В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Zaxiraning tuzilishi, tarkibi va manbalari


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

3. Zaxiraning tuzilishi, tarkibi va manbalari. 
3.1. Zaxiraning tuzilishi korxona tuzilishiga muvofiqlashgan holda belgilanadi 


57 
va korxonaning kadrlar reestriga (nomenklaturasiga) kiritilgan lavozimlardan tashkil 
topadi. Kadrlar reestriga asosan korxona rahbari tomonidan tasdiqlanuvchi 
o‘zgartirish uchun zaxira tashkil etiladigan lavozimlar ro‘yxati tuziladi. 
3.2. Zaxirani aniq lavozimlarga yoki bir xil lavozim guruhlariga shakllantirish 
manbalarini korxona rahbari (yoki uning o‘rinbosarlari), tarkibiy bo‘linmalar 
boshliqlari, shuningdek, kadrlar xizmati boshliqlari belgilaydi. 
Korxonadagi zaxira mutaxassis va rahbarlari sonidan, shuningdek, boshqa 
tashkilotlardagi boshqaruvning quyi, o‘rta va yuqori bo‘g‘in lavozimlaridan 
shakllanadi. 
3.3. Zaxira quyidagilar uchun shakllanishi mumkin: 
muayyan rahbarlik lavozimiga; 
bir xil darajadagi bo‘g‘in rahbarlik lavozimlariga;
boshqaruv tizimining bir xil darajadagi lavozimlariga. 
3.4. Korxona kadrlar reestrining rahbarlik lavozimlariga bo‘lgan zaxira 
nomzodlar mavjudligidan kelib chiqib, odatda, eng kamida ikki nomzoddan iborat 
yetib belgilanadi. 
3.5. Zaxiraga nomzodlar bo‘yicha takliflar korxona tarkibiy bo‘linmalari 
rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslar, attestatsiya komissiyasi tomonidan yozma 
shaklida kadrlar xizmatiga kiritiladi. Ushbu xujjatlar ishlab chiqarish faoliyati, 
ishbilarmonlik faolligi natijalari, shaxsiy fazilatlarni ish sharoitida namoyon etish 
xususiyatlari, Shuningdek zaxiraga nomzodning anketa ma’lumotlari aks ettirilgan 
bevosita rahbar tomonidan tayyorlangan ishlab chiqarish bo‘linmalari (xizmatlari) 
tavsifnomasini o‘z ichiga oladi. 
Zaxira tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi takliflar xodimlar tomonidan ham 
kiritilishi mumkin. 
4. Zaxirani shakllantirish bosqichlari. 
4.1. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash uchta asosiy blokdan iborat:
kadrlar zaxirasini shakllantirish; 


58 
zaxiraga kiruvchi xodimlarni taxmin qilingan lavozimda ishga tayyorlash;
xodimni mavjud vakant yuqori lavozimlarga tayinlash. 
4.2. Bu ish bloklari, o‘z navbatida, quyidagi bosqichlarga bo‘linadi. 
bosqich – korxona rahbari tomonidan kadrlar reestrini tuzish to‘g‘risida qarorni 
qabul qilish va unga asosan lavozimlar ro‘yxatini nomma-nom shakllantirish 
to‘g‘risida, ularni o‘zgartirish uchun zaxira tuziladi. Bu bosqichda rahbarlar tarkibida 
mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlarni prognoz qilish, rahbarlik lavozimlarining zaxira 
bilan ta’minlanganligini aniqlash o‘z ichiga oladigan zaxiraga bo‘lgan talab tahlil 
qilinadi. Bunday tahlilning natijasi zaxiraga bo‘lgan kasbiy va malakaviy talabni 
aniqlashdir. 
II bosqich – rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibiga nomzodlarning malakaviy 
va shaxsiy xususiyatlarga taalluqli bo‘lgan dastlabki (majburiy, minimal) maqbul 
talablarni ishlab chiqish. 
III bosqich – zaxira manbalarini aniqlash, turli shakl, usullardan foydalanish 
asosida dastlabki zaxirani ko‘rsatish va shakllantirish hamda uni tanlov 
komissiyasiga taqdim etish. 
IV bosqich – zaxira tarkibiga eng yaxshi nomzodlarni tayinlash to‘g‘risidagi 
qaror tanlov komissiyasi tomonidan baholanishi va qabul qilinishi. 
V bosqich – individual professional rivojlanish dasturi asosida (mustaqil o‘qish) 
rejalangan, eng yuqori rahbarlik lavozimni egallash uchun rahbar kadrlar zaxirasini 
o‘qitishni tashkil etish. 
VI bosqich – zaxiradagilarni eng yuqori darajadagi vakant lavozimga tayinlash. 
4.3. Zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash va tanlab olish bosqichiga ko‘ra 
zaxiradagi shaxslar dastlabki va qat’iy zaxiraga ajratiladi.
Dastlabki zaxira zaxiraga kiritish uchun tanlovda ishtirok etishi uchun 
ko‘rsatilgan xodimlar tarkibidir.
Qat’iy zaxira – bu zaxiraga kiritish uchun tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya 
qilingan va korxona rahbari qarori bilan zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar tarkibi 


59 
hisoblanadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling