Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Download 1.66 Mb.
bet28/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

M Kx F xo‘

Modda o‘tkazish koeffitsientlari (Ku ѐki Kx) vaqt birligi ichida fazalarning kontakt yuzasi birligidan, protsessning harakatlantiruvchi kuchi birga teng bo‘lganda, bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tgan moddaning massasini bildiradi.


Fizik ma’nosi bo‘yicha modda berish β va modda o‘tkazish K koeffitsientlari o‘rtasida farq bor, biroq ikkala koeffitsient ham bir xil o‘lchov birliklariga ega:



88



m/s, kg/(m2·s), kg/[m2·s(mol ulushlar)], s/m.

(22.3) va (22.4) tenglamalar yordamida fazalarning kontakt yuzasi F va u orqali apparatning asosiy o‘lchamlari aniqlanadi. M ning qiymati moddiy balans tenglamasidan topiladi yoki hisoblab chiqariladi. Modda o‘tkazish koeffitsienti va o‘rtacha harakatlantiruvchi kuch qiymatlari tegishli tenglamalar yordamida aniqlaniladi.


Modda o‘tkazish va modda berish koeffitsientlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun fazalarni ajratuvchi yuzada muvozanat holat o‘rnatilgan deb faraz qilinadi. Bu hol fazalarni ajratuvchi chegaradan moddaning o‘tishiga qarshilik yo‘q degan ma’noni bildiradi. Natijada fazaviy qarshiliklarning additivlik qoidasi kelib chiqadi. Bu qoidaga asosan K va β o‘rtasida quyidagi bog‘liqliklar bor:



  1. 1 m



K yyx

1



1



1










y m




Kx




x




bu erda m-muvozanat chizig‘i qiyaligi burchagining tangensi.

Bu tenglamalarning chap tomonlari moddaning bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tishi uchun umumiy qarshilikni, o‘ng tomonlari esa fazalardagi modda berish protsesslari qarshiliklarining yig‘indisini bildiradi. Shu sababli (22.5) va (22.6) ifodalar fazaviy diffuziya qarshiliklarining additivlik tenglamalari deb yuritiladi.


Har bir faza diffuziya qarshiligining ulushi gidrodinamik sharoitga, muhitdagi diffuziya koeffitsientlarining qiymatiga hamda muvozanat shartlariga bog‘liq. Ayrim sharoitlarda biror fazaning diffuziya qarshiligi ikkinchisiga nisbatan ancha kam bo‘lishi mumkin. Masalan, Fx fazaning qarshiligi ancha kam bo‘lsa, bu holda modda berish koeffitsienti βx ning qiymati ancha katta bo‘ladi, o‘z navbatida fazaning diffuziya qarshiligi l/βx juda kichik bo‘ladi. (22.5) tenglamadagi m/βx (m ning berilgan qiymati bo‘yicha) nisbatning qiymati juda kichik. Fx fazadagi diffuziya


qarshiligini hisobga olmasdan quyidagi ifodaga erishamiz: Ku≈βu. Bu sharoitda modda o‘tkazish protsessining tezligi Fu fazaning qarshiligi orqali aniqlaniladi.

89
Aksincha, masalan, Fu fazaning qarshiligi kam bo‘lsa βu ning qiymati juda katta, l/βu m ning qiymati esa ancha kichik bo‘ladi. Bunda (22.6) tenglamadagi modda o‘tkazish koeffitsienti Kx modda berish koeffitsienti βx ga bog‘liq bo‘lib qoladi. Demak, Kx≈βx. Bu ikkinchi misolda modda o‘tkazish protsessining tezligi Fx fazaning qarshiligi orqali topiladi.


Ko‘pincha sharoitlarda fazalarning kontakt yuzasi F ni aniqlash qiyin. Shu sababli modda berish va modda o‘tkazish koeffitsientlarini apparatning ish hajmi V ga nisbatan olish qulay hisoblanadi. Apparatning ish hajmi bilan fazalarning kontakt yuzasi o‘rtasida quyidagi bog‘liqlik bor:





Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling