  mablag’larini 

boshqalar  tomonidan  ma’lum  muddatga  haq  to’lash  sharti  bilan  qarzga  olish  va 

qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlar yig’indisi tushuniladi[14].  

Krеdit takror ishlab chiqarish jarayonini tеzlashtiradi va ijtimoiy ishlab chiqarishning 

uzluksizligini  ta'minlaydi.  Korxonalarga  bеriladigan  krеdit  ularning  vaqtinchalik 

moliyaviy  rеsurslarga  bo’lgan  ehtiyojini  qondiradi  va  korxona  ishlab  chiqarish 

faoliyatining muntazam davom etishiga imkon yaratadi.  

    Krеditning  hozirgi  sharoitdagi  mavqеini  oshirish  uchun  banklar  krеdit 

rеsurslaridan  foydalanish  samaradorligini  ta'minlashlari,  likvidlik  qobiliyatiga  ega 

bo’lmagan  zaxiralar  va  xarajatlarga  krеdit  bеrmasliklari,  krеditning  muomala 

xarajatlarini iqtisod qilishda kеng qo’llashni hisobga olishlari zarur.  


56 

 

    Krеdit  tizimi  dеb  krеdit  munosabatlar  majmuasi  va  krеdit  munosabatlarini  tashkil 

qiluvchi  va  amalga  oshiruvchi  krеdit  institutlar  yig’indisiga  aytiladi.  Krеdit  tizimi 

orqali  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  vaqtincha  bo’sh  mablag’lari  yig’iladi  va 

korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanish uchun bеriladi.  

    Krеdit  tizimi  bir  nеcha  bo’g’inlardan  iborat.  Mablag’larning  jalb  qilinishi  va 

taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo’g’inlari o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Jahon 

amaliyotida  krеdit  tizimi  o’zining  tashkil  qilinish  shakliga  qarab  quyidagi 

bo’g’inlarga bo’linadi: 

     - Markaziy bank; 

- tijorat banklar; 

     - maxsus-krеdit institutlar. 

    Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ikki  pog’onali  krеdit  bank  tizimi  ko’p  mamlakatlar 

iqtisodiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi. Bu Markaziy bank hamda bank institutlari 

va nobank krеdit muassasalaridir. 

Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 

- tijorat banklar; 

- invеstitsiya banklari; 

- jamg’armalar jalb qiluvchi banklar (O’zbеkistonda ,,Xalq banki“); 

- ipotеka banki; 

- savdo banklari; 

- tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha banklar;  

- tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. 



Nobank krеdit tashkilotlarga: 

 - invеstitsiya kompaniyalari; 

 - sug’urta kompaniyalari; 

 - nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 

 

      Ushbu institutlarning kredit bilan bog’liq faoliyati alohida moliyaviy mexanizmga 



asoslanadi,  shunga  muvofiq,  kredit  mexanizmi  hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

quyidagicha tus olmoqda. 



57 

 

 



 

 

 



 

 

 (2.1.1-chizma):    



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



2.1.1-chizma. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit mexanizmi

41

 



    Ushbu  mexanizmga  asoslangan  kredit  tizimida  asosiy  o’rinni  bank  institutlari, 

bank  institutlari  tarkibida  esa  salmoqli  o’rinni  tijorat  banklari  egallaydi.  Tijorat 

banklari  krеdit  tizimining  boshqa  bo’g’inlariga  nisbatan  ko’proq  bo’sh  rеsurslarni 

jalb qiladi va ko’p miqdorda mijozlarga krеditlar bеradi. 

    Mamlakatimiz  rahbari  I.  Karimov  aholining  faol  qismi  o’z  biznesini  tashkil  etishi 

va  samarali  yuritishi  uchun  qulay  shart-sharoitlar  yaratish,  ayniqsa  qishloq  joylarida 

                                                

41

www.referat.uz



 rasmiy veb-sayti 

KREDIT MEXANIZMI 

Jalb qilingan 

mablag’lar 

Banklararo kreditlar 

Bank kapitali 

Akkumulatsiya mexanizmi 

Garov, kafolat, kafillik 

asosida kreditlash 

Kredit klassifikatsiyasi 

Kreditga layoqatlilik 

Xo’jalik sub’yektlariga 

kredit berish mexanizmi 

Kredit shartnomasi 



58 

 

aholi  bandligini  oshirishga  ko’maklashuvchi  kichik  va  mikrobiznes  subyektlari 



faoliyatini  rivojlantirish  maqsadida  tijorat  banklari  oldiga  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  sub’yektlarini  imtiyozli  foiz  stavkasi  va  imtiyozli  muddatlarda 

kreditlashni ustuvor vazifa qilib belgiladi.  

    Respublikamizda  ushbu  ustuvor  vazifalarni  bajarish  uchun,  umuman  olganda, 

tijorat  banklarining  moliyaviy  va  mikromoliyaviy  xizmatlarini  yanada  rivojlantirish 

uchun quyidagi asosiy yo’nalishlar doirasida iqtisodiy faoliyat olib borish maqsadga 

muvofiqdir: 

 moliyaviy  hamda  mikromoliyaviy    xizmatlarga  muhtoj  aholi  to’liq  qamrab 

olinishi  ta’minlangan  holda  mamlakatning  barcha  mintaqalarida  kredit  va 

mikrokredit  berish  tarmoqlarini  kengaytirish  uchun  iqtisodiy  va  tashkiliy 

shart-sharoitlar yaratish; 

 me’yoriy-huquqiy  bazani  takomillashtirish  hamda  kredit  va  mikrokreditlar 

resursiga ega bo’lgan banklar tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi, 

ular faoliyatini tartibga soluvchi  samarali mexanizmni  tashkil etish; 

 moliyalashtirishning  tijorat  manbalari,  xususan,  xalqaro  moliya  institutlari, 

tijorat  banklari  va  davlat  maqsadli  jamg’armalarining  kredit  liniyalari 

hisobiga  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’yektlarining  iqtisodiy 

faoliyatini  maqsadli  va  uzluksiz  tarzda  olib  borishlari  uchun  moliyaviy 

jihatdan rag’batlantirish; 

 mikromoliyalashtirish 

xizmatlarini 

kengaytirish, 

xususan, 

mikrolizing 

xizmatlarini rivojlantirish; 

 kredit  va  mikrokredit  tizimlarining  professional  xizmatlarga  va  zarur  kredit 

axborotlariga  kirib  borishini  ta’minlovchi  yordamchi  xizmatlarni  va 

infratuzilmani rivojlantirish; 

 bank  likvidligi  bo’yicha  normativlarni  takomillashtirish,  xususan,  bank 

nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalarini joriy etish; 



59 

 

 jahonning  eng  barqaror  banklari  tajribasini  inobatga  olgan  holda  ishlab 



chiqarilgan  zamonaviy  uslubiyatlar  asosida  banklar  mijozlarining  kreditga 

layoqatliligini skoring-tahlil qilish tadbirlarini davom ettirish; 

 bank  faoliyatida  kamchiliklarga  yo’l  qo’yilgani  uchun  uning  kengashi 

a’zolariga  ta’sir  choralarini  belgilash  vakolatini  beruvchi  qonunchilik 

talablarini qabul qilish bilan bog’liq ishlarni davom ettirish.   

    Mamlakat  iqtisodiyoti  va  uning  yetakchi  tarmoqlarini  diversifikatsiyalash  va 

modernizatsiyalash  uchun  ham  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirishda  tijorat 

banklarining  kreditlash  jarayonlarini  takomillashtirish  uning  iqtisodiy  barqarorligi, 

ayniqsa,  xavfsizligini  ta’minlash,    jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  oqibatlarini 

bartaraf  etishda  va  yangi  salbiy  moliyaviy  tebranishlar  oldini  olishda  muhim 

ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklari barqarorligi, likvidligi va iqtisodiy xavfsizligini 

ta’minlash esa banklarning real iqtisodiyotni kreditlash bilan bog’liq kredit portfelini 

to’g’ri shakllantirish va risklar oshishini kamaytirish, ularni samarali boshqarish bilan 

amalga oshiriladi. 

Bankning  hududiy  filiallari  tomonidan  tadbirkorlik  sub’ektlariga  mikromoliyaviy 

xizmatlar  ko’rsatish  to’g’risida    Nizomga  muofiq  O’zbekiston  Respublikasining 

Fuqarolik  kodeksi,  “O’zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to’g’risida”, 

“Banklar va bank faoliyati to’g’risida” va “Mikromoliyalash to’g’risida”gi Qonunlari, 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  24-avgustdagi  “Kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlikni  yanada  rivojlantirish  uchun  qulay  ishbilarmonlik  muhitini 

shakllantirishga  doir  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  PF-4354-sonli  hamda 

2012  yil  18-iyuldagi  “Ishbilarmonlik  muhitini  yanada  tubdan  yaxshilash  va 

tadbirkorlikka  yanada  keng  erkinlik  berish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PF-4455-

sonli  Farmonlari,  2009  yil  30-martdagi  “Agrobank”  aktsiyadorlik  tijorat  bankini 

tashkil  etish  to’g’risida”gi  1084-sonli  hamda  Vazirlar  Mahkamasining  2009  yil             

31-martdagi  “Agrobank”  aktsiyadorlik  tijorat  banki  faoliyatini  tashkil  etish  chora-

tadbirlari  to’g’risida”gi  89-sonli  Qarorlari,  Markaziy  bankning  kreditlashga  oid 

me’yoriy hujjatlari, bankning Ustavi hamda ichki me’yoriy hujjatlari talablari asosida 

ishlab chiqilgan. 


60 

 

    Mikromoliyaviy  xizmatlar  O’zbekiston  Respublikasining  rezidentlari  bo’lgan 



hamda  faoliyatini  yuridik  shaxsni  tashkil  etmasdan  amalga  oshiruvchi  yakka 

tartibdagi  tadbirkorlar  va  dehqon  xo’jaliklari,  fermer  xo’jaliklariga  hamda  kichik 

biznesning boshqa sub’ektlariga ko’rsatiladi. 

 Mikromoliyaviy  xizmatlar  mikrokreditlar  ajratish  va  mikrolizing  xizmatini         

ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. 

 Mikrokredit va mikrolizing xizmatlari ko’rsatish asoslari

Mikrokredit – bu  o’z faoliyatini  yuridik shaxsni tashkil etmasdan amalga  oshiruvchi 

yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklariga tadbirkorlik faoliyatini amalga 

oshirish  uchun  eng  kam  ish  haqining        500  (besh  yuz)  baravari  miqdoridan 

oshmaydigan,  o’z  faoliyatini  yuridik  shaxsni  tashkil  etgan  holda  amalga  oshiruvchi 

dehqon xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari hamda kichik biznesning boshqa sub’ektlariga 

tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  eng  kam  ish  haqining  1000  (ming) 

baravari miqdoridan oshmaydigan summada qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, 

muddatlilik  va  maqsadli  foydalanish  shartlari  asosida  mazkur  Nizomda  belgilangan 

tartibda beriladigan kreditdir. 

         Yosh oilalarga mikrokredit ajratishda mazkur Nizom tatbiq etiladigan yosh oila 

toifasiga  har  biri  o’ttiz  yoshdan  oshmagan,  birinchi  marta  rasmiy  nikohdan  o’tgan 

yoshlar kiradi.  

Mikrolizing  –  bank  filiallari  tomonidan  lizing  oluvchining  topshirig’iga  binoan 

uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing 

oluvchiga  shartnomada  belgilangan  shartlar  asosida  haq  evaziga  berishni  nazarda 

tutuvchi  hamda  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  lizing  to’g’risidagi 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  eng  kam  ish  haqining  2000  (ikki)  ming  baravari 

miqdoridan oshmaydigan summada ko’rsatiladigan xizmatdir. 

Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlarga beriladi: 

a)mini uskunalarni xarid qilish; 

b)o’z  ishlab  chiqarishini  rivojlantirish  va  kengaytirish,  shu  jumladan  urug’lik, 

chorva  mollari,  parranda,  em-xashak  hamda  omuxta  em,  veterinariya  preparatlari, 

o’simliklarni himoyalash kimyoviy vositalari, ma’danli o’g’itlar sotib olish; 



61 

 

v)xom ashyo va materiallarga dastlabki ishlov berish; 



g)mehnat vositalari, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, furnitura sotib olish; 

d)xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’at buyumlarini ishlab chiqarish; 

e)hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish; 

yo)servis xizmatlarini va aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni rivojlantirish; 

j)sogliqni saqlash xizmatini rivojlantirish; 

z)sayyohlik industriyasini rivojlantirish; 

i)kichikhajmli ishlab chiqarishlarni tashkil etish; 

y)O’zbekiston  Respublikasining  amaldagi 

qonunchilik 

hujjatlari  bilan 

taqiqlanmagan,  xalq  iste’moli  tovarlarini  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko’rsatish 

(ishlarni bajarish) sohasi bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari. 

Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas: 

a)ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni so’ndirish; 

b)tamakichilik va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish; 

v)savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish; 

g)ishlab  chiqarish  maqsadlarida  foydalanilmaydigan  shaxsiy  mol-mulkni  xarid 

qilish. 


Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasining miqdori qarz oluvchi 

bilan  bank  o’rtasida  kredit  shartnomasiga  asosan  o’zaro  kelishuv  bo’yicha 

belgilanadi. 

       Yosh  oilalar,    oilaviy  tadbirkorlik  va  hunarmandchilik,  kasb  hunar  kolleji 

bitiruvchilari 

va 


boshlang’ich 

sarmoyani 

shakllantirishga 

berilayotgan 

mikrokreditning  yillik  foiz  stavkasi  Markaziy  bankning  amaldagi  qayta  moliyalash 

stavkasidan kelib chiqib belgilanadi. 



Mikrokreditni rasmiylashtirish tartibi 

O’z  faoliyatini  yuridik  shaxsni  tashkil  etmasdan  amalga  oshiruvchi  yakka 

tartibdagi  tadbirkorlar  va  dehqon  xo’jaliklari  mikrokredit  olish  uchun  bankka 

quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 

a)so’ralayotgan  kredit  summasi,  foizi,  foydalanish  muddati,  kredit  ta’minoti 

ko’rsatilgan holda kredit buyurtmanomasi; 



62 

 

b)olinayotgan  kreditdan  foydalanish  maqsadlari  albatta  ko’rsatiladigan  biznes-



reja; 

v)kredit ta’minoti. 

Bundan  tashqari,  yakka  tartibdagi  tadbirkor  yoki  dehqon  xo’jaligining  rahbari 

pasportini  shaxsan  ko’rsatadi,  uning  ko’chirma  nusxasi  kredit  yig’majildiga  tikib 

qo’yiladi. 

  Fermer  xo’jaliklari  va  o’z  faoliyatini  yuridik  shaxsni  tashkil  etgan  holda 

amalga  oshiruvchi  tadbirkorlik  sub’ektlari  mikrokredit  olish  uchun  bankka  quyidagi 

hujjatlarni taqdim etadilar: 

a)so’ralayotgan  kredit  summasi,  foizi,  foydalanish  muddati,  kredit  ta’minoti 

ko’rsatilgan holda kredit buyurtmanomasi; 

b)olinayotgan  kreditdan  foydalanish  maqsadlari  albatta  ko’rsatiladigan  biznes-

reja; 


v)Davlat  soliq  xizmatining  mahalliy  (tuman)  organi  tasdiqlagan,  oxirgi  hisobot 

davri  uchun  buxgalteriya  balansi  (1-sonli  shakl),  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari 

to’g’risida  ma’lumotnoma (2a-sonli shakl), shuningdek 90 kundan ziyod qarzga doir 

solishtirish  dalolatnomalari,  moliyaviy  natijalar  to’g’risida  hisobot  (2-sonli  shakl) 

(dehqon xo’jaliklaridan tashqari); 

g)kredit ta’minoti. 

     Olingan kreditni qaytarilmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez 

va  erkin  sotilish  talablariga  javob  beradigan  ta’minotga  ega  bo’lishi  kerak.    Qarz 

oluvchi bankka ta’minotning quyidagi turlaridan birini taqdim etish huquqiga ega: 

a)mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar garovi; 

b)bank yoki sug’urta tashkilotining kafolati; 

v)uchinchi shaxslar kafilligi; 

g)qarz  oluvchining  kreditni  so’ndirmasligi  xavfi  sug’urtalangani  to’g’risida 

sug’urta kompaniyasining sug’urta polisi. 

d)bir  million  so’mgacha  bo’lgan  miqdorda  ajratiladigan  mikrokreditlarga 

jismoniy  shaxslarning  kafilligi.  Bunda  faqat  byudjet  tashkilotlarida  kamida  uch  yil 



63 

 

muddatga  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  asosida  ishlayotgan  xodimlarning  kafilligi 



qabul qilinadi. 

Yosh  oilalar  kredit  buyurtmasida  nikoh  qayd  etilgan  sanani  ko’rsatadilar  va 

nikoh guvohnomasining nusxasini kredit buyurtmasiga ilova qiladilar. 

Taqdim  etilgan  kredit  ta’minot  turi  amaldagi  qonunchilik  asosida  o’rganib 

chiqilib, ta’minotga qabul qilinadi. 

Kredit  ta’minoti  amaldagi  qonunchilik  va  Agrobank  ichki  me’yoriy  hujjatlari 

talablariga javob bermasa bank filiali ta’minot turini qabul qilish huquqiga ega emas. 

 Nizomda  ko`rsatilgan  hujjatlar  ilova  qilingan  holda  bankka  kredit 

buyurtmanomasi  (ariza)  taqdim  etilgandan  so’ng,  bank  3  ish  kuni  ichida  mijozga 

mikrokredit  ajratish  to’g’risida  yoki  mikrokredit  ajratishni  asoslantirilgan  holda  rad 

etish haqida qaror qabul qilishi shart. 

        Mikrokreditlarning berilishi va qaytarilishi 

Kreditlar  naqd  pulsiz  shaklda  ajratilib  talab  qilib  olinguncha  depozit 

hisobvarag’i joylashgan hudud bo’yicha amalga oshiriladi. 

Mikrokreditning 

muddati 

kreditlanayotgan 

loyihaning 

o’zini 


qoplash 

davriyligiga  bog’liqdir,  xususan  kichik  biznes  sub’ektlariga  aylanma  mablag’larni 

to’ldirish  (xom  ashyo  sotib  olish)  uchun  kreditlar  12  oy  muddatga  beriladi;  kichik 

biznes  sub’ektlariga  beriladigan  kreditlarni  so’ndirishning  eng  katta  muddati,  uni 

uzaytirishni  hisobga  olingan  holda        3  yildan  oshishi  mumkin  emas,  kutilmagan 

(fors-major) holatlar bundan mustasno.  

Oldingi  olingan  kreditdan  qarzdorligi  mavjud  bo’lgan  mijozlarga  yangi  kredit 

ajratilishiga yo’l qo’yilmaydi.

it hisobidan naqd pul berilishiga yo’l qo’yilmaydi. 

Kredit  xodimining  farmoyishiga  binoan  alohida  ssuda  hisobvaraqlari  bo’yicha 

berilgan  ssudalar  muddatli  majburiyatlar  bilan  rasmiylashtiriladi,  ular  to’liq 

so’ndirilishiga  qadar,  kreditlash  muddatlariga  bog’liq  holda,  91901-''Qarzdorlarning 

qisqa  muddatli  kreditlari  bo’yicha  majburiyatlari",  91905-"'Qarzdorlarning  uzoq 

muddatli  kreditlar  va  lizinglar  bo’yicha  majburiyatlari”  kutilmagan  holatlar 

hisobvaraqlarida to’liq so’ndirishga qadar hisobga olinadi. 


64 

 

Fermerlarga  va  kichik  biznesning  boshqa  sub’ektlariga  berilgan  mikrokreditlar 



kreditlash  muddatiga  bog’liq  holda  13101-''Xususiy  korxonalar,  xo’jalik  shirkatlari 

va  jamiyatlariga    berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar"  va  15501-"Xususiy  korxonalar, 

xo’jalik  shirkatlari  va  jamiyatlariga  berilgan  uzoq  muddatli  kreditlar"  balans 

hisobvarag’ida hisobga olinadi. 

Kredit  xodimining  farmoyishiga  binoan  alohida  ssuda  hisobvaraqlari  bo’yicha 

berilgan  ssudalar  muddatli  majburiyatlar  bilan  rasmiylashtiriladi,  ular  kreditlash 

muddatlariga  bog’liq  holda      91901-''Qarzdorlarning  qisqa  muddatli  kreditlari 

bo’yicha  majburiyatlari", 91903-'Qarzdorlarning  uzoq  muddatli kreditlar  va  lizinglar 

bo’yicha  majburiyatlari"  kutilmagan  holatlar  hisobvaraqlarida  to’liq  so’ndirishga 

qadar  hisobga  olinadi.So’ndirish  muddatlari  grafik  ko’rinishida  taqdim  etilishi 

mumkin,  grafikda  uni  pul  oqimlarining  kelib  tushish  istiqboliga  bog’liq  holda  bir 

necha bosqichlar bilan so’ndirish ko’zda tutiladi. 

So’ndirish  muddati  kelgan  va  qarz  oluvchida  pul  mablag’lari  bo’lmagan 

taqdirda  kredit  muddati  o’tgan  ssudalar  hisobvarag’i  orqali  undiriladi,  unga  doir 

muddatli majburiyatlar esa 2-sonli kartotekaga joylashtiriladi hamda taqvimiy navbat 

tartibida so’ndirilishi kerak. Bunda foizlar kredit qarzidan oldin so’ndiriladi. 



   Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga  layoqatliligini hisoblash usuli 

     Kreditga layoqatlilik – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holatini 

baholash, ularning kreditni o’z vaqtida va to’liq qaytarish qobiliyatidir. 

 

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligi bir qator ko’rsatkichlar 



bilan tavsiflanadi. Ko’rsatkichlar miqdori cheklanmaydi va xizmat ko’rsatilayotgan 

mijozlar faoliyatining o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir tijorat 

banki tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. 

 

Mazkur medodika kreditga layoqatlilikning zaruriy shartli ko’rsatkichlari 



ko’rib chiqiladi: qoplash, likvidlilik va xususiy mablag’lar bilan ta’minlanganlik 

koeffitsientlari (avtonomiya koeffitsienti), moliyaviy leveraj (majburiyatlarning 

umumiy xususiy kapitalga nisbati), sof foyda, aktivlar va kapitalning rentabillik 


65 

 

koeffitsientlari (ROA va ROE), shuningdek, aylanma mablag’larning mavjudligi 



(XAMM). 

 

Kreditga layoqatlikni baholash xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning foyda va 



zararlar to’g’risida hisoboti hamda balansining tahlili asosida amalga oshiriladi. 

Bundan tashqari zarur hollarda kreditga layoqatlilikni baholashda iqtisodchi 

statistlarning ma’lumotlari, bankning o’zining statistika va tahliliy materiallari hamda 

boshqa axborot manbalaridan foydalaniladi. 

 

Kreditga layoqatlilikning asosiy ko’rsatgichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 



 

1. Qoplanish koeffitsienti –QP; 

 

2. Likvidlilik koeffitsienti – KL; 



 

3. O’z manbalari bilan ta’minlanganligi (avtonomiya koeffitsienti - KA) 



Kreditga layoqatlilik ko’rsatgichlarining hisob-kitobi 

Balansni qoplash koeffitsienti joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga 

Nisbati sifatida hisoblab chiqiladi: 

 

LS 



KP =  

 

Kr.O 

 

 



Bu erda, KP – qoplanish koeffitsienti; 

 

 



   LS- qisqa muddatli toifadagi likvid mablag’lar; 

 

 



   Kr.O- qisqa muddatli majburiyatlar, ya’ni  

 

 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling