ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари


Huquqning qo`riqlovchi funksiyasi


Download 0.98 Mb.
bet8/9
Sana12.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1191383
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHN2

Huquqning qo`riqlovchi funksiyasi - uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy ta`sir etish yo`nalishi bo`lib, u umumiy ahamiyatga molik, o`ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta`minlashga yo`naltiriladi va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qara-tiladi.
Qo`riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagalardan iborat:
birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta`sir etishning alohida vositasi sifatida ta`riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo`llash, taqiqlar o`rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan qo`rqitib, insonlar irodasiga ta`sir o`tkazish orqali bajaradi;
ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy qadriyatlarni o`z himoyasiga olganligi to`g`risida ijtimoiy munosabat subyektlariga axborot yetkaziladi;
uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining, huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko`rsatkichidir. Huquqning qo`riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda aniqroq namoyon bo`ladi. Tegashli davlat idoralari huquq egalari tomonidan qonun talablari so`zsiz qat`iy bajarilishini ta`minlaydi, jamiyatda qonuniylik muxitini vujudga keltiradilar. Bu huquq buzilishi faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan ta`minlanadi. Shunday qilib, huquqning qo`riqlovchi funksiyasi huquqning bevosita harakatlanishi bo`lsa, davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati huquq talablariga rioya qilishning moddiy kafolatidir. Bunda maxsus idoralar (IIV organlari, prokuratura, sud)ning huquqni Qo`riqlashga qaratilgan faoliyati maydonga chiqadi. Bundan tashqari, qo`riqlovchi funksiya ijtimoiy munosabatlarni himoyalashga yo`naltirilgandir.
Xulosa

Shuni xulosa qilib aytish kerakki, huquq ijodkorligining bir turi sinonimi sifatida huquq funksiyasini aytish mumkin. Bu biron bir nazariya, dunyoqarash va shu kabilarning dastlabki asosiy qonun qoidasi faoliyati uchun Asos qilib olinadigan bosh g’oya qonun qoida hisoblanadi.


Huquq funksiyasi insonda ongli ravishda shakllangan va biz hayotimiz davomida unga amal qilamiz. Huquq prinsipi esa funksiyaga mustasno tarzda uni yanada rivojlantirish kishilar ongini yanada shakllantirish va siyosatni rivojlantirishga qaratilgan bóladi.
Agar jamiyatda huquq prinsipi va funksiyasi bólmasa xalqni, aholini turmush darajasini, ijtimoiy va moddiy jihatlarni taminlash qiyin bóladi
Bu esa jamiyatning rivojlanishiga to’siq bóladi. Huquq prinsipi va funksiyasi insonni ózida óz ózidan shakllanadi chunki prinsipi va funksiyasini bilmagan inson individual inson hisoblanmaydi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling