Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Ishlab chiqarish ishchilari yoki aqliy mehnat ishchilari


Download 0.51 Mb.
bet101/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

3.Ishlab chiqarish ishchilari yoki aqliy mehnat ishchilari
Xizmat ko’rsatish asosiy ishlab chiqarish jarayoni mayda tizimini boshqaruvini ko’rib chiqamiz. Ushbu mayda tizim quyidagilarni qamrab oladi:
- xizmatlarni iste’molchi ishtirokida yoki uni yo’qligida, yoki ishchini xizmat ko’rsatish joyiga korxonadan tashqariga chiqib taqdim qilish jarayoni;
- ta’mirlanadigan, sotiladigan, yasaladigan buyum, tovar ko’rinishidagi mahsulotlarni, shuningdek yo’ldosh tovarlarni;
- jihoz, instrument, yordamchi materiallar va boshqalar;
- materiallar, energiya, xom-ashyo.
Ishlab chiqarish sohasi rahbarlari oldida ishchilar harakatlarini tashkillashtirish, buyruq berish, muvofiqlashtirish, oldindan ko’rish, nazorat kabi maqsadli harakat va operasiyalarni personalga nisbatan qo’llay turib, samarali xizmatni amalga oshirish jarayonini optimallashtirish vazifasi turadi.
4.Servis korxonasi ishlab chiqarishini tarkibi
Hamma joylarda mateiallar va xom-ashyoni sarflash me’yorlari mavjud. Materiallar va xom-ashyoni sarf me’yori bu uni ishlab chiqarishni aniq tashkiliy-texnik sharoitlarida belgilangan sifatdagi birlik mahsulotni (servis ishini) ishlab chiqarish uchun maksimal yo’l qo’yiladigan miqdoridir.
Servis amaliyotida materiallarni iqtisod qilinishi, ularni me’yoridan ortiq sarflanishi kabi holatlari uchraydiki, ularni ikkalasi ham xizmat jarayonlarini me’yorida bajarilishi uchun noxush hisoblanadi. Materiallarni foydalanilishini nazorat qilish xizmat ko’rsatish samaradorligiga salbiy ta’sir qiluvchi standartlardan chetlashishlarni aniqlash bilan bog’liq.
Servis korxonasidagi ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida joriy va tezkor rejalashtirishni ahamiyati beqiyosdir. Bu holda gap ishchilar uchun mo’ljallangan smena-kunlik vazifalar rejasi, shuningdek barcha bo’linmalar yoki aniq brigadani kalendar, oylik, kvartal, yarim oylik rejalari haqida ketayapti. Ular buyurtmalarni mavjudligi, talab darajasi, ularni material va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar asosida tuziladi.
Odatiy rejimdagi xizmat ko’rsatishni samaradorligi va sifati ham tezkor boshqarish obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Bu yo’nalishda mijozlar bilan u yoki bu ishlarni bajarish uchun talab qilinadigan vaqt hajmlarini nazorat qilish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, ishchi muhitni osoyishta saqlash, ular va personal o’rtasida yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarni hal etish muhim hisoblanadi.
Servisni asosiy ishlab chiqarish jarayonini har tomonlama faoliyat yuritishi material-texnik ta’minot xizmati (energetika, telefon xizmati, muxandislik-texnik ishlar, yordamchi materiallarni saqlash va berilishi, firmani qo’riqlash va boshqalar) tizimchasini samarali ishlarisiz amalga oshmaydi. Bu xizmatlarni mehmondorchilik, umumiy ovqatlanish, transport xizmatlari va boshqalar kabi ko’p funksiyali xizmat ko’rsatish turlaridagi ahamiyati juda katta.
Ishlab chiqarish zahiralari bilan bog’liq bo’lgan va ishlab chiqarish jarayonini ta’minotiga mas’ul bo’lgan tizimchani ko’rib chiqamiz. Xizmat sohasi iste’mol qiladigan zahiralar o’z tarkibi va tavsifi bo’yicha turli-tuman bo’lib, ular xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, komplektasiya buyumlari, tarani qamrab oladi. Zahiralar ba’zi servis korxonalarida texnik tovarlardan, boshqalarida ovqatlanish mahsulotlari, ichimliklardan, uchinchilarida esa, bosma mahsulotlaridan (kitob, jurnal va boshqalar) iborat bo’ladi. Chakana savdo, omborxona xo’jaligi, ulgurji bozor korxonalari faoliyatini asosiy mazmuni har xil tavsif va mo’ljallanishdagi turli sifatli sotuv buyumlarini to’plash va saqlash bilan bog’liqdir.
Material zahiralarni alohida guruhini yo’ldosh tovarlar va prokat buyumlari tashkil qiladi. Yana bir alohida guruhni ta’mirlash, yangilash, ishlov berish va boshqalarga muhtoj bo’lgan iste’molchilarni moddiy-buyum boyliklari tashkil qiladi.
O’ziga xos zahira turi madaniy tashkilot va korxonalarda uchraydi. Masalan, muzeylarni zahira fondi odatiy material boyliklardan emas, balki jamiyat ma’naviy boyliklari bo’lgan va yuqori moliyaviy qiymatga ega bo’lgan san’at obyektlaridan iborat bo’ladi. Kutubxonalarni kitoblar saqlanadigan joylari, kostyum va dekorasiya saqlanadigan teatr omborxonalari, sirk rekvizitlari ham shunga o’xshash sifatlarga ega. Ularni saqlash malakali mutaxassislar va jihozlangan xonalarni talab qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini samarali boshqarish material-texnik ta’minot tizimini rasional tashkillashtirilishi, material zahiralarni saqlash va harakati, shuningdek, material va xom-ashyolarni hisobga olish, taqsimlanishi bilan bog’liq. Zamonaviy sharoitlarda yuqorida ko’rsatilgan ko’p funksiyali jarayon uzilishlarsiz, tegishli hajmlarda va yaxshi saqlangan holatda amalga oshirilishi kerak.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling