Узбекистон олий ва урта махс
AMALIY MASHFULOT MATERIALLARI
Download 2.66 Mb.
|
НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА tasviriy faoliayt 22
AMALIY MASHFULOT
MATERIALLARI amaliy mashFulot: Tasviriy faoliyat mashFulotlarini utkazish texnologiyalari. (2 soat) Ishning maksadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat bilan tanishtirish mashgulotlarini utkazishning uziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tasviriy faoliyat bilan tanishtirish orkali mexnatsevarlik, mustakillik kunikmalarini shakllantirishda turli shakl, usul va vositalardan foydalanish. X,ar bir bolani xayotda, davlatimizning moddiy va ma’naviy rivojlanishida faol ishtirok etadigan kilib tayyorlash uchun unga fakat bilim berib tarbiyalashgina kamlik kiladi, uning shaxsiy kobiliyatini rivojlantirish, yangilik yaratishni urgatish, guzallik konuni buyicha yashash va ijod kilishni shakllantirish lozim. X,ayot guzalligini kurishga intilish insonni olijanob kilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini estetik roxat-farogat manbaiga aylantiradi. Bolalar kunglida guzallik va yuksak goyalar xissini uygotishga da’vat etishda tasviriy faoliyatning urni goyat kattadir. “Bolajon” tayanch dasturida katta yoshdagi bolalarda mexnatsevarlik, mustakillik, mexnati natijasidan konikish sifatlarini shakllantirish, xunarmandchilikka kiziktirish, xalk amaliy san’ati turlari bilan tanishtirish ta’kidlab utilgan. Tasviriy faoliyati buyicha ishni ma’lum bir vaktga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshka turlari buyicha xam amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni xam nazarda tutmok lozim. Tasviriy faoliyati buyicha mashgulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashgulotlari urtasida uzaro boglikdikni xam xisobga olmok zarurdir. Tasviriy faoliyatining xar bir turi uziga xos vazifalarni xal etadi, ammo kanday bulsada, ularni bir yunalish, maksad buyicha (tevarak-atrof xayotni xilma-xil uziga xos kurinishlarida tasviriy) birlashadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat bilan tanishtirish orkali bolalarda mexnatsevarlik, kunikmalarini shakllantirishda turli shakl, usul va vositalar yordamidan foydalanish maksadga muvofikdir. Masalan, kurgazmali metod orkali rasmlar, kasblar bilan tanishtiriladi. Ogzaki metodlarga tarbiyachining bolalar bilan va bolalarning uzaro suxbatlari kiradi. Amaliy metodda bolalar uzlashtirilgan bilimlarini turli uyinlar orkali mustaxkamlaydilar. Bu usullar orkali mashgulotlarni rang-barang xamda kizikarli tashkil etiladi. SHuningdek, mexnat bilan tanishtirish orkali bolalarda mexnatsevarlik kunikmalarini shakllantirishga yunaltirilgan pedagogik faoliyatning uzluksiz, izchil, maksadga muvofik tashkil etilishi xam tarbiyalanuvchilarning mashgulotlar jarayonida faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi. ташкил навбатида тугри машгулот Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashgulotlarida bolalar bilim va kunikmalarini shakllantirish kuyidagi shartlarga kura amalga oshiriladi: -I- mashgulotlarni tashkil etishda maksadni anik belgilash (anik maksad asosida mashgulotlarning etilishi uz vazifalarning belgilanishi, jarayonining umumiy xolatini oldindan bashoratlay olish natijalarning taxminiy bulsa-da, belgilab olinishi uchun sharoit yaratadi); mashgulotlarni puxta reja yoki loyixa asosida tashkil etish (ushbu xolat anik maksad negizida xususiy maksadlarni anikdash, mashgulot jarayonining umumiy davri xamda boskichlarida amalga oshirilishi talab etiluvchi vazifalarning mavjud vaziyatga muvofikligini nazorat kilib borish, mashgulot jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish chora- tadbirlarini kurish, xar bir boskichning yagona tizim mazmuniga muvofik kelishiga erishish borasida imkoniyat yaratadi); mashgulotlar rejasini ishlab chikishda tarbiyalanuvchilarning xoxish-istaklari, kizikishlari va extiyojlarini inobatga olish (nazarda tutilayotgan xolat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini mashgulotlarga jalb etish, ularning mashgulotlar jarayonida faollik kursatishlariga erishishni kafolatlaydi); -I- mashgulotlar jarayonida xar bir tarbiyalanuvchiga nisbatan ularning psixologik xamda fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olish asosida individual yondashish (kayd etilgan xolat tarbiyalanuvchilarning mashgulotlar jarayonida ruxan va jismonan tolikib kolishlarining oldini oladi, xar bir tarbiyalanuvchiga uning ichki imkoniyatlariga mos keluvchi topshiriklarning berilishini ta’minlaydi); -I- mashgulot jarayonida ushbu jarayonning asosiy sub’ektlari bulgan tarbiyalanuvchilar shaxsining xurmat kilinishi, xar kanday kurinishdagi faolliklarini ragbatlantirilib borilishiga erishish (mazkur urinda ragbatlantirish usullari sifatida ma’naviy ragbatlantirishga aloxida e’tibor karatish maksadga muvofik. Zero, maktabgacha tarbiya yoshi bolalarining psixologik xususiyatiga kura ular uzlarining eng oddiy xatti-xarakatlariga nisbatan xam atrofdagilar e’tibor berishlarini, kullab-kuvvatlashlarini istaydilar. Atrofdagilar tomonidan bolalarning juda oddiy darajada bulsa-da, dinamik xususiyatga ega xatti- xarakatlarining “Juda soz”, “Barakalla”, “Buni uddalay olasan deb kutgandim, yanglishmagan ekanman”, “Berilgan topshirikni sifatli kilib bajarishingga ishonaman”, “Juda sifatli bajarilibdi” kabi olkishlar yordamida ragbatlantirilib borishi ularning mashgulotlarga bulgan yondashuvlarini keskin darajada ijobiy axamiyat kasb etishiga olib keladi. Bolada tarbiyachi tomonidan berilayotgan topshirikni uz vaktida, sifatli bajarilishiga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni karor toptiradi, shuningdek, talab etilayotgan koidalarga kat’iy amal kilish kunikmalari shakllanadi). -I- mashgulotlar jarayonining oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishiga erishish samarali natijalarga erishish imkonini beradi. Tasviriy faoliyat bilan tanishtirish mazmuni bilan boglik bulgan bilimlar atrof- olamda bolalar faoliyatini va ularning uzini tuta bilishini, intizomini boshkarib turadi va maksad sari yunaltiradi. Inson kaysi soxada ishlamasin, u adabiyotchi, geograf yoki ximikmi, u nafosat va guzalliklarni kura olishi va tushuna olishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyati buyicha ishlarni rejalashtirishda asosiy tamoyil - bu tasviriy faoliyatini ta’lim tarbiyaviy ishning eng muxim bulimlaridan biri sifatida karash xisoblanadi. Tasviriy faoliyati turlari - rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya uziga xos tasviriy texnikasiga egadir. Tasviriy faoliyati buyicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi albatta xar bir turdagi mashgulotlar soniga kat’iy rioya kilish lozim. Tasviriy faoliyati buyicha mashgulotlarni rejalashtirish, yukoridagilardan tashkari mashgulot kanday materiallari bilan utkazilsa, maksadga muvofik bulishlarini xam tarbiyachi nazarda tutmok lozim. Masalan, loy bilan ishlashda - loy yoki plastilin, rasm chizishda- guash, rangli kalam, kumir tayokchasi va xokazo. SHuningdek, tarbiyachi mashgulotning dastur mazmunini tanlashda, bolalarga kanday predmetlarni chizdirish xakida emas, balki shu predmetni chizdirish yoki loydan yasattirish orkali kanday bilim va kunikma berish yoki urgatish xakida kuprok uylashi lozim. Ixtiyoriy mashgulotlari rejalashtirishda esa tarbiyachi bolalarning mustakilligi ijodiy kobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi Urgatish usullari tugrisida uylab olish kerakdir. Tarbiyachi ishlarni rejalashtirishda u yoki bu gurux buyicha dastur kuygan vazifalarni barchasini e’tiborda tutgan xolda ish rejasini tuzadi. SHuningdek, tasviriy faoliyatlari buyicha bir oyga muljallangan istikbol reja tuzish xam maksadga muvofikdir. Bunda tarbiyachi tasviriy faoliyati mashgulotlari urtasidagi uzaro boglanishni xam nazarda tutadi. SHunday kilgan takdirdagina, bolalar ma’lum bilim, malaka va kunikmaga ega bulishlari mumkin buladi. Bundan tashkari tasviriy faoliyat turlari urtasidagi uzaro boglanish natijasida tevarak-atrofni badiiy jixatdan uzlashtirishlarning yangi-yangi yullari vujudga keladi va bolalar tevarak atrofni obrazli kilib tasvirning turli xil usullari bilan tanishadilar. Demak, tasviriy faoliyati turlari urtasidagi uzaro aloka ishlarini rejalashtirishda katta axamiyatga ega ekan, xush bu uzaro boglanish kaysilar ekan? Tasviriy faoliyatiga ta’lim-tarbiya ishining muxim bulagi deb karash xamda rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashgulotlarini rejalashtirishda dasturning barcha bulimlari urtasidagi uzaro aloka, boglanishni doimo dikkatda tutish lozim. YA’ni, tevarak-atrof bilan tanishtirish va musika mashgulotlari va xokazo. Bular tasviriy faoliyati uchun kizikarli xodisalar va vokealarni tanlashga yordam beradi. Tasviriy faoliyatining barcha turlari tevarak-atrof xayotni obrazlarda tasvirlaydi, ammo xar biri uziga xos xususiyatga ega ekanligi xisobga olmok zarur. Rasm chizish - predmet va vokealarni rangda tekis yuzada tasvirlaydi, loy xajmlarda applikatsiya - rangda, siluet ravishda. SHuningdek, xar biri uziga xos tasvir texnikasiga ega: rasm chizish chizikli grafik ravishda, rang tasvir usulida, loy-plastik ravishda applikatsiya - kogozdan kirkish va aloxida kismlardan tuzish. Dasturda tasviriy faoliyati turlari oldiga kuyilgan vazifalarning xam uzaro alokada ekanligidir. Masalan, bolalar rang bilan rasm chizishda va shu bilan bir vaktda applikatsiyada xam tanishib boradilar. Tasviriy faoliyati turlari urtasidagi boglanish tarbiyachiga rasm chizish, loy, applikatsiya buyicha vazifalarni aniklashga yordam beradi. Masalan, kichik gurux doiraviy shakllarni urgatishda, oldin tayyor doira shakllarini applikatsiyada bergan ma’kul, sung esa rasm chizish mashgulotlarida bergan ma’kul. Tasviriy faoliyati turlari urtasidagi boglanish ma’lum bir mavzudagi mashgulotlar asosida xam bulishi mumkin. Masalan,“Bugirsok” ni bolalar xam chizish, applikatsiya va loydan yasashi mumkin. Bu turdagi takrorlanish bolalarning mavzuga nisbatan kizikishlarini pasaytirmaydi, chunki xar bir faoliyat turi jarayonida bolalar ertak kaxramonlarini xilma-xil tasvirning yangi usul va yullari bilan tanishadilar. Tasviriy faoliyati mashgulotlarni tugri rejalashtirishda, mashgulotlar urtasida ularning dastur vazifalari, mavzular urtasida boglanish vujudga keladiki, buning natijasida bolalarning yangi malaka va kunikmalarini va bilimlarni egallashlarida ma’lum ketma-ketlik va boglanish vujudga keladi. Masalan, “Kushlar” mavzusi asosida olib borilgan mashgulotlar jarayonida bolalar don chukiyotgan kushni loydan yasashni, shoxda utirgan kushni rasmini chizishni, afsonaviy kushni kanday kilib, kogozdan kirkib olishni bilib oladilar. SHuningdek, tasviriy faoliyati buyicha ishni rejalashtirishda fakatgina ularning turlari urtasidagi ketma-ketlikni nazarda tutmay, balki xar bir turdagi mashgulotlar urtasida xam boglanish urnatish va ularni dikkatda tutish lozim. Masalan, predmetli rasm chizish loy ishlaridan keyin mazmunli ishlarni rejalashtirish lozim. Tasviriy faoliyati buyicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi bolalar bilan ishlashda foydalanadigan metod va usullariga xam axamiyat bermogimiz lozim. Bular kursatmali va ogzaki metod xisoblanadi. Kursatmali va ogzaki metodning uzaro birgalikda olib borilishi lozim. Demak, tarbiyachi tasviriy faoliyati buyicha ishlarni rejalashtirishga juda katta axamiyat bermogi lozim ekan. Tarbiyachi ishni rejalashtirishga kanday axamiyat bergan bulsa ishni xisobga olishga xam shunday e’tibor bermogi lozim buladi. CHunki bu narsa- tarbiyachiga tasviriy faoliyatiga urgatish buyicha dastur vazifalari talablari kanday bajarilganligi aniklashga va mashgulotlarni sifatli chikishi uchun kanday tayyorgarlik ishlarini kuprok olib borish lozimligi, xamda urgatishlarning yangi xilma-xil metod va usullari ustida kuprok ishlash lozimligini aniklab olishga va keyinchalik ulardan bolalar bilan ishlashda foydalanish uchun yangi-yangi imkoniyat yaratib beradi. 4-amaliy mashFulot: Maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizish faoliyatiga urgatish. (4 soat) Ishning maksadi: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rasm chizish malakalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.CHizilgan rasm ishlarini taxlil kilish, turli yosh guruxlari uchun rasm chizish mashgulotlarining interfaol ishlanmalarini ishlab chikish. Aloxdda predmetlarning rasmini chizishga urgatishda shakllarni tasvirlash jarayonidagi xatoliklar fakatgina bolaning notugri tushunchalari va kunikmalarning etarli emasligi predmetni tugri idrok etishni bilmasligi bilan tushuntiriladi. Bolaning tasvirlay olish kobiliyati xali yaxshi rivojlanmagani uchun uning oldida fikr yuritib tasvirlash kabi kiyinchiliklari xam turadi. Rasmda shakl tugri kontur bilan chegaralab chikilgan, lekin shu bilan birga ishning 1-boskichlari chiziklarni tugri anik chizish va konturlarni (aniklash) tasviriy, rasmda ishlash jarayonining vazifasi bulib xisoblanmaydi. Agar umumiy shakl topilmagan bulsa, konturni tugri chizik bilan chizib bulmaydi, chunki u xar doim uzgaruvchan, shunga karab uni chizish xam uzgaradi, ya’ni nitijasi, rasmning oxiri yunalishi xam uzgaruvchandir. Barcha yosh guruxlar uchun rasm chizish faoliyatiga urgatishning asosiy umumiy vazifalari kuyidagilar: Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning kismlarini uzaro proporsiyalashni kursatib berishga, xarakat natijasida ularda uzgatishlarda urgatish. Tasvirlashning obrazli, yorkin kismlarni tasvirlashga urgatish. Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini uzaro birlashtirib berishga urgatish. Buyok, rangli kalam va boshka materiallar bilan chizishda texnik kunikmalarni rivojlantirish. Syujetli rasm chizish. Syujetli rasm chizishning maksadi bolaning atrof-muxitdan olgan taassurotlarini ifodalashga urgatishdir. Syujetli rasm chizish urta guruxdan boshlab kiritilgan. Bunda xam yonma-yon turgan 2-3 ta predmetni tasvirlash urgatiladi. Syujetli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning ulchamini, fazodagi urinlariga karab, predmetlarning katta yoki kichikligini urgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farklay olish juda kiyin. Syujetli rasm chizish urgatishning umumiy vazifalari kuyidagilar: Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling