Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxati
- 9. Modul. Modda almashinish jarayonlari va xossalari Reja
- Bumerang usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi
Nazorat savollari
Silindrik devordan o‘tayotgan issiqlik oqimi qanday topiladi? Issiqlik oqimini zichligini toping? Bir necha qatlamli silindrik devordan o‘tayotgan issiqlik oqimi qanday topiladi? Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxati Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarini xisoblash va loyixalash. O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2000 y. Kavetsskiy G.D., Vasilьev B.V. «Protsessы i apparatы ximicheskoy texnologii». – M. Kolos. 1999g. Borsh I.M., Vosnesenskiy V.A. «Apparatlar va jarayonlar qurilish materiallarni texnologiyasida» – Kiev «Oliy maktab» 2001 y. Maxkamov S.M., Turobov M.T. «Apparatlar va jarayonlar qurilish materiallarni texnologiyasida» fanidan kurs loyihasini bajarishga uslubiy qo‘llanma. Burov YU.S. ―Texnologiya stroitelьnыx materialov i izdeliy‖ M. 1972g.
83
9. Modul. Modda almashinish jarayonlari va xossalari Reja: Modda o‘tkazish jarayoni qanday jarayon? Fazalar xaqida tushuncha va ularning konsentratsiyasi. Fazalarni ajratuvchi yuza. Modda o‘tkazish va modda berish. Bumerang usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. Har qaysi guruhga mustaqil tayyorlanish uchun modda o‘tkazish jarayoni, tarqaluvchi moddalar, fazalar, modda o‘tkazish jarayoni, modda o‘tkazish yuzasi, modda berish jarayoni, adetivlik tenglamalari, modda berish va modda o‘tkazish xajmiy koeffitsientlarini xisoblash qonuniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha tayyorlanishga vaqt va mavzu beriladi. Ximiya va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasida modda almashinish protsesslari muhim o‘rin egallaydi. Bunday protsesslar bir fazadan ikkinchi fazaga moddalarning o‘tishiga asoslangan. Fazalar suyuq, qattiq, gaz va bug‘ holatida bo‘lishi mumkin. Sanoatda quyidagi modda almashinish protsesslari ishlatiladi: Absorbsiya. Gaz aralashmasidan biror moddaning suyuq fazaga o‘tishi absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Teskari protsess, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuqlikdan ajralib chiqishi desorbsiya deb ataladi. Suyuqliklarni ekstraksiyalash. Biror suyuqlikda erigan moddani boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish protsessi ekstraksiyalash deb 84
ataladi. Bunday protsessda bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o‘tadi. 3. Suyuqliklarni haydash. Suyuq va bug‘ fazalar orasida komponentlarning o‘zaro almashinishi yo‘li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish protsessi haydash deb ataladi. Bu protsess issiqlik ta’sirida olib boriladi, oddiy haydash (distillash) va murakkab haydash (rektifikatsiya) protsesslari bor. Adsorbsiya. Gaz, bug‘ yoki suyuqlik aralashmalaridan bir xil yoki bir necha komponentlarning G‘ovaksimon qattiq moddaga yutilish protsessi adsorbsiya deyiladi. Aktiv yuzaga ega bo‘lgan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Teskari protsess, ya’ni desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va ko‘pincha yutilgan komponentni adsorbentdan ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regeneratsiya qilish uchun) xizmat qiladi. Ion almashinish protsessi adsorbsiyaning bir turi bo‘lib, ayrim qattiq moddalar (ionitlar) o‘zlarining harakatchan ionlarini elektrolit eritmalardagi ionlarga almashtirish qobiliyatiga asoslangan. Quritish. Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug‘latish yo‘li bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi. Bu protsess issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo, tutunli gazlar) yordamida olib boriladi. Quritish protsessida namlik qattiq fazadan gaz (ѐki bug‘) fazaga o‘tadi. Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash. Qattiq suyuqlikka (erituvchiga) o‘tishi eritish protsessi deb ataldi. Qattiq g‘ovaksimon materiallar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchi yordamida ajratib olish protsessi ekstraksiyalash deyiladi. Agar eritish protsessida qattiq faza to‘la suyuq fazaga o‘tsa, ekstraksiyalash paytida esa qattiq faza amaliy jihatdan o‘zgarmay qoladi, faqat uning tarkibidagi tegishli komponent suyuq fazaga o‘tadi. 7. Kristallanish. Suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani 85
kristallar holatida ajratish protsessi kristallanish deb yuritiladi. Bu protsess eritmalarni o‘ta to‘yintirish yoki o‘ta sovitish natijasida sodir bo‘ladi. Kristallanish paytida modda suyuq fazadan qattiq fazaga o‘tadi. Membrana usuli bilan ajratish. Yarim o‘tkazuvchi membranilar yordamida uglevodorodlarni, yuqori va quyi molekulali birikmalar aralashmalarini ajratish; tabiiy gazlardan geliy va vodorodni, havodan kislorodni ajratib olish; sut mahsulotlarini, meva, sabzavot sharbatlarini va boshqa eritmalarni quyultirish, pivoni pasterizatsiya qilish, yuqori siqatli qand moddasi olish va shu kabi bir qator muhim vazifalarni bajarish mumkin. Bu protsess modda almashinishining yangi yo‘nalishidir. Membrani yordamida ajratish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi; teskari osmos ultrabinultra filtrlash, mikrofiltrlash, membrana orqali bug‘lanish, dializ, elektrodializ, gazlarni diffuziya bilan ajratish. Moddalarni o‘tkazish murakkab protsess bo‘lib, bir yoki bir necha komponentni bir fazadan ikkinchi fazaga fazalarni ajratuvchi yuza orqali o‘tishini belgilaydi. Moddalarning bir faza ichida tarqalishi moddalarning berilishi deb yuritiladi. Moddalarning berilish intensivligi koeffitsient β orqali ifodalanadi. Moddalarni o‘tkazish protsessining tezligi esa koeffitsient K bilan belgilanadi. Fazalarni ajratuvchi yuza qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas bo‘ladi. Gazg‘suyuqlik (absorbsiya), bu—suyuqlik (haydash), suyuqlik-suyuqlik (ekstraksiyalash) sistemalarida boradigan modda almashinish protsesslaridagi fazalarni ajratuvchi yuza qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi. Qattiq faza ishtiroki bilan boradigan protsesslarda (adsorbsiya, quritish, ekstraksiyalash, kristallanish) fazalarni ajratuvchi yuza qo‘zg‘almas bo‘ladi. Modda almashinish protsesslarining tezligi asosan molekulyar diffuziyaga bog‘liq bo‘lgani uchun, ko‘pincha bunday protsesslar diffuziya protseslari deb ham yuritiladi. Bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tayotgan moddaning miqdori fazalarni ajratuvchi yuzaga va harakatlantiruvchi kuchga
(konsentratsiyalarning o‘rtacha farqiga) proporsional bo‘ladi. Fazalar tarkibi quyidagicha ifodalanadi: 1) hajmiy konsentratsiya bilan bu miqdor berilgan moddaning (fazaning) hajm birligiga to‘g‘ri keladigan soni (kg ѐki kmol hisobida), ya’ni kg/m3 ѐki kmol/m3; 2) massaviy yoki mol ulushlar bilan bu miqdor berilgan modda massasini butun faza massasiga nisbati orqali; 3) nisbiy konsentratsiyalar bilan, tarqaluvchi modda massasining modda almashinish protsessida o‘zgarmay qoladigan tashuvchi inert komponent massasiga nisbati orqali belgilanadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling