В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari: 
1. «Kadrlar siyosati» tushunchasini ifodalang va uning mohiyatini qanday 
tushunishingizni aytib bering? 
2. «Kadrlar siyosati» tushunchasining maqsadi va zamonaviy ma’nosi nimadan 
iborat? 
3. Kadrlar siyosatining ta’sir darajasi korxonaning rahbariyati tomonidan nazorat 
turlariga ko‘ra qanday tasniflanadi? 
4. Har bir turdagi kadrlar siyosatining xususiyatlarini tavsiflab bering. 
5. Kadrlar siyosatining asosiy yo‘nalishlarini aytib bering. 
6. Samarali kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun tashkilot yuqori 
rahbarlarining vazifalari nimalardan iborat? 
7. Kadrlar siyosatini shakllantirish uchun korxonaning qaysi xizmati tahliliy 
axborotni rahbarga tayyorlab beradi? 
8. Kadrlar siyosatini shakllantirishga qanday omillar ta’sir qiladi? 
9. Kadrlar strategiyasi nima? 
10. Kadrlar siyosatining vazifalarini belgilab beruvchi kadrlar strategiyasida 
birinchi navbatda nimalarga e’tibor qaratilishi zarur? 


66 
II BOB. KORXONADA KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH 
BOSQICHLARI VA YO‘LLARI 
2.1. Kadrlar siyosatini shakllantirish bosqichlari 
Jahonning rivojlangan mamlakatlari korxonalarida kadrlar siyosatini ishlab 
chiqish bo‘yicha umumiy belgilangan standartlar mavjud emas. Ammo bu 
yo‘nalishda barcha korxonalarning o‘ziga yarasha mavjud hususiyatlarini hisobga 
olgan holda, har bir mehnat jamoasining faqat o‘ziga xos odat va ko‘p yillardan beri 
mavjud an’analarga asoslangan va amalda ko‘p marotaba sinalgan kadrlar siyosati
amaliyoti mavjud. Har bir korxona, tashkilot va kompaniya kadrlar siyosatini 
shakllantirishni bevosita o‘zi ishlab chiqadi.
Korxonaning kadrlar siyosati uzoq yillar davomida kadrlar bilan samarali 
ishlashni taqozo etadi va uni doimiy tarzda takomillashtirishga qaratilgan. Korxona 
amaliyotidagi kadrlar siyosatining samaradorligi mehnat jamoasining rivojlanishi, 
tashkilotni boshqarish izchilligi, an’analari va mentalitetini saqlab borish va Shu 
asosda ishlab chiqarish jarayonida mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish va uning
unumdorligini oshirib borish imkonini beradi. 
Kadrlar siyosati mulkdorlar, yuqori bo‘g‘in boshqaruv menejerlari va 
korxonaning kadrlar xizmati tomonidan ishlab chiqiladi. Kadrlar siyosatiga umumiy 
rahbarlikni korxona rahbari amalga oshiradi. Kadrlar siyosati korxonaning o‘rta 
bo‘g‘in va funksional bo‘linmalari rahbarlari hamda kadrlar xizmati tomonidan ijro 
etiladi. 
Tizimli kadrlar siyosati, odatda, yirik va o‘rta korxonalarda ishlab chiqiladi. 
Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasi korxonalarida ham ishlab chiqilgan 
kadrlar siyosati xodimlarning tashkiliy-mehnat va jamoaviy madaniyat darajasi 
rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Korxonaning kadrlar 
siyosati jamoada 
ijtimoiy 
mehnat 
munosabatlari 
rivojlanishining asosiy strategik yo‘nalishlarini hisobga olgan holda shakllanadi. U 


67 
o‘zgaruvchan va xavf-xatarlari bilan murakkab bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida 
realistik, tez moslaShuvchan, yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga yo‘naltirilgan, 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashadigan bo‘lishi kerak. 
Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi korxonada samarali mehnat faoliyati va 
innovatsion rivojlanish uchun personalni boshqarish tizimini maqbullashtiradi.Unga 
erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar o‘z vaqtida hal qilinishi kerak: 
- kadrlar uchun zamonaviy innovatsiya tamoyillariga asoslangan talablar tizimini 
shakllantirish; 
- turli darajadagi kasb-malakaga ega kadrlarga mehnat bozoridagi talabni 
maksimal darajada ishonchli prognozlashtirish va o‘z vaqtida mavjud bo‘sh va 
yaratiladigan ish o‘rinlarini to‘ldirishga erishish; 
- korxonadagi kadrlar tarkibini rivojlantirish ustunliklarini aniqlash;
- kadrlarni saralash, tanlab olish, ishga rasmiylashtirish hamda ularning 
mehnatini baholash shakllari va usullarini takomillashtirish; 
- xodimlarni rag‘batlantirish, rivojlantirish, kasbiy-mansabli ko‘tarilish 
samaradorligini oshirib borish; 
- rahbar bo‘g‘inlardagi kadrlar zaxirasi bilan ishlashni takomillashtirish; 
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining 
faoliyatini takomillashtirib borish; 
- kadrlar siyosatini amalga oshirishga qodir o‘ta samarali kadrlar xizmatini barpo 
etish. 
Tashkilotning kadrlar siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- qonuniylik; 
- ilmiy asoslanganlik;
- tartiblik;
- boshqaruv jarayonini innovatsion tarzda olib borish; 
- kompleks yondoshuvchanlik;
- moslashuvchanlik; 


68 
- iqtisodiy asoslilik; 
- izchillik 
- shijoatlilik. 
Bundan keyin kadrlar siyosatining ustunliklari belgilanadi. 
Kadrlar siyosatining ustunliklarini shakllantirishga ichki va tashqi omillar ta’sir 
etadi. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling