Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Miqyos yoki miqyosiy to‘rdan
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
Miqyos yoki miqyosiy to‘rdan foydalanish uslubi me’morchilikda juda
qadimdan amalga kirgan. Qadimgi misrliklar va yunonlar o‘zlarining taroshlangan toshdan ishlangan ibodatxonalarini qurishda, jozibador orderlar tizimini ishlashda miqyosdan, binolarning tarzini tuzishda esa miqyosiy to‘rdan foydalanganlar. Miqyosiy to‘r uslubi O‘rta Osiyo me’morchiligida Temuriylar davriga qadar ham qo‘llanilib kelingan. Masalan, qurilishi 977-978 yillarga to‘g‘ri keluvchi hozirgacha saqlangan Samarqand viloyatining Norpoy tumanidagi Tim qishlog‘ida joylashgan kvadrat rejali Arab-ota maqbarasi tarhining miqyosi tarzida bino devorining qalinligi (112 sm), binoning tarzi uchun esa ushbu miqyosning yarmi, ya’ni bir gaz - 56 sm olingan. Buxorodagi tarhi kvadrat shaklidagi Somoniylar maqbarasida ham miqyosiy to‘r qo‘llanilgan bo‘lib, uning tomonlari devor qalinligiga /180 sm/ mos tushgan. Devor qalinligi esa har biri 60 sm dan iborat uch gazni tashkil qilgan. Bino tarzining o‘lchovlari ham ana shu gaz vositasida qurilgan miqyosiy turga 89 mutanosib tushgan va maqbaraning asosiy balandligi tarhning tomonlariga nisbatan 18:15 yoki 6:5 uyg‘un nisbatda olingan (41-rasmga qarang). Shuni ta’kidlash kerakki, tajribali me’mor-muhandislar boshqa mutanosiblik qonuniyatlarini bilganlari holda handasaviy uyg‘un me’moriy shakllarni chiqarishda aksariyat hollarda miqyosiy o‘lchov tizimiga asoslangan modul to‘rini keng qo‘llaganlar. XVI asrda Buxorolik me’morning bir necha binolar tarhi chizmalarini gaz o‘lchov birligiga asoslangan miqyosiy to‘r vositasida ishlangani fikrimizning dalilidir (50-rasm). Ushbu chizmalar tekshirib ko‘rilganda bino tarhi tomonlari 5:6 (xonaqoh) va 4:5 (sardoba) kabi uyg‘un me’moriy nisbatlarda ishlanganligi ma’lum bo‘lgan. O‘sha chizmalarni ilk bor tadqiq etgan prof. N.B.Baklanov: "Sharq me’morlari chizmachilik texnikasida o‘zlarining g‘arbiy do‘stlarini ortda qoldirib bu san’atda yuqori natijalarga erishdilar", deb yozgan edi. Chunki, bino tarhi chizmalarida me’morlar bir tekislikda imoratning ikki qirqimini ko‘rsata bilishni o‘rgangan edilar. Markaziy Osiyo me’morchiligida binolar shakli-shamoyilining muhim qismlaridan biri peshtoq hisoblangan. Qurilayotgan binoning barcha o‘lchamlari ana shu asosiy qism-peshtoqning tuzilishiga, peshtoq ravog‘ining katta- kichikligiga va eniga bog‘liq bo‘lgan. Shu boisdan bino tarzining asosiy moduli sifatida peshtoq ravog‘ining eni yoki uning yarmi qabul qilingan. Ushbu modul asosida binoning asosiy me’moriy shakllarining nisbatlari aniqlangan. 50-rasm. Buxorolik me' morning modul tizimi miqyos to' ri uslubida ishlagan loyihalari (XVI a.): a-honaqoh; b-sardoba tarhi а b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling