ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари


Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi


Download 0.98 Mb.
bet4/9
Sana12.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1191383
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHN2

Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo`lishi shart.

Mazkur prinsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, davlatda barcha fuqarolar teng holat va maqomga egaligi. Davlat o`z qonunlari bilan fuqarolarga bir xildaga sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xildagi huquq, va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha bo`ladi. Masalan, birov oliy o`quv yurtiga kiradi, ikkinchi fuqaro esa bu huquqdan foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu prinsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligada ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bular fuqarolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, meditsina yordamidan foydalanish huquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo`lish huquqi va hokazolardir. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldida birdek mas`ulligada ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) istisnosiz o`z qilmishi uchun javob berishi shart.


5) Davlat va shaxsning o`zaro mas`ulligi prinsipi. Davlat bilan shaxs bir-birlari bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog`liq bo`lishlari lozim. Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlat boshqaruvining muhim talablaridan biridir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o`z ifodasini topgan: «O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari bilan o`zaro bog`liqdir. Fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli emas» (19-modda). Ayni vaqtda, davlat idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas`uldirlar.
O`z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat`iy itoat etishlari, jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, qonun bilan belgilangan soliqlarni to`lashlari lozim. Fuqarolar o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart (Konstitutsiyaning 20-moddasi). Bir tomondan, davlat, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, ikkinchi tomondan, fuqarolar o`z zimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Bunday hollarda fuqaro davlat oldida, davlat esa (o`z mansabdor shaxslari va idoralari orqali) fuqaro oldida qonunda belgilangan majburiyatlarni o`taydi. Mazkur yuridik munosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishning zaruriy shartidir. Umumiy huquqiy prinsiplar qatoriga, shuningdek, ijtimoiy adolat, teng huquqlilik, huquq va majburiyatlar borligi, huquqning ustuvorligi kabilar kiradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling