ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари


Download 0.98 Mb.
bet7/9
Sana12.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1191383
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHN2

Tartibga soluvchi - statik funksiya vakolat beruvchi va man etuvchi normalar orqali amalga oshadi, shu bois ular asosida tarkib topadigan munosabatlar passiv huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Bunday holatlarda huquq subyektlari o`zlari tashabbus ko`rsatib huquqiy faollik qilishlari mumkin.
Huquqning regulyativ-dinamik, ya`ni tartibga soluvchi - dinamik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etib, ularning kelgusidagi rivojlani-shini, o`zgarish hamda takomillashuvini belgilab berishi tushuniladi. Bu yerda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi (dinamikasi)ni rasmiylashti-radi. Mazkur funksiya majburiyat yuklovchi normalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikda fuqarolar zimmasiga qator majburiyatlar yuklatiladi: soliqlarni to`lash, harbiy burchni ado etish, mehnat intizomiga rioya qilish, shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarish va hokazolar. Tartibga soluvchi-dinamik funksiya faol toifadaga hukukiy munosabatlar shaklida ro`yobga chiqadi. Bular fukarolik, mehnat, ma`muriy, moliya va boshqa huquq sohalari institutlarida o`z aksini topadi.
Xuquqling regulyativ funksiyasini amalga oshirishda keng tarqalgan usullar quyidagilardir:
- huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy-muomala layoqatini belgilash;
- fuqarolarning huquqiy maqomini belgalash (mustahkamlash) va o`zgartirish;
- davlat idoralarining huquq va majburiyatlarini hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash;
- yuridik shaxslarning huquqiy holatini mustahkamlash;
- huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash;
- huquq subyektlari o`rtasida konkret huquqiy aloqani o`rnatish (tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar);
- konkret ijtimoiy munosabatlarga tatbiqan huquqiy tartibga solishning oqilona tipini belgalash.
Yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, huquqning regulyativ funksiyasini shunday ta`riflash mumkin. Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi - huquqning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo`lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasini o`rnatishda, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida huquq egalariga subyektiv huquqlar berish va yuridik majburiyatlarni yuklashda namoyon bo`ladi.
Ijtimoiy munosabatlarni qo`riqlash zaruriyati har doim mavjud bo`lgan va bundan keyin ham bo`ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi bo`lib kelgan. Huquqiy ta`sirning bu yo`nalishi huquqning qo`riqlovchi funksiyasini tashkil etadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling