Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Download 1.66 Mb.
bet17/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

bosimlarning

miqdori

gidravlik

foydali

harakat




koeffitsienti rva hajmiy qoeffitsientvbilan hisobga olinadi.

SHunday qilib, nasosning haqiqiy bosimi quyidagicha aniqlanadi:





H x GV (u2 c2 cos2 / g) ;

(5.15)

r-F.I.K. ning qiymati nasos konstruksiyasi, kattaligi va tayyorlanish sifatiga bog‘liq bo‘lib r0,7...0,9; v0,8.


Parrakli nasoslarning ish va umumiy tavsiflari.


Proporsionallik qonuni

5.6-rasm. Parrakli nasosning ish xarakteristikasi.




Nasoslarning tavsiflari. Ish g‘ildirakning aylanishlar chastotasi n o‘zgarmas bo‘lganda nasos ish unumdorligi Q ning bosim N, bosimning o‘z quvvati Ne va foydali ish koeffitsienti ηn bilan grafik usuldagi bog‘liqligi nasoslarning xarakteristikalari deb yuritiladi (5.6-rasm). Bunday grafik bog‘liqliklar markazdan qochma nasoslarni tekshirish paytida olinadi. Bunda haydash quvuridagi zulfin ochilishi har xil qilib olinadi. Bu vaqtda nasos oladigan minimal quvvat nasosning salt ishlashiga (ya’ni Q=0) mos keladi. Bunday sharoitda foydali ish koeffitsienti ham ηn=0 bo‘ladi, chunki nasos suyuqlikni uzatishga oid foydali ish bajarmaydi, salt ishlash quvvati esa nasosdagi barcha ishqalanishlar (podshipniklardagi va o‘q zichlagichlaridagi ishqalanishlar, nasos qobig‘i to‘ldiruvchi suyuqlikning nasos parragiga ishqalanishi va boshqalar) vujudga keladigan


50



mexanik sarflarni qoplashga ishlatilanadi.

5.7-rasm. Parrakli nasosning universal tavsiflari


Ish unumdorligini jo‘mrakni ochish bilan oshira borsak, nasosning bosimi kamayib, nasos oladigan quvvat ortib boradi va foydali ish koeffitsienti asta – sekin tortib borib maksimal qiymatga ega bo‘ladi. Bu hol shuni ko‘rsatadiki, aylanish g‘ildiragining tezligi o‘zgarmas bo‘lganda, nasosning xarakteristikasidan foydalanib energiyadan eng tejamli foydalanish usulini aniqlash mumkin.


Nasosning turli tartibda ishlash qobiliyatini universal tavsifidan aniqlash qulay. Ish g‘ildirakning aylanish soni har xil bo‘lganda bosim, foydali ish koeffitsienti va ish unumdorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik nasosning universal tavsifi deb ataladi (5.7-rasm). Universal tavsifi yordamida nasosning foydali ish koeffitsientining maksimal qiymatiga to‘g‘ri keladigan ish tartibining chegaralarini va eng qulay ish tartibining aniqlash mumkin. Nasoslarning tavsifiga tegishli kataloglarda keltiriladi.





Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling