5. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari qaysi tashkilot tomonidan belgilanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi
Vakolatli tegishli organ tomonidan
Mavzu yuzasidan topshiriq.
Mavzu asosida quyida berilgan jadvalni to‘ldiring:
№
|
Talablar
|
Izoh
|
1.
|
Ma’naviy yetuklik
| |
|
| |
2
|
Intizom va mehnatga bo‘lgan munosabati
| |
|
|
|
|
| |
3
|
Bilim darajasi
|
|
4
|
Tashkilotchilik qobiliyati
|
|
5
|
Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish.
| |
Foydalanilgan adabiyotlar
Maktabgacha ta`lim va tarbiya to‘g‘risida QONUN-595-son T.:-2019 yil.
«Давлат мактабгача таьлим ташкилотлари педагогларининг иш ҳужжатларини тасдиқлаш тўғрисида” Т. : 2019 й. МТВ 155-сон буйруғи.
Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q.,Kayumova N.M., A’zamova M.N. Maktabgacha pedagogika T.: 2019 yil.
“Maktabgacha ta’lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘grisida” T. 2020 yil.
Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 уil.
N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 yil.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 391-son qaror: T.: 2019 yil.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida 352-son qaror: T.: 2019 yil.
5.3. RAHBAR ISHINING MAZMUNI.RAHBARNING ISH REJASI
5.3.1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining oylik ish rejasi
Oylik ish reja rahbarning bir oyga mo‘ljallangan vazifalarini kundalik faoliyatiga muqobillashtirish asosida, har bir bo‘limga oy davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar olinib, ularning bajarilish vaqti haftadagi sanalar asosida belgilanadi25.
Ta’lim - tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish
Ushbu bo‘limda tashkilotda bolalarning kun davomidagi barcha faoliyat turlari (ertalabki qabul, ertalabki soat, markazlardagi talimiy va mustaqil jarayonlar, sayrlar, ovqatlantirish, uyqu va kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladigan faoliyatlar)ni kuzatish tahlili olib boriladi. Bunda kuzatuv oldindan belgilangan aniq maqsad asosida olib boriladi hamda rahbar tomonidan beriladigan xulosa vatavsiyalar tarbiyachiga tanishtirilib, tarbiyachining tanishganligi haqidagi imzosi bilan yakunlanadi.
Rivojlantiruvchi muhitni o‘rganish va tahlil
Ushbu bo‘limda tashkilot rahbari barcha guruhlarga joriy o‘quv yilining Iva IIyarim yillik oralig‘ida tashrif buyurib, turli yosh guruhlarida bolalarning erkin faoliyati uchun “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida yaratilgan rivojlantirish markazlarining ular yoshiga mosligi, mavjud talimiy jarayonga to‘laqonli mos kelishi, tarbiyachi tomonidan to‘liq jihozlanganligi hamda markazlarni mavzu asosida mazmunan muntazam boyitib borilishi kuzatiladi.
Tarbiyachining ushbu yo‘nalishda qiyinchilikka duch kelgani aniqlangan taqdirda, bu tarbiyachi metodik yordam uchun metodistga va moddiy - texnik jihozlar ta’minoti yordami uchun xo‘jalik mudiriga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |