Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bumerang usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi
- Issiqlik o‘tkazuvchanlik Temperatura maydoni va gradienti.
Nazorat savollari
Konveksiya niman i tushunasiz? Issiqlik berish koeffitsienti qanday aniqlanadi? Nyuton qonuni. Nusselt kriteriysini fizik ma’nosi. Fure va Grazgov kriteriylarini fizik ma’nosi. Bumerang usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. Har qaysi guruhga mustaqil tayyorlanish uchun Issiqli o‘tkazuvchanlik, materiallarning termik qarshiligi, issiqlik gradienti, Fure formulasi va ikki uch qatlamdan iborat devordan o‘tayotgan issiqlik oqimini xisoblash qonuniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha tayyorlanishga vaqt va mavzu beriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng 1 guruhdan 5, 6 ta talaba 2 guruhdagi 5, 6 talaba bilan o‘rin almashadi va har qaysi guruhda talabadar orasida bilim almashish jarayoni ketadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik Temperatura maydoni va gradienti. Biror jism (yoki suyuqlik) ning ichida temperatura har xil bo‘lganida issiqlik energiyasi issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali tarqaladi. Temperatura maydoni umumiy holatda quyidagi funksional bog‘liqlik bilan ifodalanadi: f (x, y, z, ) bu erda t-tekshirilaѐtgan nuqtadagi temperatura; x,y,z-tekshirilaѐtgan nuqtaning koordinatalari; τ-vaqt. Agar temperatura vaqt davomida o‘zgarmasa, temperatura maydoni turg‘un bo‘ladi. Agarda temperatura vaqt o‘tishi bilan o‘zgarsa, unday maydon noturg‘un temperatura maydoni deb yuritiladi. Koordinatalarning soniga ko‘ra, teiperatura maydoni bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Bir xil temperaturaga ega bo‘lgan nuqtalarning geometrik o‘rni izotermik yuza deb yuritiladi. Temperatura bir izotermik yuzadan ikkinchi izotermik yuza yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi. Temperaturalarning eng ko‘p o‘zgarishi izotermik yuzalarga o‘tkazilgan normal chiziqlar bo‘yicha yuz beradi. Temperaturalar farqi ∆t ning izotermik yuzalar oralig‘idagi normal bo‘yicha olingan masofa (∆n) ga nisbati temperatura gradienti (grad t) deb ataladi:
Temperatura gradienti nolga teng bo‘lmagan taqdirda (grad t≠0) issiqlik oqimi yuzaga keladi. Bunda issiqlik oqimining yo‘nalishi temperatura gradienti chizig‘i bo‘yicha boradi, ammo temperatura gradientiga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi;
Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling