В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavakkalchilik usulida
Oqilona
usulda korxona rahbariyati mavjud ahvol qay ravishda rivojlanishining ham sifatli diagnozi, ham asoslangan prognoziga, Shu bilan bir qatorda bu holatga ta’sir ko‘rsatish vositalariga ega bo‘ladi. Kadrlar xizmati nafaqat personalni diagnostika qilish, balki kadrlar holatini o‘rta muddatga va uzoq muddatga prognoz qilish vositalariga ega bo‘ladi. Korxonani rivojlantirish dasturlarida kadrlarga 182 ehtiyojning (ham sifat, ham miqdor jihatidan) qisqa muddatga, o‘rta muddatga va uzoq muddatga prognozlari bo‘ladi. Tavakkalchilik usulida rahbariyat sifatli diagnoz va asoslangan prognozga ega bo‘lmasa-da, yuzaga kelgan ahvolga ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Korxonaning kadrlar xizmati odatda kadrlar holatini prognoz qilish va personal diagnostikasi uchun vositalarga ega bo‘lmaydi. Lekin korxonani rivojlantirish dasturlariga kadrlar bilan ishlash rejalari kiritiladi. Biroq ushbu rejalarda ahvolning o‘zgarishi mumkinligi hisobga olinmaydi. Bunday holatlarda personal bilan ishlash rejalari umuman to‘g‘ri tasavvurlarga asoslangan bo‘lishi mumkin bo‘lsada, ko‘proq ehtiroslarga berilish natijasida yuzaga keladi. Kadrlar munosabatlaridagi muhim masalalardan biri kadrlar texnologiyalaridir. Bevosita kadrlar texnologiyalari – personal maqomi va xususiyatlariga nisbatan uslub, shakl va faoliyat izchilligi bilan korxonada personalni rivojlantirish, kadrlar strategiyalari va dasturlarining aniq vazifalari hal etiladi. Kadrlar munosabatlari amaldagi qonunchilik va huquqiy me’yorlarga muvofiq boshqariladi. Bunda quyidagi xususiyatlarni e’tiborga olish lozim: -kadrlar munosabatlarini me’yoriy-huquqiy boshqarish. Bu personalni kasbiy o‘qitish, tanlash, joy-joyiga qo‘yish, baholash uchun huquqiy me’yorlar tizimini ishlab chiqishni talab etadi. Ushbu hujjatlarda kadrlar ishining o‘ziga xos xususiyatlari, qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish hisobga olinishi kerak; -iqtisodiy kon’yukturani hisobga olgan holda kadrlar bilan ishlashning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish; -zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish asosida kadrlar tarkibi ahvoli monitoringi tizimini shaklantirish. Kadrlar munosabatlari va mehnat munosabatlarini muntazam tahlil yetib borish, vujudga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish amaliy chora-tadbirlarini ko‘rish boshqaruv samarali tizimini yaratishning muhim omilidir. Bu personalni rivojlantirish dasturlarida ham albatta hisobga olinishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling