Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Markazdan qochma tipdagi nasoslar
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
Markazdan qochma tipdagi nasoslar
Markazdan qochma nasoslarda spiralsimon qobiq ichida parrakli ish g‘ildirak joylashgan bo‘ladi. Ish g‘ildirakning aylanishida markazdan qochma kuch hosil bo‘ladi. Bu kuch ta’sirida suyuqlikning so‘rilishi va uni haydash bir me’yorda uzluksiz boradi. 5.1-rasmda markazdan qochma nasos sxemasi ko‘rsatilgan. Nasos ishga tushirilishidan oldin so‘rish quvuri, ish g‘ildiragi va qobiq suyuqlik bilan to‘ldiriladi. SHundan keyin dvigatel tok manbaiga ulanadi: ish g‘ildiragi harakatga keltiriladi. Suyuqlik g‘ildirak bilan birga aylanib, markazdan qochma kuch ta’sirida parraklar vositasida g‘ildirakning markazidan chekkasiga otilib, spiralsimon qo‘zg‘almas kamerani to‘ldiradi va haydash trubasi orqali balandlikka ko‘tariladi. 45 Bunda ish g‘ildiragiga kirish oldida siyraklanish vujudga keladi. 5.1-rasm. Markazdan qochma nasos: 1-spiralsimon qo‘zg‘almas kamera: 2-ish g‘ildiragi; 3-parraklar; 4-val; 5-so‘ruvchi quvur; 6-kirish klapani; 7-to‘rli filьtr; 8-uzatuvchi truba; 9-suyuqlik quyiladigan truba; 10-salьnik. Suyuqlik atmosfera bosimi ta’sirida yig‘gich rezervuardan kirish klapani orqali so‘rish quvuridan nasosga kirib, ish g‘ildirakning markaziy qismini to‘ldiradi hamda g‘ildirakning chekkalariga chiqarib tashlanadi va hokazo. SHunday qilib, markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlikning nasos orqali o‘tadigan uzluksiz oqimi vujudga keladi. Suyuqlik ish g‘ildiragi orqali oqib o‘tishida dvigatelning mexanik energiyasi suyuqlik oqimi energiyasiga aylanadi. Bunda ish g‘ildiragidan chiqish oldida suyuqlikning bosimi ortadi. Markazdan qochma nasoslarning unumdorligi oshirish uchun ikki yoqlama so‘radigan nasoslar ham ishlatiladi (5.2-rasm). 5.2-rasm. Ikki yoqlama so‘radigan nasos 46
Parraklar orasidagi kanallardan suyuqlikni bir tekisda haydash quvuriga berilishi va suyuqlik tezligini asta-sekin kamaytirib, suyuqlik bosimini oshirishni ta’minlash maqsadida nasoslarni qo‘zg‘almas qobiqlari spiralsimon shaklda tayѐrlanadi. Nasosning ishlashini tekshirib ko‘rish uchun so‘rish quvuriga vakuummetr va haydash quvuriga esa manometr o‘rnatiladi. Bundan tashqari, nasosda uzatilaѐtgan suyuqlikning miqdorini rostlab turish uchun haydash quvuriga jo‘mrak yoki surilma jo‘mrak o‘rnatiladi. G‘ildiraklarning soniga qarab markazdan qochma nasoslar bir va ko‘p bosqichli bo‘ladi. Ko‘p bosqichli nasoslarda suyuqlik ketma-ket ulangan g‘ildiraklar orqali o‘tadi (8.3-rasm). Bunday g‘ildiraklarda bosim belgilangan miqdorgacha asta-sekin ortib boradi (g‘ildiraklar soni 5 tagacha bo‘ladi). Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling