ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари


Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari


Download 0.98 Mb.
bet6/9
Sana12.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1191383
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHN2

Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari
Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi uning funksiyalarida namoyon bo`ladi. Xuquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta`sir etishning asosiy yo`nalishlari bo`lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgalanadi. Xuquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga - iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma`naviy munosabatlarga ta`sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi.
Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
birinchidan, huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. Funksiya - huquq mohiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida ifodalanishidir.
ikkinchidan, huquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etishning shunday yo`nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chiqadi;
uchinchidan, funksiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo`naltiriladi;
to`rtinchidan, huquq funksiyalari uning ijtimoiy munosabatlar muayyan turini tartibga soluvchi faol harakatining yo`nalishini aks ettiradi. Shu bois huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biri uning dinamizmi, hara-katlanishi, ta`sir etishidir;
beshinchidan, huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning uzluksizligi, uzoq muddat harakatlanishini anglatadi.
Sof yuridik nuqtai nazardan huquq funksiyalarini ikki turga ajratish mumkin: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo`riqdovchi) funksiyalar.
Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a`zolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o`rnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni yuridik tashkillashtirishdan, insonlar o`rtasidagi ijtimoiy alo-qalarni uyg`unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy ta`sirning yana ikki yo`nalishi haqida gapirish mumkin: regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funksiyalar.
Xuquqning regulyativ-statik, ya`ni tartibga soluvchi - statik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga, ular mavjud holatini, erishilgan darajasini mustahkamyaashga, barqarorlashtirishga qaratilgan ta`sir etishi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu huquqiy institutlar shaklida mustaxkamlanishi huquqiy tartibga solish maqsadlaridan biridir. Ushbu funksiya turli subyektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlashda, davlat idoralari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilashda namoyon bo`ladi. Huquqning mazkur funksiyasida uning tabiati nihoyatda yaqqol aks etadi. Zero fuqarolar va tashkilotlarga huquqiy vakolatlar beriladi ular shu vakolatlar doirasida erkin, o`zlari istagancha faoliyat yuritadilar. Bu chegara qanchalik kengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat qiladilar.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling