Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Kompressorlar ularning asosiy xarakteristikalari va
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
Kompressorlar ularning asosiy xarakteristikalari va
ishlash prinsiplari. Porshenli kompressorlar siqish darajasiga qarab bir va ko‘p bosqichli, shuningdek, ishlash prinsipiga ko‘ra bir va ikki tomonlama harakat qiluvchi bo‘ladi. Bir bosqichli porshenli kompressorning tuzilishi xuddi porshenli nasosning tuzilishiga o‘xshash (4.3-rasm). Porshen silindrda o‘ngga va chapga krivoship mexanizmi yordamida qaytar-ilgarilama harakat qiladi. Porshen silindrning ichki devoriga zich qilib o‘rnatiladi va silindr bo‘shlig‘ini ikki qismga bo‘lib turadi. Porshen chapdan o‘ngga tomon ilgarilama harakat qilganida so‘rish klapani ochilib silindr gazga to‘ladi, orqaga qaytganida esa silindrdagi gazning siqilishi natijasida bosim orta borib, uzatilish liniyasidagi bosimga teng bo‘lganda, uzatuvchi klapan ochilib gaz uzatila boshlanadi. Gaz siqilganda uning temperaturasi ko‘tariladi, qizigan gaz yog‘lab turuvchi moyni kuydirib yubormasligi uchun silindirning devori uzluksiz suv bilan sovutib turiladi. Bir bosqichli kompressorning unumdorligi kam bo‘lganligi uchunikki tomonlama harakatlanuvchi porshenli kompressorlar ko‘p ishlatiladi.Bu kompressorlarda silindrdagi gaz porshenning ikkala qismida (chap va o‘ng) siqiladi; ularda ikkita so‘rish va ikkita uzatish klapani bor (4.4 - rasm). Porshen krivoship – shatunli mexanizm yordamida ilgarilama harakat qiladi. Val bir marta aylanganda silindrda gaz ikki marta so‘riladi va ikki marta uzatiladi. Kompressorning unumdorligi bir tomonlama ishlaydigan kompressornikiga qaraganda deyarli ikki marta ko‘p.Bir bosqichli kompressorlarning unumdorligini oshirish hamda gazlarning siqilish darajasi 0,4 ... 0,6 MPa bo‘lishi uchun ko‘p silindrli bir va ikki tomonlama siqadigan kompressorlar ishlatiladi. Bu kompressorda gaz birinchi silindrdan keyingissilindrga o‘tgani sari bosimi ko‘tarilib boradi. Kompressorlarning porsheni umumiy bir ish valiga o‘rnatilgan.Gazning siqilishi natijasida uning xarorati bir silindrdan ikkinchi silindrga o‘tganida ortib boradi. Shu sababli ikkita silindr orasiga sovitkichlar o‘rnatiladi. 14.3-rasmda ikki silindrli gazni bir tomonlama siqadigan kompressorning ishlash prinsipi ko‘rsatilgan. Bu kompressorlarda porshenlar parallel ishlaydi va silindr ketma-ket yoki parallel bitta o‘qqa o‘rnatiladi. 8.1-rasm. Bir tomonlama 8.2-rasm. Ikki tomonlama harakatlanuvchi bir silindrli harakatlanuvchi bir silindrli kompressor: 1-silindr; 2-porshenь; kompressor. 63
3-shatun; 4-krivoship; 5-val; 6- haydash klapani; 7-so‘rish klapani. Gaz T1 xarorat bilan r1 bosimda surish quvuri orqali birinchi silindrga kirib, porshen yordamida r2 bosimgacha siqiladi, o‘rtadagi sovitkichda sovitilgan gaz ikkinchi silindrga kirib, porshen yordamida r2 yoki kerakli bosimgacha siqiladi va uzatish klapani orqali uzatiladi. 4.5-rasm. Ikki silindrli bir tomonlama harakatlanuvchi kompressor:1-silindr; 2-porshen; 3,4-so‘ruvchi va uzatuvchi klapanlar; 5-shatun; 6-kreyskopf; 7-krivoship; 8-maxovik; 9-sovitkich. Porshenli kompressorlarning ishlashini tekshirib turish hamda porshen bir marta aylanganda gazlarning so‘rilish va uzatilish vaqtidagi bosimi bilan hajmining o‘zaro bog‘lanishi indikator diagrammasida qayd qilinadi. Ideal kompressorning ishlashini 4.6-rasmda tasvirlangan r-V diagramma yordamida ko‘rib chiqamiz. Gazlar bir bosqichli ideal kompressorda siqilganida protsessning nazariy xarakteristikasi – bosim bilan hajmning bog‘lanishi indikator diagrammasida abcd yuza bilan tasvirlanadi; ab –so‘rish protsessi; bc – siqish protsessi; dc – haydash protsessi. 64 4.6-rasm. Indikator diagramma: a) ideal kompressorning nazariy tavsifi; b) real kompressorning ish jarayoni. Nazariy protsessda kompressorning porsheni chap chekka holatida silindr qopqog‘iga taqalib kelib, qoldiq hajm hosil qilmaydi. Qoldiq hajm bo‘lmagani uchun gaz uzatilgandan so‘ng, shu vaqtdayoq gaz so‘riladi (b, d nuqtalar). Real kompressorlarda biror holatni egallagan porshenь bilan silindr qopqog‘i orasida doimo muayyan hajm qoladi va u qoldiq hajm deyiladi. Qoldiq hajm silindr hajmining 3-5% ini tashkil qiladi va u ortishi bilan kompressorning unumi pasayadi. Gaz uzatilgandan keyin u yana so‘rilishi uchun va qoldiq hajmda qolgan siqilgan gazning bosimi so‘rish vaqtidagi siqilmagan gazning bosimiga teng bo‘lishi uchun u kengayishi kerak. Diagrammada qoldiq hajmning miqdori Vq bilan ifodalangan (4.6-rasm, b). Porshen silindrda chapdan o‘ngga harakat qilganida qoldiq hajmdagi gaz kengayadi, uning hajmi kattalashib bosimi so‘rish vaqtidagi bosimga nisbatan kamroq bo‘lguncha pasayadi, bu jarayon grafikda ad chiziq bilan tasvirlangan. a nuqtada bosimlar farqi borligi tufayli so‘rish klapani ochilib gaz silindrga kira boshlaydi, porshen silindrning o‘ng tomonini oxiriga borguncha ab chiziqda so‘rish jarayoni ketadi. Porshen silindrning o‘ng tomonidan chapga harakat qilganda so‘rish klapani yopilib gaz politropik jarayonda siqiladi, bu jarayon diagrammada bc chiziq orqali tasvirlangan. 65 Bunda gazning bosimi uzatish quvuridagi bosimga nisbatan yuqori bo‘lgani uchun uzatish klapani ochiladi (s nuqta). Uzatish protsessi cd chiziq bilan ifodalangan. Xuddi shuningdek, diagrammada punktir chiziq bilan gazlarni siqishdagi nazariy izotermik protsess bc’ chiziq va adiabatik protsess bc’’ chiziq bilan tasvirlangan. Gazlar siqilganda bajarilgan ishning qiymati shu diagrammada tasvirlangan protsesslarning yuzasi bilan o‘lchanadi. Gazlar izotermik protsessda siqilganda eng kam, adiabatik jarayonda siqilganda esa eng ko‘p ish bajarilishi diagrammadan ko‘rinib turibdi. Demak, bu diagramma orqali kompressorlarning ish unumdorligini ham aniqlash mumkin. Porshenli kompressorlarning unumdorligi vaqt birligi ichida uzatilgan gaz hajmiga teng:
bu erda: Vp –so‘rilayotgan gazning hajmi. Bu hajm ab kesmaga proporsional bo‘lib, ishssilindr hajmining ulushiga teng; λ-uzatish koeffitsienti, kompressorning ish unumdorligidagi barcha sarflarni hisobga oladi: 0 G T , (4.1.8) λ0-qoldiq hajmdagi gazning kengayishi natijasidassilindr foydali hajmining kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient; λg-uzatilayotgan gazning zich yopilmagan porshen klapanlari va salniklar orqali sarflanishidagi unumdorlikning kamayishini hisobga oluvchi germetiklik koeffitsient; λt-termik koeffitsient, so‘rilayotgan gazning silindrning issiq devorlariga tegishi natijasida va qoldiq hajmdagi issiq gaz bilan aralashib kengayishi hisobga unumdorlikning kamayishini ko‘rsatadi. Porshenli kompressorlar yuqori foydali ish koeffitsientiga ega bo‘lib, ular yordamida gazlarni keng intervalda 100 MPa bosimgacha siqish mumkin. Gazlarning bir me’yorda uzatilmasligi, unumdorligining pastligi va 66
klapanlarining ko‘pligi porshenli kompressorlarning kamchiligidir Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling