39. Tarjima jarayonida til birliklarining qaysi tomoni invariant sifatida saqlanib qoladi?
*a) Ma’nosi.
b) Ma’nosi va shakli.
c) Shakli.
d) Tovush tomoni.
40. Professor YA.S. Barxudarov bo’yicha tarjimaning qanday turlari bor?
*a) Yozma-yozma; og’zaki-og’zaki; yozma-og’zaki; og’zaki-yozma tarjima.
b) Yozma-yozma; yozma-og’zaki.
c) Og’zaki-og’zaki; og’zaki-yozma .
d) Og’zaki-og’zaki; yozma-og’zaki.
41. Sinxron tarjima qaysi turga mansub?
*a) Og’zaki-og’zaki tarjima turiga.
b) Yozma-yozma tarjima turiga.
c) Og’zaki-yozma tarjima turiga.
d) Yozma-og’zaki tarjima turiga.
42. “Tayyorlanib tarjima qilish” tarjimaning qaysi turida farqlanadi?
*a) Yozma-og’zaki tarjima turida.
b) Og’zaki-og’zaki tarjima turida.
c) Yozma-yozma tarjima turida.
d) Badiiy tarjima turida.
43. Bilvosita tarjima turini ta’rifini aniqlang.
*a) Asl nusxa tilidan emas, balki boshqa bir til orqali qilingan tarjima.
b) Asl nusxa tilidan to’g’ridan-to’g’ri bajarilgan tarjima.
c) Asl nusxa tilidan to’g’ridan-to’g’ri bajarilmagan tarjima.
d) Turli vositalar bilan bajarilgan tarjima.
44. “Vsemirnaya literatura” (“Jahon adabiyoti”) nashriyoti 1919 yilda qaysi shaharda va nechanchi yilgacha Sharq va G’arb adabiyotining yirik namunalarini rus tiliga tarjima qilish bilan shug’ullandi?
*a) Petrogradda, 1927 yilgacha.
b) Petrogradda, 1937 yilgacha.
c) Moskvada, 1927 yilgacha.
d) Moskvada, 1937 yilgacha.
45. Tarjimonlik transformatsiyalarining to’rtta elementar turlarini aniqlang.
*a) Muayyan unsurlar o’rnini almashtirib qo’yish; almashtiruv; qo’shish; tushirib qoldirish.
b) Muayyan unsurlar o’rnini almashtirib qo’yish; almashtiruv; ayirish; tushirib qoldirish.
c) Muayyan unsurlar ma’nosini almashtirib qo’yish; almashtiruv; qo’shish; tushirib qoldirish.
d) Muayyan unsurlar ma’nosini almashtirib qo’yish; almashtiruv; ayirish; tushirib qoldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |