Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari
Download 3.1 Mb.
|
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot ishi №10
- Amaliyot ishi №11
9.1- jadval.
Amaliyot ishi №10Mavzu: Siqilgan havoda ishlaydigan perforatorning ish unumdorligini hisoblash.Mashg‘ulot maqsadi: Konchilik sanoatida ishlatiladigan perfaratotrlarning turlari, qo’llanilish sharoitlari haqida tushunchaga ega bo’lish hamda pnevmatik perfaratorlarning ish unumdorligini hisoblashni o’rganish. Ruda konlarini qazib olishda rudani maydalash ishlarida ko’pincha burg’ulash portlatish ishlari keng ko’lamda qo’llaniladi. Bunda shpurlar va skvajinalar burg’ulash dastgohlari yordamida amalga oshiriladi. Burg’ulash dastgohlarida asosiy ish bajarish uskunasi bu burg’ulash mashinasi bo’lib hisoblanadi. Burg’ulash mashinalarining perfaratorlar va burg’ulash golovkalari (kallagi) kabi turlari mavjud. Qo’llanilish sharoitiga bog’liq ravishda burg’ulash mashinalari quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Ko’chma perfaratorlar (Perenosnie perforatori (PP)); 2. Teleskopik perfaratorlar (Teleskopnie perforatori (PT)); 3. Kolonkali perfaratorlar (Kolonkovie perforatori (PK)); 4. Burg’ulash golovkalari (Buril’nie golovki). Ishlashda qo’llaniladigan energiyaning turiga bog’liq ravishda burg’ulash mashinalari quyidagicha turlarga bo’linadi: 1. Pnevmatik perfaratorlar; 2. Gidravlik perfaratorlar; 3. Elektro perfaratorlar. Burg’ulash mashinalarini tanlashga quyidagi asosiy omillar ta’sir qiladi: burg’ulanayotgan kovjoydagi tog’ jinsining qattiqligi; burg’ulanadigan shpurlar yoki skvajinalarning eng katta chuqurligi; shpur yoki skvajinaning diametri. Perfaratorning smenalik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/smena bu erda υ – perfaratorning burg’ulash tezligi, mm/daq; T – smena davomiyligi, soat; R – burg’ulash uskunasidan (perfarator) vaqt birligida foydalanish koeffisienti, R = 0,4 ÷ 0,75. Perfaratorning haqiqiy burg’ulash tezligini aniqlash uchun quyidagi empirik formuladan foydalanish mumkin: mm/daq bunda A – zarb berish energiyasi, J; n – zarbalar chastotasi, Gers; d – shpur diametri, mm; σsj – tog’ jinsining bir o’q bo’ylab siqilgandagi mustahkamlik chegarasi, MPa, ya’ni σsj=10·f MPa; f – tog’ jinsining professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffisienti. Misol: Misol uchun NKMK MKBdagi Muruntau shaxtasi sharoitini qabul qilamiz; Tog’ jinsining professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffisiyenti f = 16; Shpur diametri (PT 29A tipidagi perforator uchun) d = 43 mm; Zarbalar chastotasi n = 37 Gers; Zarb berish energiyasi A = 70 J; Smena davomiyligi T = 7,2 soat; Bir yildagi ish kunlari soni = 250 kun; PT 29A perfaratori uchun perfaratorning haqiqiy burg’ulash tezligini quyidagicha aniqlaymiz: p.m/daq Perfaratorning smenalik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/smena Perfaratorning yillik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/yil 10-Amaliyot ishiga topshiriqlar.
Amaliyot ishi №11Mavzu: Skreperli va yuklash-transportli etkazish ko‘rsatkichlarini hisoblash.Mashg‘ulot maqsadi: Skreperli va yuklash-transportli etkazish ko‘rsatkichlari bilan tanishish va hisoblash. Skreperli etkazish ko‘rsatkichlarini hisoblash. Skreperli qurilmalar davriy harakat qurilmalari sanaladi va skreperli chig‘irlardan (lebyodkalardan), skreperdan, bosh va oxirgi arqonlardan, oxirgi va tutib turuvchi blokchalardan iborat. Rudani etkazish uchun ikki barabanli skreperli chig‘irlar (lebyodkalar) va faqat ba’zida (keng kameralarda yoki burchak ostida skreperlashda) – uch barabanli chig‘irlar (lebyodkalar) qo‘llaniladi. Konlarda foydalanadigan skreperli chig‘irlar (lebyodkalar) quvvati o‘zgarib turadi, GOSTga muvofiq 7, 10, 17, 30, 55 i 100 kVt ga teng bo‘ladi. 17 kVt gacha quvvatli chig‘irlar (lebyodkalar) er tomirli konlarni ishlashda, 17 va 30 kVt – qatlamlarni va ishlashning uncha ko‘p bo‘lmagan muddatli oraliq qavatlarini qazishda, 55 va 100 kVt esa– uzun qazish kameralarida va ko‘pgina zaxiralarga ega bloklarning etkazish lahimlarida qo‘llaniladi. Skreperlar sig‘imi chig‘irlar (lebyodkalar) quvvatiga va etkaziladigan ruda bo‘laklarining eng yuqori o‘lchamlariga bog‘liq holda 0,1 dan 1 – 2 m3 gacha o‘zgaradi. Skreperli chig‘ir (lebyodka) quvvati 17 kVt va konditsion bo‘lak o‘lchami 400 mm bo‘lganda skreper sig‘imi 0,1 – 0,15 m3 ga teng, chig‘ir (lebyodka) quvvati 55 kVt va bo‘lakning eng yuqori o‘lchami 800 – 1000 mm gacha bo‘lganda skreper sig‘imi 0,5 – 1,0 m3 tashkil etadi. Turlariga ko‘ra skreperlar tishli va yashikli bo‘ladi. Tishli skreperlar qattiq va sharnirli-yig‘mali bo‘ladi. Lahimlar bo‘yicha etkazishda yig‘ilmaydigan skreperlar uchun skreper kengligi lahim kengligidan 0,4 – 0,6 dan katta bo‘lmasligi va sharnirli-yig‘mali skreperlar uchun lahim kengligi 0,5 – 0,8 bo‘lishi lozim. Skreperli qurilmalar uchun diametri 10 dan 28 mm gacha bo‘lgan po‘lat arqonlar ishlatiladi. Arqonlar juda tez eskiradi; ularning sarfi 1000 t etkazilgan rudaga 25 – 40 kg ni tashkil etadi. Skreperli blokchalar 200 – 400 mm diametrga ega va ko‘proq ikkita qisqa shpurda ponalangan, 600 burchak ostida tarqaladigan metall shtirlarga mahkamlanadi. Odatda qazishning yuqori unumdorli tizimlarida va rudaning katta o‘lchamli konditsion bo‘laklarida skreperli etkazish uzunligi 25 – 35 m dan oshmaydi, ayrim hollarda 15 – 20 m ni tashkil etadi, kam unumdor tizimlarda esa 50 – 80 m gacha etadi. Skreperli qurilmalarning foydalanish unumdorligi (t/smenada) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin: Q = (Tsm – Tpr)/(z + v. d + d), (9.1), bunda, Tsm – smena davomiyligi, min; Tpr – bekor turishning o‘rtacha smena vaqti, shu jumladan bo‘sh transport yo‘qligidan (odatda Tpr = 60 80 min); z – chiqarish lahimlarida muallaq turib qolishni bartaraf etishdagi vaqtning solishtirma sarflari, min/t; v. d – etkazish lahimi asosida yirik toshlarni ikkinchi marta maydalashdagi vaqtning solishtirma sarflari, min/t; d – asl etkazishdagi (skreperlashdagi) vaqtning solishtirma sarflari , min/t. z = tz/Vz, (9.2), bunda, tz – bitta muallaq turib qolishni bartaraf etishdagi o‘rtacha davomiylik, min (odatda tz = 15 min); Vz – ikkita muallaq turib qolish o‘rtasidagi teshikdan chiqadigan rudaning o‘rtacha miqdori; muallaq turib qolishga 20 t dan (yirik toshning ko‘p chiqishida va chiqaruvchi hamda etkazuvchi lahimlar ko‘ndalang kesimlarining kichik maydonlarida) 100 – 200 t gacha o‘zgaradi. v. d = tv. dn/(100rt), (9.3), bunda, tv. d – lahim asosida yirik bo‘laklarni bir marta portlatishdagi skreperlashda tanaffusning o‘rtacha davomiyligi (tv. d 10 min); n – yirik tosh chiqishi, %; r – bitta yirik tosh bo‘lagining o‘rtacha massasi (konditsion bo‘lakda 400 mm r = 0,6 0,8 t; konditsion bo‘lakda 800 mm r = 0,8 1,2 t); t – lahim asosida bir vaqtda portlatiladigan bo‘laklar soni (odatda t o‘zgaradi 2 dan 4 gacha). d = (Lg + Lx + tp/ hgx)/(60gxqs), (9.4), bunda, L – etkazishning o‘rtacha uzunligi, m; g, x – skreperning mos ravishda yukli va salt yurish tezligi, m/s (chig‘irlar (lebyodkalar) texnik xususiyati bo‘yicha yoki keyingi empirik bog‘liqlik bo‘yicha qabul qilinadi: g = 0,004N + 1,02; x = 1,38g); N – chig‘ir (lebyodka) dvigateli quvvati, kVt; tz. r – skreperni yuklash va tushirishdagi vaqt (odatda tz. r 20 s); qs – skreperning yuk ko‘tarishi, t: qs = kVcp, (9.5), bunda, k – skreperni to‘ldirish koeffitsienti (bo‘lakli ruda uchun k = 0,7 0,8; mayda bo‘lakli uchun k = 0,9 1,1); Vs – skreper sig‘imi (odatda Vs = 0,016N); r – yumshoq holatda ruda zichligi, t/m3. 10 kVt quvvatli uncha katta bo‘lmagan skreper qurilmalarining unumdorligi 10 – 15 m etkazish uzunligida hammasi bo‘lib 20 – 30 t/smenani tashkil etadi. 55 kVt va undan yuqori skreper qurilmalari 10 – 30 m etkazish masofasida va 800 mm konditsion bo‘lakda 300 – 350 t/smenali barqaror unumdorlikni ta’minlaydi. Rudaning 400 mm konditsion bo‘lagida va yirik toshlar ko‘p chiqishida ushbu skreperli qurilmalar unumdorligi 150 gacha va hattoki 100 t/smenagacha pasayadi. YUklash-transport mashinalari yordamida etkazish ko‘rsatkichlari hisobi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling