ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари


Download 0.98 Mb.
bet2/9
Sana12.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1191383
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHN2

Huquq prinsiplarining turlari

Huquq prinsiplarini mazmuni, namoyon bo`lish jabhasi va xususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqning tipi va harakatlanish ko`lamiga qarab quldorchilik, feodal, burjua va sotsialistik huquq prinsiplari haqida gapirysh mumkin. Shuningdek, huquq prinsiplari o`z tabiatiga ko`ra ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy, diniy va maxsus-yuridik turlarga bo`linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda umumiy va maxsus, sohaviy va tarmoklararo prinsiplar to`g`risida fikr- mulohazalar mavjud. Umumiy huquqiy prinsiplar butun huquqiy tizim zaminida turishi bilan xarakterlanadi. Bu prinsiplar tahlili orqali u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining mazmun-mohiyati, tabiati, o`ziga xos xususiyatlari, harakatlanish sifatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Bunday huquqiy prinsiplar qatoriga quyidagilar kiradi:


Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizm prinsipi.
Mazkur prinsip huquqni yaratish sohasida xalqning, bevosita xalq vakillari bo`lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo`ladi. Huquqni amalga oshirish jabhasida demokratizm tamoyili huquqni qo`llovchi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastavval odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik yordamning realligi darajasida o`z aksini topadi.
Xususan, O`zbekistonda avj oldirilayotgan sud-huquqiy islohotning zaminida ham demokratik jihatlarni chuqurlashtirish yotadi. Bunda advokatlar mavqeini kuchaytirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatning huquqiy mavqeini tenglashtirish, prokuratura va militsiya faoliyatini inson huquqparini ta`minlash nuqtai nazaridan isloh etish kabilar ko`zda tutiladi. «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekashshgini belgilovchi kamida uchta mezon bor, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov. - Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo`lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap so`zlar yo xalqqa xushomad qilish yoki oddiy siyosiy o`yin bo`lib qolaveradi».

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling