7-Modul.Markazdan qochma, porshenli nasoslar. Nasoslarning turlari va ularning asosiy parametrlari
Reja:
Nasoslarning asosiy parametrlari
Nasoslarning umumiy bosimi va so‘rish balandligi
Markazdan qochma tipdagi nasoslar
Nasoslarning ish xarakteristikasi
5.
Bumerang usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni
faollashtiradi
Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. Har qaysi guruhga mustaqil tayyorlanish uchun nasoslarning turlari, ularning ishlash prinsipi, asosiy parametrlari, so‘rish balandligi, napori , sarfi shular orqali ish xarakteristikasi va proporsionallik qonuniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha tayѐrlanishga vaqt beriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng 1 guruhdan 5, 6 ta talaba 2 guruhdagi 5, 6 talaba bilan o‘rin almashadi va har qaysi guruhda talabadar orasida bilim almashish jarayoni ketadi.
38
Suyuqlik va gazlarni uzatish.
Xalq xo‘jaligi va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida, shu jumladan qurilish materiallari sanoatida suyuqliklar gorizontal va vertikal quvurlar orqali uzatiladi.Suv, neft, benzin, kerosin, moylar va boshqa suyuqliklarni uzatish uchun mo‘ljallangan mashinalar (qurilmalar) nasoslar deyiladi. Quvurlarning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalaridagi bosimlar farqi quvurlardan suyuqlikning oqishi uchun haraktlantiruvchi kuch hisoblanadi. Suyuqlik oqimining quvurlardagi harakatlantiruvchi kuchi gidravlik mashinalar yoki nasoslar orqali hosil qilinadi. Nasos elektr dvigateldan mexanik energiya olib, uni suyuqlikning harakatlanayotgan oqimi energiyasiga aylantirib beradi hamda quvurda suyuqlik bosimini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |