Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Nasoslarning turlari va asosiy parametrlari


Download 1.66 Mb.
bet13/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

Nasoslarning turlari va asosiy parametrlari

Nasoslar asosan ikki turga: dinamik va hajmiy nasoslarga bo‘linadi. Dinamik nasoslarda suyuqlik tashqi kuch ta’sirida harakatga


keltiriladi. Nasos ichidagi suyuqlik nasosga kirish va undan chiqish quvurlari bilan uzluksiz bog‘langan bo‘ladi. Suyuqlikka ta’sir qiladigan kuchning turiga ko‘ra, dinamik nasoslar parrakli va ishqalanish kuchi ѐrdamida ishlaydigan nasoslarga bo‘linadi.


Parrakli nasoslar o‘z navbatida markazdan qochma va o‘qli (propellerli) nasoslarga bo‘linadi. Markazdan qochma nasoslarda suyuqlik ish g‘ildiraklarning markazidan uning chetiga qarab harakat qilsa, o‘qli (propellerli) nasoslarda suyuqlik g‘ildirakning o‘qi yo‘nalishida harakat qiladi.


Ishqalanish kuchiga asoslangan nasoslar ikki xil (uyurmaviy va oqimli) bo‘ladi. Uyurmaviy va oqimli nasoslarda suyuqlik asosan ishqalanish kuchi ta’sirida harakatga keladi.


Hajmiy nasoslarning ishlash prinsipi suyuqlikning ma’lum bir hajmini yopiq kameradan itarib chiqarishga asoslangan. Hajmiy nasoslar jumlasiga porshenli, plunjerli, diafragmali, shesternyali, plastinali va



39



vintsimon nasoslar kiradi.

YUqorida aytib o‘tilgandek xajmiy nasoslarda suyuqlik so‘rish quvuri orqali berilgan xajmga so‘rib olinadi, bu vaqtda klapin xaydash quvurini berkitadi yoki so‘rish quvuriga suyuqlik kirmaydi, qo‘shilgan xajm suyuqlikka to‘lgandan so‘ng so‘rish quvuridagi klapin bilan, xaydash quvuridagi klapin yopiladi va suyuqlik xaydash quvuriga uzatib bo‘lingandan so‘ng jarayon qaytadan boshlanadi, ya’ni so‘rish quvuridagi klapin bilan suyuqlik xajmga so‘rib olinadi va x.z. bunday jarayon asosan porshinli va plunjerli nasoslarda kuzatiladi va SI birlik tizimida m3/s da o‘lchanadi.


Nasosning asosiy parametrlari

Nasoslarning asosiy parametrlari ish unumdorligi, bosim va quvvat kabi kattaliklar bilan belgilanadi.


Nasosning vaqt birligi ichida uzatib beradigan suyuqlik miqdori ish unumdorligi (yoki sarfi) deyiladi va SI birliklar tizimida sarf m3/s - da o‘lchanadi. (Q, m3/s).


Nasosning massa birligiga ega bo‘lgan suyuqlikka bergan solishtirma energiyasi bosim deb yuritiladi va u SI birliklari tizimida n/m2 ѐki metr suv ustunida o‘lchanadi.(N, n/m2 ѐki metr suv ustuni). Nasosning bosimi oqimning nasosga kirish va chiqishdagi solishtirma energiyalari ayirmasiga teng.


Suyuqlikka energiya berish uchun sarflangan nasosning foydali quvvati Nf suyuqlik sarfi miqdori γ · Q ning solishtirma energiyaga ko‘paytirilganiga teng:





Nf QH gQH ;

(5.1)

Nasosning o‘qidagi quvvati foydali quvvatdan kattaroq bo‘ladi, chunki nasosda energiyaning bir qismi yo‘qoladi. Energiyaning yo‘qolishi nasosning foydali ish koeffitsienti (FIK) ηn bilan belgilanadi. Demak, nasosning o‘qidagi quvvat quyidagi tenglama bilan topiladi:



40




Ne

Nf



gQN

;

(5.2)













H

H



















Foydali ish koeffitsienti ηn nasosdagi quvvatning nisbiy yo‘qolishini, nasosning mukammalligini va uni ishlatishning arzonligini ifodalaydi hamda quyidagi ko‘paytma orqali topiladi:





 V r m ;

(5.3)

bu erda ηv – hajmiy FIK; ηr – gidravlik FIK; ηm – mexanik FIK. Hajmiy FIK nasosning xaqiqiy ish unumdorligining nazariy ish


unumdorligiga nisbatiga teng bo‘lib, nasos konstruksiyasining zich bo‘lmagan joylaridan sizib chiqqan suyuqlikning miqdorini belgilaydi.


Gidravlik FIK suyuqlikning nasosdan o‘tishida gidravlik va mahalliy qarshiliklarni engish uchun sarf bo‘lgan bosimning yo‘qolishini ifodalaydi.


Mexanik FIK nasos mexanizmlaridagi ishqalanishni engishga sarflangan quvvatning yo‘qolishini belgilaydi.


Dvigatel iste’mol qiladigan quvvat (yoki dvigatelning nominal quvvati) nasos o‘qidagi quvvatdan ortiqroq bo‘ladi, chunki quvvatning bir qismi elektr dvigatelning o‘qida va elektr dvigateldan mexanik energiya nasosga berilayotganda sarf bo‘ladi, ya’ni:






Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling