В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Zaxiradagilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

10. Zaxiradagilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash. 
10.1. Ekspertlar, shu jumladan, tanlov komissiyasi a’zolari ham, korxona 
kadrlar reestriga kiruvchi har bir lavozim guruhlaridagi xodim uni muvaffaqiyatli 
bajarish uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan (kasbiy, ishchan, shaxsiy) fazilatlarning 
majmuini ishlab chiqadilar. Tanlov komissiyasi a’zolari nomzodlarning ushbu 
fazilatlarga ega bo‘lishi nuqtai nazaridan zaxira tarkibiga kiruvchi har bir nomzodni 
baholaydi. 
10.2. Ishbilarmon lavozim o‘sishining istiqbollariga qarab zaxira tezkor va 
strategik yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Tezkor zaxiraga rivojlanish salohiyati kamroq 
bo‘lgan va lavozim ko‘tarilishida cheklangan, strategikka esa katta rivojlanish 
salohiyatiga ega zaxiradagilar kiradi. Bu zaxirani tayyorlash mablag‘larni samarali 
taqsimlash imkonini beradi. 
10.3. Zaxira tarkibi, rejalashtirilgan lavozimni egallashga tayyorgarlik 
darajasiga qarab, shartli ravishda uch turga bo‘linishi mumkin:
- tayyor; 
- istiqbolli; 
- maxsus.
Bunga asosan shakllangan zaxira tarkibi turli guruhlarga bo‘linadi. Kadrlar 
xizmati zaxiradagilarning keyingi ta’lim bosqichlarini ishlab chiqadi. 
10.3.1. Tayyor zaxira – hozirgi paytda rahbarlik lavozimini egallashi mumkin 
bo‘lgan xodimlar va ularga buning uchun maxsus qo‘shimcha tayyorgarlik talab 
qilinmaydi. 
10.3.2. Istiqbolli zaxira – oliy o‘quv yurtlarining istiqboli bor talabalari, 31 
yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar. Bu maxsus tayyorgarlikdan so‘ng 
rejalashtirilgan rahbarlik lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan xodimlar guruhi. Oliy 


62 
o‘quv yurtlari talabalari orasidan istiqbolli zaxira tarkibiga nomzodlarni ko‘rsatish 
oliy o‘quv yurtlarining rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi, 31 yoshgacha 
bo‘lgan yosh mutaxassislar esa korxonaning tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari
tomonidan tavsiya qilinadi.
Istiqbolli zaxira bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyati turli jamoat 
tashkilotlarini ishga jalb qilish, tahliliy ishlarni tayyorlashda ishtirok etish, turli 
treninglarda ishtirok etish orqali kelajak rahbarining fazilatlarini rivojlantirishdan 
iborat. 
10.3.3. Maxsus zaxira – boshqaruv faoliyatida o‘z qobiliyatlarini namoyish etgan 
va ishida eng yaxshi natijalarga erishgan, har qanday vaziyatda vakant rahbarlik 
lavozimiga tayyor bo‘lgan nomzodlardir.
Zaxiradagilarni muayyan zaxira turiga kiritish to‘g‘risida qarorni tanlov 
komissiyasi qabul qiladi. 
10.4. Zaxiraga tayyorlashning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 
ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim (tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka 
oshirish); 
individual rivojlanish rejalari bo‘yicha mustaqil ta’lim (mustaqil o‘qish); 
seminarlar;
stajyorlik. 
Zaxira bilan ishlash tizimida tayyorgarlikning boshqa shakllari ham qo‘llanishi 
mumkin: 
korxona rahbariyatining majlislari, seminarlari, kengashlari, komissiyalari ishida 
ishtirok etishga jalb qilish; 
dolzarb muammolar bo‘yicha tahliliy sharhlarni tayyorlash;
rahbarlik lavozimini vaqtincha almashtirish; 
almashtirishga rejalashtirilgan rahbarlik lavozimi ixtisosi bo‘yicha mustaqil 
tayyorgarlik.
10.5. Zaxiradagilarni rejalashtirilgan lavozimlariga jadallashtirilgan ta’lim va 


63 
ko‘tarilishining muhim elementi rotatsiya bo‘lishi mumkin. Rotatsiya xodimni 
gorizontal ravishda axloqiy va moddiy qo‘shimcha sabablar bilan bitta mansabli 
darajadagi lavozimga tayinlashdir. 
Rotatsiya qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Xodim tomonidan boshqa 
bo‘linmalarning ishini tasavvur etishi, korxona faoliyatining ishlab chiqarish davri va 
o‘zini boshqa sohada sinab ko‘rish imkoniyati, yangi bilim va ko‘nikmalar, Shu 
jumladan, boshqaruv bilimlarini olish rotatsiyaning ustunliklaridir. 
Muvaffaqiyatli rotatsiya shartlari – ixtiyoriylik, bo‘sh o‘rinlar mavjudligi, 
almashtiriluvchi va yangi bo‘ysunuvchilarning ham bevosita rahbari sifatida 
rotatsiyaga tayyorlanishdir. 
10.6. Zaxiradagilarni tayyorlashning muhim shakli turli davriylik bilan 
o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan “zaxiradagilar kuni” bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati – 
zaxiradagilar kun davomida amaliyotda bilimlarni qanday qo‘llashni bilishni 
o‘rganadilar. Zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar rahbar, uning lavozimida 
zaxiradagilardan foydalanishi shart bo‘lib, lavozim vazifalari, huquqlari va 
mas’uliyatini bir kunga o‘z zimmalariga oladilar. Ikkinchisi rejalashtrilgan lavozimda 
ishni tashkil etish bo‘yicha barcha kerakli chora-tadbirlarni bajaradi, Shuningdek 
barcha qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’ul bo‘ladilar. Zaxiradagi xodimni 
kurator nazorat qiladi – uning tayyorgarlik darajasi, amaliy tashkiliy va boshqa 
qobiliyat hamda ko‘nikmalarini tartibga soladilar. Zaxiradagilar kuni tugagach, 
zaxiradagi bevosita rahbar bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmaning ishlab chiqarish 
faoliyatini tahlil qiladi. Tahlil jarayonida zaxiradagi xodimning ijobiy va salbiy 
natijalari aniqlanadi, kelgusida ularni to‘g‘irlash va yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 
xatolarga e’tibor qaratiladi. Tanlov komissiyasi yig‘ilishida bo‘linma rahbarlari 
“zaxirachi kuni”ning o‘tkazilishi haqida hisobot beradilar, zaxiradagilarning kasbiy 
faoliyati natijalarini ko‘rib chiqadilar, ularning keyinchalik kasbiy o‘sishi bo‘yicha 
takliflar kiritadilar. 
10.7. Istiqbolli zaxirada bo‘lganlarning professional tayyorgarligi tadbirlari 


64 
bevosita va yuqori turuvchi rahbar, Shuningdek, korxonaning kadrlar xizmati rahbari 
ishtirokida maxsus ishlab chiqiluvchi individual rivojlanish rejalariga muvofiq 
o‘tkaziladi. 
10.7.1. Individual rivojlanish rejasi zaxirada bo‘lish butun davri mobaynida amal 
qiladi va zaxiradagilarni eng yuqori darajadagi lavozimlarni egallashga tayyorlashni 
rejalashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va xodimning lavozim o‘sishini tuzishda 
qo‘llashga mo‘ljallangan. Agar zaxiradagi shaxs tavsiya qilingan muayyan 
lavozimga bosh nomzod sifatida ko‘rsatilsa, uning individual rivojlanish dasturi 
zaxiradagi kadr shaxsiy ishining bir qismi hisoblanadi va vaqti-vaqti bilan 
faollashtiriladi. Individual rivojlanish rejasi zaxiradagilarning kelgusi lavozimlar 
maqsad va vazifalariga bog‘liq rejalar mazmuni, o‘qish shakllarini o‘z ichiga oladi.
U quyidagi vazifalarga ega: 
– stajyorlikka;
– rotatsiyaga; 
– malakani oshirishga; 
– boshqaruvga tayyorgarlikka; 
– tahliliy hujjatlarni, tashkilotning ham umuman olganda va lavozimni 
almashishga rejalashtirilgan vakolatlar doirasiga kiruvchilar ham 
faoliyatiga daxldor qarorlar loyihasini tayyorlashda ishtirok etish; 
– ish joyidagi murabbiy bilan loyihaviy ta’lim; 
– mustaqil ta’lim, kelgusi lavozimi amalga oshirilganda foydalanishi mumkin 
bo‘lgan belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish. 
Zaxiradagi kunda turli treninglarda ishtirok etish zarur. 
10.7.2. Tayyor zaxira uchun, odatda, etishmayotgan kasbiy bilimlarni olish va 
yangi ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan individual ta’lim rejalari tuziladi, istiqbolli 
zaxira uchun mahoratni oshirish, yyetakchilik fazilatlari va ijodiy qobiliyatlarni 
rivojlantirishga qaratilgan rejalar tuziladi. 
10.7.3. Zaxiradagi shaxslarni albatta o‘qitish, belgilangan tartibda ta’lim berish 


65 
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun maxsus muassasalarda 
amalga oshirilishi kerak. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling