Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Modul tizimining zamonaviy me’morchilikdagi roli va ahamiyati
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
7.4. Modul tizimining zamonaviy me’morchilikdagi roli va ahamiyati
Biz yuqorida sof handasaviy shakllarning mutanosib nisbatlarga asoslanib qurilgan me’moriy shakllar modul tizimi bilan mushtarak tarzda birikib ketishi mumkinligiga amin bo‘ldik. Biroq, mutanosiblik asoslarini bilish me’moriy ijodda muvaffaqiyatga erishishning yagona garovi emasdir. Yuqorida keltirilgan mutanosiblik qonunlari doimo takomillashtirilib borilgan. Chunonchi, yunon orderlarining shakllari va proporsiyalariga toki ular Afina Akropolining noyob me’moriy yutuqlari darajasiga ko‘tarilguncha arxitekturaning eng mohir ustalari yuzlab yillar davomida ishlov berganlar. Biroq, mutanosiblik asoslarini o‘rgangan oddiygina hunarmand ustalar ham yaxshigina imoratlar barpo etganlar. Shu zaylda qurilish jarayonini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan modulli yasalmalar (misr uchburchagi, me’morning o‘lchov tayog‘i, reja ipi, pargor, modul to‘ri va boshqalar) arxitekturada uyg‘unlikni ta’minlovchi aslahaga aylangan. O‘rta Osiyoning o‘rta asr me’morlari qo‘llagan me’moriy loyihalash uslubining asl mohiyati shundaki, unda bir yo‘la uch xil mutanosiblik doimo birga yonma-yon bo‘lgan. Bular handasaviy, arifmetik va miqyosiy (modulli) mutanosibliklardir. Agar handasaviy mutanosibliklar hajmlar, vaznlar, bo‘linishlarni aniqlasa, arifmetik mutanosiblik handasaviy shakllarni qurilish amaliyotiga o‘tkazish hisoblarini, ya’ni qurilish materiallarining hajmini va sonini aniqlashga xizmat qilgan, miqyosiy, ya’ni modulli mutanosiblik esa handasaviy munosabatlarni ishchi chizmalarda (bino tarhi va hajm-fazoviy yechimlarida) amalga oshirishda binoning miqyosiy yaxlit o‘lcham birligi vazifasiini bajargan. Bunda me’mor, odatda, miqyos turidan foydalangan. Miqyos to‘ri esa o‘lchov birligining etaloniga muhtoj emas, shu boisdan O‘rta Osiyo me’morlarida bunday etalonga zarurat sezilmagan. Miqyos tarzida "gaz" olinganmi yoki o‘lchov birligi vazifasini oddiy g‘isht bajarganmi buning ahamiyati bo‘lmagan. Zero "gaz" har qanday sharoitda ham o‘z tarkibiga butun sonli g‘ishtlarni kiritish lozim bo‘lgan, 94 yo‘qsa u miqyos rolini bajarolmagan. Modul to‘ri ushbu bino uchun qo‘llanilayotgan g‘isht o‘lchamiga arifmetik mutanosiblikda, ya’ni karrali munosabatda bo‘lgan. Me’moriy mutanosiblik qoidalari qadimda va o‘rta asrlarda qanchalik muhim rol o‘ynagan bo‘lsa bugungi kunda ham o‘shanchalik dolzarbdir. Shuning uchun ham zamonaviy me’morlar modulli hamohanglikning cheksiz imkoniyatlariga o‘z e’tiborini qaratmog‘i lozim. Bino tarhlari, tarzlari, ichki ko‘rinishlarining proporsiyalari, ustunlar oralig‘i, devoriy panellar o‘lchamlari, derazalar va eshiklarning kengliklari o‘zaro uyg‘un munosabatlarga asoslangan modulli hamohanglikda ifodalangan bo‘lishligi me’moriy loyihalash jarayonida alohida qoida tarzida qabul qilinmog‘i zarurdir. 51a-rasmda zamonaviy me’morchilikda modul tizimini qo‘llashga doir chizmalar berilgan bo‘lib, ulardagi modul qatorining o‘lchamlari inson parametrlariga, ya’ni uning tinch va harakat holatidagi o‘lchamlariga mos keladi. Masalan, 3M (30 sm) ikkita predmet orasidan insonning yonbosh tarzda o‘tishiga kerak bo‘lgan eng kichik masofa bo‘lsa, 6M (60 sm) – bu oraliqdan odamning erkin o‘tishi mumkin bo‘lgan me’yoriy o‘lchamdir; 12M (120 sm) esa ikki kishining bemalol o‘tish oralig‘i yoki odamning kresloda o‘tirib oyog‘ini cho‘zishi mumkin bo‘lgan o‘lchamdir. Biroq, modul tizimini zamonaviy "metr"ga asoslangan qatorlar tizimiga tenglashtirib Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling