ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари


Maxsus-yuridik prinsiplar


Download 0.98 Mb.
bet5/9
Sana12.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1191383
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHN2

Maxsus-yuridik prinsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotlarda maxsus-yuridik prinsiplar toifasiga quyidagalar kiritiladi:
1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi;
2) amaldagi obyektiv huquqni tashkil etuvchi normalar-ning ziddiyatsizligi va qonunning boshqa normativ-huquqiy aktlardan ustunligi;
3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq sohalari hamda institutlariga bo`linishi;
4) obyektiv va subyektiv huquq o`rtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat o`rtasida, huquq bilan huquqning qo`llanishi o`rtasida mutanosiblik nisbatining mavjudligi prinsipi;
5) ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilik prinsipi;
6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkdapiklarning yuridik kafolatlanganligi;
7) teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi hamda yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mutanosibligi;
8) yuridik javobgarlikning faqat aybli huquqqa xilof xatti-harakat (yoki harakatsizlik) uchungina qo`llanishi va ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko`rilib, uning aybi isbotlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi);
9) yangi yoki nisbatan ogarroq yuridik javobgarlikni o`rnatayotgan qonunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi prinsipi; jazolash tizimini insonparvarlashtirish. Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoklari doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko`pincha bunday prinsiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va ma`muriy huquq sohalari; jinoiy-protsessual va fuqarolik-protsessual huquqi sohalari uchun umumiy bo`ladigan prinsiplar). Aytaylik, moddiy javobgarlik prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo`llaniladigan tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa Jinoyat kodeksida hamda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda, bevosita ulardagi moddalarda aks ettirilgan. Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisoblanadi. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqlararo xarakterga ega. U jinoyat huquqi, ma`muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlarda qo`llaniladi.
Sohaviy huquqiy prinsiplar faqat bitta konkret huquq sohasi doirasida harakatlanadi. Masalan, yer huquqi uchun «yerga egalik qilish shakllarining ko`pligi va ularning tengliga» prinsipi, «yerning fuqarolik muomalasida bo`lish» prinsipi, «yer ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «yerda mustaqil xo`jalik yuritish va yerdan foydalanuvchi subyektlarning tengligi» prinsipi, «yerdan maqsadga muvofiq foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to`lanishi» prinsipi va hokazolar.
Yana bir misol. Xo`jalik-protsessual (arbitraj-protsessual) hukukdda kuyidagi prinsigshar rahbariy rol o`ynaydi: sudyalarning saypab qo`yilishi, ularning mustaqishshgi va faqat qonunga bo`ysunishi prinsipi, ishlarni ko`rishda kollegaallik va yakkaboshchilikning qo`shib olib borilishi prinsipi, ishlarni ko`rishda oshkoralik prinsipi, ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi prinsipi, nizolarni ko`rishda bahslashish, og`zakilik va bevositalik prinsiplari. Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo prinsiplarga tayanishdan tashqari faqat o`zigagina xos prinsiplarga ham asoslanadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling