Va o rta maxsus
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
54-bet
- Bu sahifa navigatsiya:
- -yakuniy
29
Ayriffl o'quv yurtlarida yakuniy testga kiritilishi kerak bo'lgan test topshiriqlarining soni aniqlangan. A«ar test savollarining sonini tuzuvchining o'zi aniqlashi lozim bo'lsa, ular quyidagicha bo'lishi mumkin: -joriy nazorat 10-15 topshiriq. O'tkazish vaqti 10-15 minut; - oraliq nazorat 25-30 topshiriq. O'tkazish vaqti 30-40 minut; -yakuniy nazorat 50 va undan ortiq. O'tkazish vaqti 1 soatdan 1.5 soatgacha. O'quvchining bilimini nazorat qilish. asosan, o'qitish hamda o'rgatish maqsad \a vazifalariga erishilganlik darajalarini bahoiashdan iboratdir. Bu holda maqsad o'qituvchining faoliyatiga qaratilganligi (o'qitish,tushuntirish, ko'rsatish, gapinb berish va h.k.), vazifalarga esa o'rgatish natijalari kiritilganligi foydaliroq. Demak, vazifa - bu talaba avval bilmaydigan va uddalay olmaydigan bilim va harakatlarni darslarni tinglagandan so'ng bilishi va uddalay olishidir. Aaar vazifalar aniqlangan bo'lsa, unda o'quv natijalarini aniqlash uchun nazorat topshiriqlari tuzish lozim. Bular og'zaki, yozma, nazorat savollari yoki test bo'lishi mumkin. Test ishlanmalarining ketma-ketligi 7-jadval tasvirda keltirilgan. O'quv maqsadlarini ro'yobga chiqarishda fe'l tanlash katta ahamiyatga ega. Masalan, og'zaki va yozma nutq vazifalarini bajarish maqsadida quyidagi fe'llardan foydalanish mumkin: so'z bilan ifodalab bermoq, yozib olmoq, natijasini chiqarmoq, ta'kidlamoq, aytmoq, o'qimoq, bo'g'inlarga bo'imoq, hikoya qilmoq va hokazo. Test topshiriqlari o'quvchilarning o'quv mavzularini turlicha o'zlashtirish darajalarini bahoiashi mumkin. Bular: - axborotni bilish, yod olish va so'zlab berish; - mahsuldor (reproduktiv) fikrlash; - natijali (produktiv) fikrlash; -izlanuvchan ijodiy fikrlash Axborotlami bilish, yodlash va so'zlab berishda eslab qolish qobiliyati bilan bog'liq bilimlar tekshiriladi. Mahsuldor (reproduktiv) o'zlashtirish darajasidagi test topshiriqlarida o'quvchilardan oldin o'rganilgan tartib asosida mustaqil ish bajarish, oldingi yodlangan qoidalarni eslash talab qilinadi.
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling