Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Modul. Donador qatlamning gidravlik karshiligi. Donador materiallarning mavxum kaynashi
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klaster usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi
5.Modul. Donador qatlamning gidravlik karshiligi. Donador materiallarning mavxum kaynashi.
REJA: Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi Mavhum qaynashning boshlanishi, 1-kritik tezlik 2-kritik tezlik Mavhum qaynash qatlamining turlari Hozirgi vaqtda qurilish materiallari va ximiya sanoatining barcha texnologik jarayonlarida mavhum qaynash usuli keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa issiqlik almashinish, quritish, adsorbsiyalash, absorbsiyalash kabi jarayonlarda mavhum qaynash usulining ishlatilishi katta natijalar bermoqda. Mavhum qaynash jarayonida fazalar o‘rtasidagi o‘zaro kontakt
27
yuzasi katta bo‘lishi tufayli mavxum qaynash jarayon bir necha marta tezlashadi, natijada apparatning unumdorligi oshadi. Mavhum qaynash jarayonida qatlamning gidravlik qarshiligi nisbatan katta bo‘lmaydi. Donasimon zarrachalarda mavxum qaynash qatlamini hosil qilish uchun ixtiѐriy shakldagi (masalan,ssilindrsimon) vertikal idishga donasimon qattiq material solinadi. Material teshikchalar o‘lchami material o‘lchamidan kichik bo‘lgan to‘r ustiga joylashtiriladi. Agar to‘r orqali pastdan yuqoriga qaratib kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, material qatlami aytarli o‘zgarmay qoladi (4.1-rasm, a). Gaz oqimi tezligini asta-sekin ko‘paytirib borilsa, tezlik ma’lum qiymatga ega bo‘lganda qatlamdagi materialning og‘irligi oqimning gidrodinamik bosim kuchiga teng bo‘lib qoladi, shuning uchun qattiq zarrachalarni muvozanat holati buziladi va ular har xil yo‘nalishida siljiy boshlaydi. Klaster usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi
4.1-rasm. Mavhum qaynash qatlamining holatlari 28 Gaz tezligini yana oshirsak qatlam kengayada, zarrachalar harakatining intensivligi ortadi, bunda gidrodinamik muvozanat buzilmaydi. Bunday sharoitda qatlam mavhum qaynash holatini egallaydi, ya’ni qatlam xuddi qaynayotgandek bo‘lib ko‘rinadi (4.1-rasm, b). Qatlamning o‘zgarmas holatdan mavhum qaynash holatga o‘tishiga to‘g‘ri keladigan gaz yoki suyuqlikning tezligi mavhum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik deb yuritiladi. Agar gazning tezligini oshiraversak, tezlik ma’lum qiymatga etganda gidrodinamik bosim kuchlari materialning og‘irlik kuchlaridan ortib ketadi, natijada qattiq material donachalari gaz oqimi bilan birga idishdan otilib chiqib ketadi (4.1-rasm, g). Qattiq material donachalarining gaz oqimi bilan chiqib ketish holatiga to‘g‘ri keladigan tezlik chiqib ketish tezligi ѐki ikkinchi kritik tezlik deb ataladi. SHunday qilib, mavhum qaynash holati birinchi va ikkinchi kritik tezliklar o‘rtasida yuz beradi. Mavhum qaynash ikki xil (bir jinsli va turli jinsli) ko‘rinishda yuz beradi. Bir jinsli mavhum qaynashda birinchi va ikkinchi kritik tezliklar o‘rtasida qattiq material zarrachalari butun qatlam balandligi bo‘yicha bir xil tarqalgan bo‘ladi. Amaliy jihatdan bunday mavhum qaynash jaraѐni tomchili suyuqlik (masalan, suv) yordamida amalga oshirilishi mumkin. Turli jinsli mavhum qaynash asosan qattiq modda zarrachalari gaz oqimi yordamida mavhum qaynash holatiga keltirilganda yuz beradi. Bunda birinchi va ikkinchi kritik tezliklar oralig‘ida qattiq modda zarrachalari qatlam bo‘ylab har xil tarqalgan bo‘ladi. Turli jinsli qatlamning hosil bo‘lish darajasi zarrachalarning yuzasi va shakliga, qattiq material zarrachalari va harakatdagi oqim zichliklarining nisbatiga, zarrachalarning diametriga, oqimning tezligiga, gaz tarqatuvchi to‘r katakchalarining o‘lchamiga bog‘liq. Sanoatda ko‘pincha qattiq modda – gaz tizimidagi mavhum qaynash jarayonlari ko‘proq ishlatiladi. Bunday tizimlar ko‘pincha turli jinsli bo‘ladi. Ayrim sharoitlarda gaz ko‘piklariga ega bo‘lgan mavhum qaynash 29 qatlami hosil bo‘ladi (4.2-rasm, a). Agar qattiq zarrachalarning o‘lchami kattalashib, apparatning diametri kichiklashsa va gazning tezligi ko‘paysa, o‘zaro porshenli qatlam paydo bo‘ladi (4.2-rasm, a). Porshenli qatlamda qattiq fazaning vertikal yo‘nalishdagi aralashtirilishi qiyinlashadi. Qattiq materiallar yoki juda kichik o‘lchamli (masalan, o‘lchami mikron atrofida) materiallar mavhum qaynash holatiga keltirilganda kanal hosil qiluvchi qatlam paydo bo‘ladi (4.2-rasm, b). Bunda gaz kanallar orqali o‘tib ketadi, qattiq materiallarning asosiy massasi o‘zgarmay qolaveradi. Konussimon va konus-silindrsimon apparatlarda kanal hosil qiluvchi qatlam favvorali qatlamga aylanadi (4.2-rasm, v, g). Bunday sharoitda gaz yoki suyuqlik oqimi asosan apparatning o‘qi bo‘ylab qattiq zarrachalar bilan birgalikda harakat qiladi va favvora kabi ularni yuqoriga tarqatadi (otadi). 4.2-rasm. Mavhum qaynash qatlamining turlari: a) porshen qaynash qatlami; b)kanalli qaynash qatlami; v,g) favvorasimon qaynash qatlami. So‘ngra qattiq zarrachalar apparat devori yonidan pastga qarab harakat qiladi. 30
Qattiq zarrachalarning mavhum qaynash holati 4.3-rasmda yaqqol ko‘rsatilgan. Bu rasmda donasimon qatlamning gidravlik qarshiligi va muhitning tezligi oralig‘idagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan. AV chiziq o‘zgarmas qatlam orqali o‘tayotgan gaz harakatini tasvirlaydi. S nuqta o‘zgarmas qatlamning mavhum qaynash holatiga o‘tishini ko‘rsatadi, shu nuqtaga to‘g‘ri kelgan tezlik W1 birinchi kritik tezlikni ifodalaydi. Mavhum qaynash jarayonining boshlanishi bilan oqimning gidrodinamik bosim kuchlari qatlamdagi qattiq zarrachalar og‘irligini muvozanatga solib turadi. Gaz oqimi tezligining ortishi bilan qattiq zarrachalar og‘irligi o‘zgarmaydi, zarrachalarni mavhum qaynash holatida ushlab turish uchun zarur bo‘lgan
Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling