Servis korxonasi yuqori menejment bo’g’ini majburiyatlari doirasiga kiruvchi ish va vazifalarni ko’rib chiqamiz, uning muhim vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- korxona faoliyatini maqsadi, rivojlanish strategiyasi va rejalarini ishlab chiqish;
- korxonani bozor salohiyatini baholash va faoliyati samaradorligi mezonlarini aniqlash;
- umumiy ma’muriy-buyruq berish va tashkiliy tartibga solish harakatlarini amalga oshirish;
- jamoa ichidagi va jamoani tashqi muhit bilan kommunikativ – muvofiqlashtirish vazifasi;
- asosiy faoliyat yo’nalishlari va personalni nazorat qilish;
- korxona ishini umumiy xavfsizligi va xizmat xavfsizligini ta’minlash;
- iste’molchilarga xizmat qilish umumiy strategiyasini ishlab chiqish va jamiyat fikrida korxonani ijobiy imidjini yaratish;
- kompaniyani xo’jalik – ijtimoiy muhit bilan aloqalarini rivojlantirish;
- informasion jamiyatda biznesni dinamizasiyalash talablari bilan bog’langan ishga bog’liq ma’lmuotlarni yig’ish, tahlil qilish va foydalanish.
Keltirilgan bu vazifalar ko’pgina xususiy faoliyat turlariga bo’linadi, shuning uchun oliy menejment bo’g’ini haqiqatda ko’p vazifalarni bajaradi. Bu servis korxonasini rivojlanish strategiyasi va maqsadlarini ishlab chiqish misolida yaqqol ko’rinib turadi. Maqsad deyilganda, korxonani yaqin kelajak va uzoq istiqboldagi ko’ngildagidek holati tushuniladi. Aynan maqsad ishlab chiqarish jarayonlarini harakat yo’nalishini, ya’ni firma, kompaniya nimani, qancha, qayerda va qanday ishlab chiqarishini belgilaydi. Maqsadlar bosh yoki ikkinchi darajali, umumiy yoki xususiy, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli, yakuniy yoki oraliq bo’ladi.
Hohlagan kompaniyani, aniq korxonani biznesdagi asosiy maqsadi yashab qolish va rivojlanish, bozordagi salohiyatini saqlash va raqobatbardoshlik hisoblanadi. Bu asosiy maqsadni aniqlashtiruvchi maqsad foyda hisoblanadi. Menejment firma foydasi uni kun kechirish sababli emas, balki uni faoliyati natijasida paydo bo’lishdan kelib chiqqan holda korxonani muvoffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratadi. Foydani oshishiga olib keluvchi umumiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |