Va zi rl I gi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana31.05.2020
Hajmi1.02 Mb.
#112426
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
miinerall ogiitllar mavzusiinii oqiitiishda ekskursiiyaniing orni-1


   

 

O`quv  dasturi  kimyo  fani  o`qitishda  oddiydan  murakkabga  tomon  tuzilgan 



bo`lib,  dastavval  modda,  moddalarning  xossalari,  kimyoviy  til,  eng  muhim 

kimyoviy  tushunchalar  va  qonunlar,  nazariyalar,  kimyoviy  ishlab  chiqarish 

texnologiyasi,  kimyo  sanoati  erishgan  yutuqlar,  tabiat  va  jamiyatda  kimyoviy 

ishlab chiqarishning o`rni, ta`siri haqidagi bilimlarni berish va amaliy malakalarni 

hosil qilishga katta ahamiyat berilgan. 

O`quv  dasturda  o`quvchilar  bilan  o`tkaziladigan  amaliy  mashg`ulotlar  va 

laboratoriya  ishlariga,  har  bir  mavzuga  tegishli  savol  va  topshiriqlarni  yechishga 

katta  ahamiyat  beriladi,  tegishli  bo`limlar  tugatilgandan  so`ng  olingan  nazariy 

bilimlar test sinovlarini bajarish orqali mustahkamlab boriladi. 

Umumiy  o`rta  ta`lim  maktablarida  kimyo  fanini  o`qitishning  maqsad  va 

vazifalari  o`quvchilarda  modda  va  ularning  tuzilishi,  asosiy  kimyoviy 

tushunchalarni  hosil  qilish,  moddalarni  tabiatda  uchrashi,  fizik  xossalari,  olinishi 

va  xalq  xo`jaligida  ishlatilishi,  moddalar  orasidagi  genetik  bog`lanishlarga  doir 

bilimlarni  shakllantirish,  noorganik  kimyodan  o`quvchilarga  puxta  bilim  berish, 

o`quvchilarda kimyo faniga bo`lgan qiziqishni hosil qilish, kimyoviy tajribalar va 

amaliy mashg`ulotlar o`tkazish orqali o`quvchilarda amaliy ko`nikma, malakalarni 

rivojlantirish,  shuningdek,  tajribalar  natijasiga  ko`ra  ilmiy  xulosalar  bera  olish 

malakalarini  hosil  qilish,  tabiatga  va  atrof-muhitga  nisbatan  ijobiy  fazilatlarni 

shakllantirishdan iboratdir.  

Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida kimyo fanini o`qitishda asosiy tarbiyaviy 

vazifalar o`quvchilarda quyidagilarni shakllantirishdan iborat: 

 o`z xalqining tarixiy an`analariga sodiq bo`lish; 

 yashab turgan muhitini e`zozlash; 

 mahalliy  sharoitda  mavjud  bo`lgan  tabiiy  boyliklarni  qadrlash  va  tejab-

tergab foydalanish; 

 kelajakda o`z xalqi va Vataniga sadoqat bilan xizmat qilish

 ekologik e`tiqodni hosil qilish; 

 bilimlarni mustaqil egallash ko`nikmalarini shakllantirish; 



 

   

 

 moddalar,  kimyoviy  jihozlar  bilan  ishlashda,  laboratoriya  va  amaliy 



mashg`ulotlarda mehnat havfsizligi qoidalarini bilish; 

 kundalik  hayotda  kuzatiladigan  kimyoviy  hodisalarning  mohiyatini  bilish 

va tegishli hulosalar chiqara olish; 

 darsliklar,  qo`llanmalar  va  turli  xildagi  ilmiy-ommabop  adabiyotlardan 

foydalana bilish va tegishli xulosalar chiqara olish. 

Anorganik kimyodan bilim va malakalarni puxta egallash — o`quvchilarning 

boshqa fanlar bo`yicha olingan bilim va  malakalaridan anorganik kimyo o`qishda 

qanchalik foydalana bilishiga, ya`ni fanlararo bog`lanishning qay darajada amalga 

oshirilishiga bog`liq. Kimyo tabiiy fanlar jumlasiga kirgani uchun uni o`rganishga 

kirishishdan oldin va kimyoni o`rganish jarayonida o`quvchilarning boshqa tabiiy 

fanlardan  egallangan  bilimlariga  tayanish  juda  muhim  ta`lim-tarbiyaviy 

ahamiyatga ega. 

Kimyoni 

o`rganish 

jarayonida 

o`quvchilardagi 

tayyor 

bilim 


va 

ko`nikmalardan  o`z  o`rnida  foydalanish,  shakllanishni  ta`minlash,  inson  bilan 

tabiat  o`rtasidagi  muloqotlarni  maqsadga  muvofiq  tashkillash  yuzasidan 

ko`nikmalarni  tarbiyalash  kimyo  o`qituvchisining  muqaddas  burchidir.  O`z 

navbatida boshqa fan o`qituvchilari faoliyatlarida kimyo fani mavzularidan o`rnida 

foydalanib borishlari zarur bo`ladi. 

Maktab  kimyo  dasturida  har  bir  bo`limga  ajratilgan  dars  soatlari  taxminiy 

bo`lib,  ular  shu  bo`limga  oid  mavzularni  o`rganishga,  unga  oid  ko`rgazma  va 

tajribalarni  namoyish  etishga,  laboratoriya  ishlarini  bajarishga,  masalalarni 

yechishga  hamda  o`quvchilar  bilimini  baholashga  mo`ljallangan.  Har  bir  bo`lim 

oxirida  keltirilgan  laboratoriya  ishlaridan  ayrimlarini  bajarish  uchun  asboblar 

yetarli  bo`lmagan  taqdirda  teng  kuchli  boshqa  laboratoriya  ishi  bilan 

almashtirilishi  mumkin.  Ko`rgazma  va  tajribalarni  namoyish  etish  hamda 

laboratoriya  ishlarini  bajarishda  xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga  rioya  qilinishi 

zarur. O`quvchilar kimyo darslarida olgan bilimlarini amaliy jihatdan ekskursiyada 

yanada  mustahkamlashlari  mumkin.  Ekskursiya  mavzusi  va  obyekti  o`qituvchi 

tomonidan belgilanadi. 


 

   

 

9-sinf kimyo kursining taqvim-mavzu rejasi  

(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat)  

№ 

Mavzular 

Soat 

 

I chorak 

 

8-sinf kimyo kursining eng muhim mavzularini takrorlash 

1-dars 

Elementlar  davriy  jadvalsi  va  davriy  qonuni.  Davr  va 

guruhlarda  elementlar  xossalarining  o`zgarishi.  Atom 

yadrosi 




2-dars 

Kimyoviy  bog`lanishning  turlari:  kovalent  (qutbsiz  va 

qutbli), ionli bog`lanishlar 



3-dars 

Elementlar  valent  imkoniyatlari  va  ularning  oksidlanish 

darajasi 



4-dars 

Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi 



5-dars 

Metallmaslarga umumiy tavsif 



6-dars 

1-nazorat ishi 



 

Uglerodlar guruhsi 

 

7-dars 

Uglerod guruhchasidagi elementlarning umumiy tavsifi 



8-dars 

Uglerodning davriy jadvaldagi o`rni, atom tuzilishi 



9-dars 

Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari 



10-dars 

Uglerodning eng muhim birikmalari 



11-dars 

Karbonat kislota va karbonatlarning xossalari 



12-dars 

1-amaliy ish 



13-dars 

Uglerod  guruhi  va  karbonat  kislotalar  mavzulari  yuzasidan 

masala va mashqlar 



14-dars 

Kremniyning davriy jadvaldagi o`rni va atom tuzilishi 

 

15-dars 

Kremniyning xossalari. Muhim birikmalari 



16-dars 

Silikat sanoati 



 

Metallar 

 

17-dars 

2-nazorat ishi 



18-dars 

Metallarning davriy jadvaldagi tutgan o`rni, atom tuzilishi 



19-dars 

Metallarning tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlati- lishi 



 

II chorak 

 

20-dars 

Qotishmalar va ularning ishlatilishi 



21-dars 

Metallarning fizik va kimyoviy xossalari 



22-dars 

Metallarning  elektrokimyoviy  kuchlanish  qatori.  Metali 

bog`lanish 



23-dars 

O`tilgan mavzular yuzasidan testlar yechish 



24-dars 

3-nazorat ishi 



25-dars 

Metallar korroziyasi 



26-dars 

Elektroliz va va uning amaliy ahamiyati 



27-dars 

Elektroliz va unga doir masala, mashqlar yechish 



28-dars 

Ishqoriy  metallarning  davriy  jadvaldagi  tutgan  o`rni,  atom 

tuzilishi 



 

   

 

29-dars 

Natriy va kaliyning xossalari va eng muhim birikmalari 



30-dars 

4-nazorat ishi 



31-dars 

Soda  ishlab  chiqarish.  Natriy  va  kaliy  mavzusi  yuzasidan 

masalalar yechish 



32-dars 

Kalsiy va magniy 



 

III chorak 

 

33-dars 

Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari 



34-dars 

2-amaliy ish 



35-dars 

Alyuminiyning  davriy  sistamadagi  tutgan  o`mi,  tabiatda 

tarqalishi, atom tuzilishi, olinishi 



36-dars 

Alyuminiyning  fizik,  kimyoviy  xossalari,  ishlatilishi.  Mavzu 

yuzasidan masalalar yechish 



37-dars 

Mis,  oltin  kumushning  davriy  jadvaldagi  tutgan  o`rni,  atom 

tuzilishi, tabiatda tarqalishi, xossalari va ahamiyati 



38-dars 

Berilliy,  magniy,  bariy,  ruxning  davriy  jadvaldagi  tutgan 

o`rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, xossalari 



39-dars 

5-nazorat ishi 



40-dars 

Qalay,  qo`rg`oshin,  xrom,  marganesning  davriy  jadvaldagi 

tutgan o`rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, xossalari 



41-dars 

Temirning  davriy  jadvaldagi  tutgan  o`rni,  atom  tuzilishi, 

tabiatda tarqalishi, xossalari 



42-dars 

O`zbekistonda  metallurgiya.  Cho`yan  va  po`lat  ishlab 

chiqarish 



 

Organik kimyo 

 

43-dars 

Organik birikmalar. A.M.Butlerovning organik moddalarning 

tuzilish nazariyasi. Izomeriya 



44-dars 

To`yingan uglevodorodlar 



45-dars 

Metanning  tabiatda  uchrashi,  fizik,  kimyoviy  xossalari, 

olinishi, ishlatilish sohalari 



46-dars 

To`yinmagan  uglevodorodlar.  Ularning  tuzilishi,  ishlatilish 

sohalari va ahamiyati 



47-dars 

Molekulasida  ikki  va  undan  ortiq  qo`shbog`  bo`lgan 

uglevodorodlar 



48-dars 

Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi, ishlatilishi 



49-dars 

Uglevodorodlarning tabiiy manbalari 



50-dars 

6-nazorat ishi 



51-dars 

Spirtlarning tuzilish formulasi, nomlanishi va ishlatilishi 



52-dars 

Fenollarning tuzilish formulasi, nomlanishi va ishlatilishi 



 



IV chorak 

 

53-dars 

Aldegidlarning tuzilish formulasi, nomlanishi va ishlatilishi 



54-dars 

Karbon  kislotalarning  tuzilish  formulasi,  nomlanishi  va 

ishlatilishi 



55-dars 

Oddiy va murakkab efirlarning tuzilish formulasi, nomlanishi 



 

   

 

va ishlatilishi. Sun`iy va sintetik yuvish vositalari 



56-dars 

Uglevodlarning  tuzilish  formulasi, sinflanishi, nomlanishi  va 

ishlatilishi 



57-dars 

Aminlarning tuzilish formulasi, nomlanishi va ishlatilishi. 



58-dars 

Aminokislotalarning  tuzilish  formulasi,  nomlanishi  va 

ishlatilishi 



59-dars 

Oqsillarning tuzilishi va tarkibi 



60-dars 

Yuqori molekular birikmalar haqida tushunchalar 



61-dars 

7-nazorat ishi 



62-dars 

Kimyoviy  ishlab  chiqarish  istiqbollari.  Atmosfera  va 

gidrosferani muhofaza qilish 



63-dars 

Davriy qonun va elementlar davriy jadvalsining ahamiyati 



64-dars 

Organik  birikmalarning  tuzilish  nazariyasi  va  izome- 

riyasining ahamiyati 



65-dars 

Kimyoviy  reaksiyalarning  kimyoviy  ishlab  chiqarishdagi 

ahamiyati 



66-dars 

O`zbekistonda  kimyo  fani  va  sanoatning  rivojlanish 

istiqbollari 



67-dars 

8-nazorat ishi 



68-dars 

Masalalar yechish 



 

Jami: 68 soat 

 

 

 

 


 

   

 

II bob. Kimyoviy ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya tashkillash 



 

     Ekskursiya ob`ektini tanlash bo`yicha metodik ishlanma 

 

Kimyo  korxonalari  va  boshqa  ob`ektlarga  ekskursiya  uyushtirish  o`quv 



jarayonining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi; uni darsdan tashqari vaqtda yoki 

yozgi ta`til kunlari o`tkazish  mumkin.  Ekskursiya  vaqtini  avvaldan  aniq belgilash 

nihoyatda  qiyin  masalalardan  biri,  bu  bir  qator  vaziyatlarga  bog`liq,  ba`zida  u 

shahar  markazlariga  chiqish  bilan  bog`liq  bo`lsa,  boshqa  holatlarda  hatto  boshqa 

regionga borish  bilan  bog`liq  bo`ladi.  Ishlab  chiqarish korxonalariga  ekskursiyani 

darsdan  ajralgan  qo`shimcha  tadbir  sifatida  qarash  lozim  emas.  Sanoat  sharoitida 

o`tkazilgan  o`ziga  xos  ekskursiya  darsi  eng  samarali  o`quv

-tarbiyaviy  jarayon 

hisoblanadi.  Aynan  shu  sababli  o`quv  dasturi  tushuntirish  xatida  o`quv 

ekskursiyasini  o`qitiladigan  mavzularga  mos  soatlar  hisobiga  o`tkazilish  zarurligi 

ta`kidlangan.  Tajribada  sinalishicha,  kimyo  o`qituvchisi  bir  o`quv  yilida  1-2 

ekskursiya  o`tkazishni  rejalashtirish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  ekskursiya 

o`tkazish  mumkin  bo`lgan  ob`ektni  har  doim  ham  rasional  aniqlash  qiyin.  Shuni 

hisobga olib bir o`quv yilida VIII-IX sinflarda o`quv ekskursiyani (davomiyligi 2 

soat) bir marta o`tkazish tavsiya qilinadi. 

Ishlab chiqarish korxonalarida o`tkazilishi rejalashtirilgan har bir ekskursiyani 

maksimal  o`quv-tarbiyaviy  samaradorlikni  ta`minlashi  kerak.  Bu  avvalo 

o`qituvchidan,  shuningdek  o`quvchilardan  jiddiy  tayyorgarlik  ko`rishni  talab 

qiladi.  

O`qituvchining  ekskursiya  o`tkazishga  tayyorgarlik  ko`rishi  yillik  ish  rejani 

tuzish vaqtida ob`ekt tanlashdan boshlanadi. Dastur talablari va maktab atrofidagi 

kimyo  korxonalarini  hisobga  olib  o`quv  ekskursiya  ob`ektlarii  taniladi.  Bunda  u 

har  o`quvchi  kimyoni  o`qish  davomiyligida  nafaqat  ishlab  chiqarish  korxonalari, 

balki  boshqa  kimyoviy  bilimlarni  egallashga  zarur  bo`lgan  sohalar:  qishloq 

xo`jaligi, sanitariya nazorat inspeksiyalari va boshqalarga borishiga harakat qiladi. 

Qishloq  maktablari  uchun  xos  bo`lgan  kamchiliklardan  biri  uning  yaqinida 



 

   

 

kimyodan  ekskursiya  o`tkazish  uchun  kimyoviy  ishlab  chiqarish  korxonasining 



mavjud bo`lmasligidir.  

Bunday  holatda  o`quv  ekskursiyalarini  kimyoviy  jarayonlar  bilan  bog`liq 

bo`lmagan nokimyoviy ob`ektlarda o`tkazish mumkin. SHunday ob`ektlar sifatida 

dorixonalar,  to`qimachilik  korxonalari,  oziq-ovqat  sanoati  korxonalari  va  boshqa 

mahalliy ishlab chiqarish korxonalari xizmat qiladi.   

Agar  bu  ekskursiyalarda  muhim  ishlab  chiqarishlarni  o`rganish  imkoniyati 

bo`lmasa, u holda o`quvchilar maktab kimyo kursida o`rganiladigan turli kimyoviy 

jarayonlarning amaliy qo`llanilishi haqida tasavvurlarga ega bo`lishadi.  

SHu  bilan birga  esda  tutish  lozimki,  ko`pgina ishlab chiqarish  korxonalarida 

o`rta  ta`lim  maktabi  o`quvchilari  tushunishi  qiyin  bo`lgan  murakkab  kimyoviy 

reaksiyalar bordigan o`quv ekskursiyasi uchun ob`ektlar maqbul hisoblanmaydi.  

Maktab  o`quv  ekskursiyalari  uchun  korxona  tanlashda  o`qituvchi  quyidagi 

tamoiyillarga  rioya  qilishi  lozim:  ekskursiya  mazmuni  dasturga  mos  bo`lishi; 

ekskursiya  o`quvchilarning  yosh  xususiyatlariga  mos  bo`lishi,  ya`ni  ular  tushuna 

oladigan bo`lishi; ekskursiya o`tkazilayotgan korxona xalq xo`jaligida ahamiyatga 

ega bo`lishi; texnik va texnologik jihozlanganlik va zamon talabiga javob berishi; 

ishlab chiqarish xavfsizligi. YUqoridagilarning barchasi kimyodan har safar o`quv 

ekskursiyani  tashkillash  politexnik  tavsifga  va  o`quvchilarning  bilish  faoliyatini 

oshirishga qaratilgan bo`lishligini hisobga olish zarurligidan dalolat beradi.  

 

     Ekskursiyaga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari 

Ekskursiya ishi aniq rejalashtirishni talab qiladi. Ekskursiya rejasi tuzilar ekan 

eng  avvalo  o`qituvchi  ularning  har  birini  o`tkazish  vaqtini  va  ish  rejadagi 

mavzularga  mosligigi,  sinf  xonasida  olingan  nazariy  bilimlarni  ekskursiya 

davomida  to`ldirilishiga  e`tibor  qaratishi  lozim  bo`ladi.    Kimyo  korxonalarida 

jarayonlar  reaktor  ichida  boraganligi  tufayli  u  erda  borayotgan  reaksiyalarni  ko`z 

bilan kuzatish imkoniyati mavjud emas. Ishlab chiqarishni amaliy o`rganish ongli 

va etarli natija berishi uchun o`quvchilar muhim qurulmalarning tuzilishi va u erda 

boradigan jarayonlarning mohiyati haqida nazariy bilimlarga ega bo`lishi kerak.  


 

   

 

Kimyo  korxonalarini  maktabda  o`rganish  o`quvchilar  ayni  ishlab  chiqarish 



korxonasi  asoslarini  tushunish  uchun  kerakli  bilimlarni  egallagandan  so`ng,  turli 

ko`rgazmali  vositalardan  foydalanilgan  holda  amalga  oshirish  samarali  bo`ladi. 

O`quvchilar  avval  xalq  xo`jaligida  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega  bo`lgan 

moddalarning  tarkibi,  xossalari  va  qo`llanilishini  o`rganadilar,  shundan  so`ng  esa 

o`rganilayotgan mavzu yoki bo`lim bo`yicha xulosa chiqarishadi, sanoatda olinish 

usullarini o`rganishadi.  

SHunday  qilib,  ayni  o`quv  yili  uchun  ekskursiya  rejalashtirilayotganda 

ob`ektlarni  belgilash  bilan  bir  vaqtda  uni  o`tkazilish  vaqtini  ham  taxminan 

belgilash  kerak  bo`ladi.  Buning  uchun  o`qituvchi  ekskursiya  mavzusi  bo`yicha 

nazariy materiallarni ko`rib chiqishi, agar kerak bo`lsa maxsus adabiyotlardan ham 

foydalanish  lozim.  Bundan  tashqari  o`qituvchining  o`zi  avvalo  ekskursiya 

o`tkazilishi  kerak  bo`lgan  ob`ekt  bilan  yaqindan  tanish  bo`lishi  zarur.  Bu  ishda 

o`qituvchiga  davriy  ravishda  tashkilanadigan  malakasini  oshirish  institutlari  va 

xalq  ta`limi  bo`limlarining  metodik  kabinetlarida  tashkillanadigan  ekskursiyalar 

o`tkazish bo`yicha tayyorlov kurslari yaqindan yordam berishi mumkin.  

Keyinroq  o`qituvchi  ekskursiyaning  maqsadini  va  ekskursiya  vaqtida 

o`quvchilar  egallashi  lozim  bo`lgan  bilimlar  hajmini  aniqlaydi.  Bunda  o`quv 

savollari mazmuni amaldagi DTS talablariga mos kelishini hisobga olish kerak.  

Ekskursiya  marshuruti  shunday  tanlanadiki,  ishlab  chiqarish  korxonasiga 

borish  va  kelish  vaqtini  hisobga  olmaganda  ikki  soatdan  oshmasligi  zarur.  Uzoq 

vaqtga  cho`zilgan  ekskursiya  o`quvchilarni  charchab  qolishlariga  olib  keladi. 

SHuningdek,  marshurut  xavfsizligini  va  ekskursiya  boshlanganidan    biror  soat 

o`tgach, o`quvchilarning dam olish imkoniyatlarini ko`rib qo`yish kerak bo`ladi.   

Ishlab chiqarishda o`quv ekskursiya o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda asosiy 

diqqat  o`quvchilarning  xavfsizligiga  qaratilishi  lozim.  Bunday  har  qanday 

ekskursiya o`quvchilarni texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilgandan keyin, 

ekskursiya vaqtida unga qat`iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.  

O`qituvchi ekskursiyadan avval ob`ektda bo`lib, rahbariyat bilan ekskursovod 

masalasi,  ishlab  chiqarish  korxonasi  ichida  ekskursiya  yo`nalishi,  tushuntirish 


 

   

 

hamda  ko`rsatishlarning  hajmi  va  mazmuni,  mumkin  bo`lgan  xavf  manbalar 



(portlash  xavfi  bo`lgan  joylar,  temir  yo`llar,  ko`tarma  kranlar,  harakatlanuvchi 

qurilmalar va boshqalar)  haqida kelishib olishi, bu holatlarni alohida nazorat qilish 

zarur.  Odatda  ekskursiyani  ishlab  chiqarish  korxonasi  xodimlari  o`tkazishadi. 

Muxandis-texnik  xodimlarni  bu  ishga  jalb  qilinishi  o`quvchilarda  tug`iladigan 

ishlab chiqarishga oid savollarga to`laroq javob berilishiga, ekskursiya natijasining 

samarali bo`lishiga olib keladi. Biroq shuni ham esda tutish kerakki, mutaxassislar 

texnik  tomonlariga  ko`proq  e`tibor  berishlari  mumkin,  bu  o`quvchilarga  ortiqcha, 

ikkilamchi materiallar bo`ladi.  Bunday holat yuz bermasligi uchun ekskursavodga 

o`quvchilarning bilim darajasi haqida etarli ma`lumot berib, ekskursiya davomida 

ularga qaysi tomonlarni ochib berish lozimligini avvaldan aytib qo`ymoq kerak.  

Tajriba  shuni  ko`rsatadiki,  eng  yaxshi  ekskursovodlar  bu  korxona 

labaratoriyasi  xodimlari  hisoblanadi.  Ular  o`quvchilarni  jarayon  mohiyatiga  tez 

olib  kirishadi,  o`z  tushuntirishlarida  yo`nalishlarining  o`ziga  xos  bo`lgan 

tomonlariga chalg`ishmaydi. Balki o`quvchilarning nazariy bilimlariga asoslangan 

holda  ayni  ishlab  chiqarish  muammolari  bilan  ilmiy  tilda  keng,  ishlab  chiqarish 

kimyo  labaratoriyasida  chiqarilayotgan  mahsulotga  mos  keluvchi  ilmiy-texnik 

vazifalarni qanday hal qilinishi haqida batafsil ma`lumot berishadi.  

Ekskursiyada  rahbarlik  rolini  o`qituvchi  bajaradi.  Agar  o`qituvchi 

ekskursovod 

o`quvchilarning 

tayyorganlik 

darajasini 

hisobga 

olmay 


chalg`iyotganini sezsa,  unga savol bilan murojat qilib mavzuni eslatib qo`ymog`i 

kerak.  O`qituvchi  ekskursovod  o`z  ko`rsatishlarida  va  qurilmalarni  ish  prinsipini 

tushuntirishlarida 

o`quvchilarga 

orqa 

o`girib 


olmasligiga 

(tajribasiz 

ekskursovodlarda  bu  holat  kuzatiladi)  diqqat  qilishi  lozim.  YAna  shunga  e`tibor 

qaratish  lozimki,  ishlab  chiqarishga  ekskursiyada  eshituvchanlik  doimo  muammo 

bo`lib keladi. Bunda ovoz kuchaytirgichdan foydalanish maqsadga muvofiq emas, 

u ortiqcha shovqinni kuchaytiradi xolos. YAna ishlayotgan qurilma oldida baqirib 

tushuntirishning  keragi  yo`q.  Yaxshisi  bunday  holatlarda  shunday  sexlarga 

kirishda  materialni  bayon  qilib,  qurilma  oldida  qisqacha  eng  zarur 



 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling