ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари


Download 0.98 Mb.
bet3/9
Sana12.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1191383
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHN2

Qonuniylik prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayoni subyektlari tomonidan normativ-huquqiy aktlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyilining asosiy ma`nosi shundaki, qonun chiqaruvchi idora - parlamentning ham, huquq ijod etuvchi boshqa idoralarning ham faoliyati qonun asosida qat`iy amalga oshirilishi lozim.

Sudlov jarayoni huquqni amalga oshirishda ish ko’radigan barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamom qonunga mos ravishda bo`lishi talab etiladi. Mazkur faoliyatda qonuniylik prinsipi barcha mutassaddi idoralar, mansabdor shaxslar handa fuqarolar xatti-harakatida qonunga itoat etish, uning talabiga og`ishmay rioya qilishda namoyon bo`ladi. Qonuniylik umumiylik va yagonalik sifatlari bilan xarakterlanadi. Qonunga itoat etish barcha subyektlar uchun umumiy talabdir. Ayni vaqtda, qonundagi har bir qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun yagona talab sifatida maydonga chiqadi. Ьoshqacha qilib aytganda, qonun ustuvor va butun mamlakat hududida yagonadir. U bir xilda tushunilishi va bir xilda bajarilishi lozim.
Insonparvarlik prinsipi. Buning ma`nosi shundaki, huquq jamiyat - inson - davlat o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va tartibga solishda adolat, insonni sevish, shaxsni e`zozlash va uning sha`nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan iqtisodiy hamda ijtimoiy tuzum shaxs uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratishini nazarda tutadi. Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nisbatan noinsoniy

munosabatni mustahkamlovchi qoidalar bo’lishi mumkin emas. Mamlakatda vujudga keltirilgan kafolatlar tizimi fuqarolarni g`ayrihuquqiy xatti-harakatlardan hamda ularning oqibatlaridan dimoya qilishi kerak. Albatta, fuqarolar huquq va erkinliklarining to`la kafolati faqat demokratik huquqiy davlat sharoyitidagina bo’lishi mumkin. O’zbekistonda insonparvar huquqning shakllanishi mustaqillik, davlat suverenitetining qo`lga kiritilishi hamda mustahkamlanishi davri bilan chambarchas bog`liqdir. Xususan, O`zbekiston Konstitutsiyasida: oila jamiyat va davlat muhofazasidadir (63-modda). Ota-onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligadan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni ta`minlaydi (64-modda). Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar (66-modda), - deb ta`kidlanganligida naqadar insonparvarlik g`oyalari mujassamdir. Bunday insonparvarlik bilan yo`g`rilgan huquqiy qoidalarni Oila kodeksida, Mehnat kodeksida, «Fuqarolar sog`ligani saklash to`g`risida», «Fuqarolarning pensiya ta`minoti to`g`risida»gi va boshqa qonunlarimizda ko`plab uchratish mumkin.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling