В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Nomzodlarni zaxiraga saralash tadbirlarini tashkil etish


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

5. Nomzodlarni zaxiraga saralash tadbirlarini tashkil etish. 
5.1. Nomzodlarni zaxiraga saralashni tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
nomzodlarni zaxiraga saralash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish;
kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlarga talablarni belgilash; 
nomzodlarni tegishli lavozimga tayinlash natijalarini baholash va ularni zaxiraga 
kiritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilish. 
5.2. Zaxira tarkibiga potensial nomzodlar to‘g‘risidagi kerakli axborotni kadrlar 
xizmati xodim haqida yozma manbalarni o‘rganish jarayonida: pasport, mehnat 
daftarchasi, kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, tarjimai hol, diplom, 
attestatsion tavsifnomalar, Shuningdek zaxira tarkibiga nomzod bilan, uning 
rahbarlari, hamkasblari, bo‘ysunuvchilar bilan suhbatlashish natijasida oladi.
Zarur hollarda zaxiradagi nomzodlarning kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlari 
haqida batafsil ma’lumot olish uchun kadrlar xizmati turli shakl va usullardan 
foydalanishi mumkin. Kasbiy, ishchan va shaxsiy fazilatlar va ularning belgilangan 
talablarga muvofiqligini baholash uchun quyidagilar qo‘llanishi mumkin:
- baholash usuli «360 daraja»;
- sinash; 
- boshqa baholash usullari. 
6. Zaxirani shakllantirish bo‘yicha tanlov komissiyasining faoliyatini tashkil 
etish: 
6.1. Tanlov komissiyasi ish rejasiga ko‘ra yoki kerak bo‘lganda yig‘ilishlarni 
o‘tkazadi. Zaxiraga kiritish uchun tanlov komissiyasiga har bir nomzod uchun 
korxona kadrlar xizmati tomonidan quyidagilar taqdim etiladi: 
zaxiradagilar shaxsiy varaqasi; 
nomzodni tavsiflovchi, turli shakl va usullar yordamida olingan materiallar;
ishlab chiqarish tavsifnomasi. 
6.2. Tanlov komissiyasi zaxiradagi nomzodga taqdim etilgan materiallarni 


60 
ko‘rib chiqadi, tahlil qiladi va zaxira tarkibiga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi. 
6.3. Tanlov komissiyasi nomzodlarni zaxiraga kiritish to‘g‘risida qaror qabul 
qilishda quyidagi mezonlarga amal qiladi:
egallagan lavozimda ishning ijobiy natijalari; 
ta’lim, malaka, boshqaruv tayyorgarlikning tegishli darajasi; 
nomzodning kasbiy, ishchanlik, shaxsiy fazilatlari, uning kelgusi rahbarlik ishiga 
potensial imkoniyatlar va qobiliyatlari;
nomzod bilan bevosita ishlovchi shaxslarning fikri; 
attestatsiya komissiyasining ijobiy natijalari va tavsiyalari;
muayyan yosh va sog‘liq holati; 
zaxira tarkibiga kirish shaxsiy istagi. 
6.4. Suhbatdan so‘ng tanlov komissiyasi xodimlarning ularning hozirgi 
lavozimda namoyon etayotgan kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va hokazo fazilatlarini 
baholaydi va qaror qabul qilishga o‘tadi. 
6.5. Zaxira tarkibiga nomzod har tomonlama o‘rganilgach, tanlov komissiyasi 
quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 
zaxiraga qabul qilish uchun tavsiya etiladi (iloji boricha muayyan rahbarlik 
lavozimi ko‘rsatilgan holda); 
zaxiraning maxsus guruhiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi; 
zaxiraga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan lavozim talablariga javob bermaydi. 
6.6. Tanlov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. 
Agar yig‘ilishda qatnashayotgan komissiya a’zolarining kamida yarmi unga ovoz 
bergan bo‘lsa, qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda 
rais ovoz bergan qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. 
6.7. Tanlov komissiyasining qarori rais va tanlov komissiyasi a’zolari 
tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va nomzodga taqdim 
etilgan hujjatlar bilan o‘n kunlik muddatda korxonaning kadrlar xizmatiga o‘tkaziladi. 
6.8. Tanlov komissiyasi qaroriga binoan, shuningdek, kadrlar xizmati xulosasi 


61 
asosida korxona rahbari nomzodni zaxiraga qiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Xodimga zaxira tarkibiga kiritilishi haqida xabar beriladi. Zaxira tarkibiga kiritish 
to‘g‘risidagi qaror xodimning shaxsiy hujjatlari tarkibiga (delosiga) kiritiladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling