Va zi rl I gi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana31.05.2020
Hajmi1.02 Mb.
#112426
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
miinerall ogiitllar mavzusiinii oqiitiishda ekskursiiyaniing orni-1


   

 

magniy  peroksidi  hosil  bo`ladi,  lekin  mahsulotga  qisman  Mg(OH)



2

  aralashgan 

bo`ladi. Bu modda ham suvda yomon eriydi: Mg(OH)

2

 + H



2

O

2



 = MgO

2

 + 2H



2

O  


Magniy  gidroksidi  suvda  yomon  eriydi,  suvini  yo`qotish  uchun  juda  yuqori 

haroratgacha qizdirish kerak bo`ladi. Suvda erimaydi, kislotalarda eriydi. 

Magniy  tuzlaridan  suvda  fitoridi  oz,  xloridi,  nitrati  va  sulfati  suvda  yaxshi 

eriydi, nitrati nam havodagi suv bug`larini o`ziga yutadi. 



Bariy.  Bu  element  tabiatda  o`zining  karbonati  -  viterit  BaCO

3

  va  sulfati  - 



barit  BaSO

4

  holida  uchraydi.  Bariy  guruhchadagi  barcha  elementlardan  ancha 



aktiv,  havoda  oksid  qatlami  bilan  qoplanadi.  Suv  bilan  shiddatli  reaksiyaga 

kirishadi, ko`pchilik elementlar bilan tegishli birikmalar hosil qiladi. 

Bao  bariy  oksididan  aktivroq,  u  qizdirilganda  (~500

℃) peroksid BaO, hosil 

bo`ladi, u yuqoriroq haroratda esa oksidga va kislorodga parchalanadi. 

Gidroksidi  kuchli  ishqor,  suvda  yaxshi  eriydi  va  dissotsiyalanish  darajasi 

yuqori.  U  ishqoriy  metallar  gidroksidlariga  o`xshash.  Ba(OH)

2

  ning  suvdagi 



to`yingan eritmasi bariyli suv deb ataladi. 

Karbonatlari va sulfatlari suvda yomon eriydi; guruhchadan yuqoridan pastga 

tushish  tartibida  sulfatlarning  eruvchanligi  kamayib  boradi,  yuqoridagi  element 

sulfatning  to`yingan  eritmasini  keyingi  davrdagi  elementni  sulfat  holida 

cho`ktirish uchun qo`llash mumkin. 

Bariy xlorid rangsiz alangani sarg`ishyashil rangga bo`yaydi. 

Ruxning  tabiatdagi  birikmalaridan  eng  muhimlari  galmey  ZnCO

3

  va  rux 



amalgamasi  ZnS  dir.  Metall  holdagi  rux  kumushsimon-zangori  tusli,  xona 

haroratsida mo`rt, lekin 100-150

   da yaxshi bukiladi, yassilanadi. 

200


    dan  yuqorida  yana  mo`rt  holatga  o`tadi.  Metali  havoda  yupqa  oksid 

yoki  gidroksokarbonat  tarkibli  mustahkam  parda  bilan  qoplanadi  va  ichki 

qatlamlarni  korroziyadan  saqlaydi.  Aktivlik  qatorida  rux  vodoroddan  chap 

tomonda  joylashishiga  qaramay  suv  bilan  reaksiyaga  kirishmaydi,  chunki  yuza 

qatlamda  hosil  bo`lgan  rux  gidroksid  qatlami  suvda  erimasligi  tufayli  reaksiya 

davom  etishini  to`xtatib  qo`yadi.  Suyultirilgan  kislotalarda  rux  oson  eriydi.  Bu 

metali  berilliy  kabi  ishqor  eritmalari  bilan  oson  reaksiyaga  kirishadi  va  amfoter 


 

   

 

xususiyatli  bo`ladi.  Kuchli  qizdirilgan  rux  kislorod  atmosferada  oq-yashil  rangli 



alanga hosil qilib, rux oksid ZnO ga aylanadi. 

Rux  oksid  ZnO  oq  rangli  zich  bo`lmagan  kukun, suvda  erimaydi,  kislota  va 

ishqorlarda oson eriydi. 

Rux  gidroksid  ruxning  turli  tuzlariga  ishqor  ta`sirida  oq  rangli  cho`kma 

holida ajralib chiqadi: ZnCl

2

 + 2KOH = Zn(OH)



2

↓ + 2KC1 

Hosil  bo`lgan  cho`kma  ortiqcha  miqdorda  qo`shilgan  ishqorda  erib,  suvda 

eriydigan sinkatlar hosil qiladi: Zn(OH)

2

 + 2KOH = K



2

ZnO


2

 + 2H


2

Bu modda eritmada gidroksobirikmalar [Zn(OH)



4

]

2-



 holida bo`ladi, eritmadan 

uni Na


2

[Zn(OH)


4

] va Ba


2

[Zn(OH)


6

] holida ajratib olingan. Bu jihatdan rux berilliy 

va alyuminiyga o`xshash. 

Ruxning tuzlari metalldan, oksididan va tuzlaridan tegishli kislotalar ta`sirida 

olinadi.  Tuzlari  eritmada  gidrolizlanadi.  Galogenidlari  orasidan  rux  ftoridi  ZnF

2

 



suvda juda yomon eriydi. 

Uyga vazifa: 

Quyidagi masalalarni yeching. 



1-masala.  27  g  kristall  holdagi  sodadan  10%  li  Na

2

CO



3

  eritmasini  olish 

uchun necha gramm suv qo`shish kerak? 

2-masala. Natriy karbonat bilan natriy gidrokarbonatning 14,6 g aralashmasi 

massa  o`zgarmay  qolguncha  qizdirildi.  Natijada  13,7  g  qattiq  qoldiq  olindi. 

Dastlabki aralashmadagi natriy karbonatning massa ulushini aniqlang. 

X.  Taqvim-mavzu  rejadagi  40-dars  -  «Yonaki  guruh  metallari  -  qalay, 

qo`rg`oshin, xrom, marganesning Davriy jadvalda joylashgan o`rai, atom tuzilishi, 

tabiatda tarqalishi  olinishi va ayrim birikmalari» bo`yicha ma`lumotlar amaldagi 

darslikning  «Sis  va  trans  tuzilishni  yozib  tushunti-  rish»  tushunchalari  uchun 

ajratilgan  soat  hisobidan  tashkil  etiladi.  Darslikning  118-betidagi  «Sis  va  trans 

tuzilishni  yozib tushuntirish»  mavzusi  asosidagi tushunchalar o`rta  maxsus kasb-

hunar  ta`limi  o`quv  dasturiga  o`tkazilganligi  sababli  o`rganilmaydi.  Taqvim-

mavzu rejadagi 40-darsda quyidagi materiallardan foydalanish tavsiya etiladi: 


 

   

 

40-dars.  Yonaki  guruh  metallari  -  qalay,  qo`rg`oshinning  Davriy  jadvalda 



joylashgan o`rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, olinishi va ayrim birikmalari 

Qalay odamzodga qadimdan ma`lum. Uning mis bilan hosil qilgan qotishmasi 

- bronza keng tarqalgan. Uni qalaytoshdan ko`mir bilan qaytarib olish oson. 

Erkin holdagi qalay oq kumushsimon yaltiroq yumshoq metall bo`lib, yaxshi 

yassilanadi,  cho`ziladi  va  undan  juda  yupqa  qog`ozsimon  mahsulot  tayyorlash 

mumkin. 


Havoda  bu  metall  oksidlanmaydi,  lekin  suyuqlanish  haroratsiga  qadar 

qizdirilganda  SnO

2

  ga  aylanadi.  Suv  bilan  reaksiyaga  kirishmaydi.  Suyultirilgan 



xlorid va sulfat kislotalar unga juda sekin ta`sir etadi, chunki bu metall ishtirokida 

vodorodning  o`ta  kuchlanishi  katta  ahamiyatga  ega.  Xlorid  kislotaning 

konsentrlangan eritmasi qalayni SnCl

2

 gacha, konsentrlangan sulfat kislota esa uni 



Sn(SO

4

)



2

 gacha oksidlaydi: Sn + 2HCl = SnCl

2

 + H


2  

Sn + 4H


2

SO

4



 =Sn(SO

4

)



2

 + 2CO


2

 + 4H


2

Qalay  birikmalarida  oksidlanish  darajasi  +2  va  +4  bo`lgan  holatlarda 



uchraydi. 

Qalay  (II)  oksid  va  qalay  (II)  gidroksid.  Qalay  (II)  tuzlariga  ishqoriy  metall 

gidroksidi (oz miqdorda) yoki karbonati ta`sir ettirilganida suvda yomon eriydigan 

oq cho`kma Sn(OH)

2

 hosil bo`ladi: SnCl



2

+ 2KOH = 2KCl + Sn(OH)

2



Qo`rg`oshin.  Bu  metall  galenit  (qo`rg`oshin  yaltirog`i)  PbS dan  olinadi.  Bu 



ruda kislorodli sharoitda kuydiriladi va koks ishtirokida qaytariladi:  

PbS + O


2

 = PbO + SO

2  

PbO + C = Pb + CO 



Toza  yangi  qirqilgan  qo`rg`oshinning  yuzasi  kulrang  ko`kish  tusli,  yaltiroq 

bo`ladi,  lekin  havo  kislorodi  ta`sirida  tez  xiralashib  qoladi.  Bu  metall  yumshoq 

bo`lib, uni pichoq bilan kesish mumkin. Issiqlik va elektr tokini o`tkazish xossasi 

kumushnikidan  10  marta  kam.  Qizdirilgan  qo`rg`oshin  kislorod,  oltingugurt  va 

galogenlar bilan birikadi va tegishli birikmalar hosil qiladi. 

Toza  suv  qo`rg`oshinga  ta`sir  qilmasa  ham,  havo  kislorodi  ishtirokida 

oksidlab, Pb(OH)

2

 ni hosil qiladi: 2Pb + O



2

 + 2H


2

O =2Pb(OH)

2

 


 

   

 

Tarkibida  gidrokarbonatlar  va  sulfatlar  bo`lgan  qattiq  suv  qo`rg`oshin 



yuzasida  yupqa,  lekin  qattiq  qo`rg`oshin  sulfat  va  asosli  karbonat  tuzlarini  hosil 

qilib, uni korroziyalanishidan saqlaydi. 

Qo`rg`oshin  nitrat  va  sirka  kislotada  yaxshi  eriydi,  lekin  metall  yuzasida 

suvda  erimaydigan  PbSO

4

  va  PbCl



2

  hosil  bo`lishi  tufayIi  H

2

SO

4



  va  HCl  da 

erimaydi. Konsentrlangan va qizdirilgan sulfat kislotada eruvchan nordon tuz hosil 

qiladi: Pb +2H

2

SO



4

 = Pb(HSO

4

)

2



 + H

2

 



Uyga vazifa: Quyidagi o`zgarishlarni amalga oshirish zarur bo`lgan reaksiya 

tenglamalarini yozing. 

a) A

 

   



→   B 

    


→    C 

  

 



→   SiO

2

 



b) A

 

  



 

→   B


  

 

→   C 



  

→  B 


    

→    C 


     

→      Na

2

CO



 

XI.  Taqvim-mavzu  rejadagi  46-dars  -  «To`yinmagan  uglevodorodlarning 

ishlatilish sohalari va ahamiyati» mavzusini mustahkamlash bo`yicha qo`shimcha 

ma`lumotlar  amaldagi  darslikning  «Aldegidlarning  kimyoviy  xossalari 

(polimerlanish, 

polikondensatlanish 

reaksiya 

tenglamalari)»  mavzusidagi 

tushunchalar  uchun  ajratilgan  soat  hisobidan  tashkil  etiladi.  Darslikning  143-

betidagi  «Aldegidlarning  kimyoviy  xossalari   polimerlanish   polikondensatlanish 

reaksiya  tenglamalari)»  mavzusi  asosidagi  tushunchalar  o`rta  maxsus  kasb-hunar 

ta`limi  o`quv  dasturiga  o`tkazilganligi  sababli  o`rganilmaydi.  Taqvim-mavzu 

rejadagi 46-darsda quyidagi materiallardan foydalanish tavsiya etiladi: 

46-dars.  «To`yinmagan  uglevodorodlarning  ishlatilish  sohalari»  mavzusini 

mustahkamlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar 

To`yinmagan  uglevodorodlarning  vakili  etilenning  eng  muhim  ishlatilish 

sohalari  uning  qo`shbog`i  bor  joyida  biriktirib  olish  reaksiyalariga  kirishishiga 

asoslangan.  Etilen  xlor  bilan  o`zaro  birikib  etilen  xlorid  ya`ni  1,  2-dixloretan 

olinadi. 

Dixloretan uchuvchan, qiyin alangalanuvchan suyuqlik  - organik moddalarni 

yaxshi  erituvchi  bo`lganligi  sababli  smolalarni  eritishda,  to`qimachilik 

matereallarini tozalashda juda ko`p ishlatiladi. 


 

   

 

Etilen  pomidor,  nok,  qovun,  limon  kabi  mevalarning  pishishini 



tezlashtiruvchi  ajoyib  xususiyatga  ega.  Xomroq  paytida  yig`ib  olingan  mevalarni 

yaxshi  saqlash  maqsadida  yopiq  omborlar  havosiga  juda  oz  miqdorda  etilen 

aralashtirilsa, mevalar yaxshi saqlanadi. 

Etil xlorid suyuq holga oson o`tadigan gaz bo`lganligi uchun uning ozginasi 

qo`lga tomizilsa, suyuqlik tez bug`lanib ketadi va qoining shu joyi qattiq soviydi. 

Uning  bu  xususiyati  tufayli  meditsinada  yengil  operatsiyalarda  operatsiya 

qilinadigan joyning sezuvchanligini kamaytirishda foydalaniladi. 

Uyga vazifa

Quyidagi 

o`zgarishlarni 

amalga 


oshirish 

zarur 


bo`lgan 

reaksiya 

tenglamalarini yozing. 

A

 



 

→ B 


  

 

 



→    C

  

→  A



  

→  E→ A


    

→    CaCl

2

 A

    



→    D 

 

1.2.  O`rta umumta`lim maktabi IX sinf kimyo kursi mazmuni 

 

Umumiy  o`rta  ta`lim  maktablarida  kimyo  ta`limi  oldiga  qo`yilgan 



vazifalarning  bajarilishini  ta`minlash  va  nazorat  qilish  Davlat  ta`lim  standarti 

orqali amalga oshirilish ma`lum. 

Bitiruvchilarning 

tayyorgarlik 

darajasiga 

qo`yiladigan 

talablar 

o`quvchilarning  kimyodan  majburiy  tayyorgarlik  darajasiga,  ya`ni  ularning 

umumiy  o`rta  maktabda  kimyo  ta`limi  jarayonida  egallagan  bilim,  ko`nikma  va 

malakalariga  qo`yilgan  minimal  talablarni  aks  ettiradi.  Umumiy  o`rta  ta`lim 

maktablari  o`quvchilarining  kimyodan  tayyorgarlik  darajasiga  qo`yiladigan 

talablar uning quyidagi asosiy yo`nalishlari bo`yicha belgilanadi. 

a) fundamental nazariyalar; 

b) kimyoviy tilni o`zlashtirish; 

c) kimyoviy tajribalar; 

d) hisoblashga doir masalalar. 



 

   

 

Fundamental  nazariyalar:  o`quvchilarga  atom-molekulyar  ta`limot  asosida 



atom  va  kimyoviy  element,  kimyoviy  formula,  belgi,  elementning  nomlanishi, 

oddiy  va  murakkab moddalarning farqlari, nisbiy  atom  massa,  molekulyar  massa, 

sof  moddalar  tarkibi,  massaning  saqlanish  qonuni,  massa  ulushi,  molyar  hajm, 

kimyoviy reaksiyalarning turlari, davriy qonun va davriy jadvalni tushunib yetishi, 

almashinish  reaksiyalari,  allotropik  shakl  o`zgarishlar,  organik  birikmalarning 

umumiy  formulasi,  tabiatda  uchrashi,  ularni  tirik  organizmlar  hayotidagi 

ahamiyati, metallarning xossalari, kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari va 

ularning amaliy tatbiqi haqidagi bilim, ko`nikma va malakalar o`rganiladi. 

Kimyoviy tilni o`zlashtirish: kimyoviy element, kimyoviy birikma belgilarini 

to`g`ri farqlash, nomini atay bilish, oddiy va murakkab moddalarning formulalari, 

tarkibi,  valentligiga  asosan  to`g`ri  yozish,  anorganik  moddalar:  oksidlar,  asoslar, 

kislotalar, tuzlar tarkibini to`g`ri atash. Davr, qator, guruh, elektronlar, oksidlanish 

darajasi,  kimyoviy  bog`lanishlar,  reaksiyalarning  to`liq  va  qisqartirilgan 

tenglamalarini 

tuzish 

va 


o`qish. 

Metallar, 

uglevodorodlar, 

aromatik 

uglevodorodlar, 

spirtlar, 

efirlar, 

aldegidlar, 

ketonlar, 

karbon 


kislotalar 

formulalarini to`g`ri yozish va o`qish, har bir atamaning ma`nosini anglash uchun 

o`quvchida kimyoviy til rivojlantiriladi. 

Kimyoviy 

tajribalar: 

maktab 


kimyo 

xonasida 

mavjud 

barcha 


o`quvlaboratoriya jihozlarining nomlari uni ishlatish yo`llari, kimyoviy elementlar 

yoki  birikmalarning  o`zaro  ta`sirlashuvidan  yangi  moddalarni  hosil  bo`lishidagi 

reaksiyalarni amaliy tajribalarda isbotlanadi. Umumiy o`rta ta`limda o`quvchilarga 

nazariy  bilimlar  asosida  hodisa  va  jarayonlar  o`quv-laboratoriya  mashg`ulotlarini 

bajarish  bilan  o`rgatiladi.  Bunda  o`rab  turgan  tabiat  tuzilishini  anglashlarida 

muhim bosqich hisoblanadi. 

Hisoblashga  doir  masalalar  yechish:  kimyoviy  reaksiyalar  asosida  va 

kimyoviy  tenglamalar  bo`yicha  moddalarning  nisbiy  molekulyar  massalari, 

gazlarning  hajmini  aniqlash,  moddalarni  massa  ulushi,  mol  miqdorini  hisoblash, 

kimyoviy  ishlab  chiqarishda  mahsulotlarning  nazariy  olish  mumkin  bo`lganda 

massa  miqdorini  hisoblashni  bilish,  eritmalar  tayyorlash  hisoblarini  bajarish, 


 

   

 

aralashmalar  tarkibini  aniqlash  yo`llari  o`zlashtiriladi.  Har  bir  mavzular  asosida 



umumlashtirilgan  masala,  mashq  va  testlar  yechish.  Bu  esa  asosiy  maqsadlardan 

biri hisoblanadi. 

O`quvchilar  quyidagi  kimyoviy  jarayonlarni  nazariy  fundamental  bilimlar, 

kimyoviy  tilni  o`zlashtirish,  kimyoviy  tajribalar  bajarish  va  hisoblashga  doir 

masalalarning yechishni bilishlari shart. 

1.  Nazariy  fundamental  bilimlar:  uglerod  guruhining  umumiy  tavsifi, 

uglerodning  allotropik  shakllari,  xossalari,  anorganik  moddalarning  sinflari 

orasidagi  genetik  bog`lanish,  kimyoviy  ishlab  chiqarish,  kremniy,  natriy  kaliy, 

kalsiy, alyuminiy, temir, oltin, kumush, rux, litiy, mis, xrom, marganes va ularning 

birikmalari,  metallurgiyaning  xalq  xo`jaligini  rivojlantirishdagi  mohiyati, 

A.Butlerovning  organik  moddalarning  tuzilish  nazariyasi,  to`yingan,  to`yinmagan 

uglevodorodlar  va  ularning  tabiatda  uchrashi,  formulasi,  xalq  xo`jaligidagi 

ahamiyati. 

2.  Kimyoviy  tilni  o`zlashtirish:  tuzlar,  ishqorlar,  kislotalar,  organik 

birikmalar, formulasi, nomlanishi. 

3.  Kimyoviy  tajribalar  bajarish:  karbonatlar,  dikarbonatlarning  bir-biriga 

aylanish  xossalari,  uglerod  oksidini  olish,  alyuminiyning  kislota,  ishqorlar  bilan 

ta`sirlashuvi,  ikki  va  uch  valentli  temir  tuzlari  xossalari,  tuz  eritmalari  bilan 

metallarning o`zaro ta`sirini ko`rish, elektroliz. 

4.  Hisoblashga  doir  masalalarning  yechish:  tarkibida  ma`lum  miqdorda 

aralashmalar  bo`lgan  boshlang`ich  moddaning  massasi,  hajmi  ma`lum  bo`lganda 

reaksiya  mahsulotining  massasini  yoki  hajmini  hisoblab  topish,  gaz  holatidagi 

moddaning  molekulyar  formulasini  topish,  eksperimental  masalalar  yechish. 

Masala, mashq va testlar yechish. 

O`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar. 

O`quvchilar bilish vositalariga oid quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: 

- Uglerod guruhining umumiy tavsifi, uglerod allotropiyasi, xossalari, tabiatda 

tarqalishi; 

- oksidlari va ularning birikmalari, xossalari, olinishi, ishlatilishi; 


 

   

 

-  kremniyning  tuzilish  xossalari,  tabiatda  tarqalishi,  ishlatilish  sohalari  va 



uning xo`jalikdagi mohiyati; 

-  metallarning  umumiy  tavsifi:  metallar va  metalmaslarga  xos umumiylik  va 

tafovutlar, tabiatda uchrashi, davriy jadvaldagi o`rni, 

-atom tuzilishi, xossalari; 

- metall bog`lanish, qotishmalar, elektrokimyoviy kuchlanish qatori; 

- korroziyalar haqida ma`lumotlarga ega bo`lish; 

- elektroliz jarayonidagi kimyoviy o`zgarishlarni anglashi; 

- ishqor va ishqoriy yer metallari litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy, frantsiy; 

- ishqoriy yer metallari, beriliy, kalsiy, magniy, stronsiy, bariy, radiy, ularning 

fizik  va kimyoviy  xossalari, tabiatda uchrashi, birikmalari va  ularning ishlatilishi, 

kalsiy birikmalarining tabiat va xo`jalikdagi mohiyati; 

-  alyuminiy,  uning  fizik  va  kimyoviy  xossalari,  tabiatda  tarqalishi,  olinish 

texnologiyasi va ishlatiladigan sohalari; 

- alyuminiy oksidi va gidroksidi, uning xossalari; 

-  mis,  kumush,  oltin,  rux,  kadmiy,  simob,  kalay,  qo`rg`oshin,  temir,  xrom, 

marganes, ularning tuzilishi, oksidlanish darajasi; 

- temirning xossalari, tabiatda uchrashi, ahamiyati

- cho`yan va po`lat ishlab chiqarish va uning mohiyati; 

- metallurgiya, uning xalq xo`jaligini rivojlantirish; 

- O`zbekiston rangli metallurgiyasi, uning istiqbollari; 

- atrof-muhitni zaharli moddalardan muhofaza qilish; 

- atrof-muhitning kimyoviy ifloslanish sabablarini anglash; 

- kimyoviy-texnologik jarayon bo`yicha ishlab chiqarish (xlorid kislota, sulfat 

kislota, mineral o`g`itlar ishlab chiqarish va boshqalar) 

- A.M.Butlerovning organik moddalarning tuzilish nazariyasi; 

- organik moddalarning formulasi; 

- organik moddalarning eng muhim birikmalarining ishlatilish sohalari; 

-  to`yingan,  to`yinmagan  uglevodorodlar.  Ularning  formulasi,  xossalari, 

ishlatish sohalari va ahamiyati; 


 

   

 

- aromatik uglevodorodlar haqida umumiy tushunchalar; 



-  spirtlar,  aldegidlar,  karbon  kislotalar,  murakkab  efirlarning  xossalari, 

tuzilishi va ishlatilishi; 

-  uglevodlarning  tuzilishi,  xossalari,  ishlatilishi  va  ularning  biologik 

ahamiyati. 

- aminlarning tuzilishi, nomlanishi, ishlatilishi; 

- oqsillarning tuzilishi, tarkibi. 

Quyidagi ko`nikmalarni egallashlari zarur: 

-  uglerod  va  uning  birikmalari  kimyoviy  xossalariga  tegishli  reaksiya 

tenglamalarini yozib, tushuntira olish; 

-  karbonatlar  tarkibidagi  elementlarni,  karbonatlar  bilan  bo`ladigan  reaksiya 

natijasida hosil bo`ladigan modda massasi va hajmini isbotlab chiqara olish

- natriy va kaliyni kimyoviy xossalariga tegishli reaksiya tenglamalarini yoza 

olish; 

- kalsiy oksidi, gidroksidini hosil qilish va uni aniqlay olish; 



- temir (II) va (III)-gidroksidini hosil qilishni reaksiya tenglamasini yozish

- cho`yan va po`lat ishlab chiqarish jarayonidagi reaksiya tenglamalarini yoza 

olish; 

-  uglevodorodlarning  izomeriyasi  va  nomenklaturasini  yoza  olish  hamda 



tushuntira bilish; 

-  spirtlar,  aldegidlar,  karbon  kislotalarning  izomeriyasi  va  nomenklaturasini 

yoza olish hamda tushuntira bilish; 

-  uglevodlarning  tuzilishi  va  nomenklaturasini  yoza  olish  hamda  tushuntira 

bilish. 

Quyidagi malakalarga ega bo`lishlari zarur: 

- uglerod (IV)-oksidini olishni va xossalarini o`rganishga tegishli amaliy ishni 

bajara olish; 

- karbonat ioni borligini aniqlashga oid amaliy ishni bajara olish

- kalsiy va magniyni aralashmalaridagi miqdorini hisoblashga oid masalalarni 

yecha olish; 


 

   

 

- alyuminiy gidroksidini hosil qilishi va uning amfoter xossaga ega ekanligini 



amalda isbotlay olish; 

-  temir  (II)  va  (III)  valentli  tuzlarini  aniqlashga  oid  amaliy  ishlarni  bajara 

olish; 

- etilenning bromli suv bilan o`zaro ta`sirini amalda bajarib tushuntira olish. 



Kimyo fanidan umumiy o`rta ta`lim maktabining o`quv dasturi Uqtirish xati 

Hozirgi  ilm-fan,  texnika  va  sanoat  jadal  rivojlanayotgan,  ijtimoiy,  ekologik 

holat keskinlashib borayotgan paytda maktablarda Kimyo fanini mazmun jihatdan 

yangicha  o`qitish  bir  tomondan  zaruriyat  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan,  zamon 

talabidir. 

Maktabda  kimyo  ta`limining  ahamiyati  uning  fan-texnika  taraqqiyotida, 

ishlab  chiqarish  sohalari  va  kundalik  hayotda  tutgan  o`rni  bilan  belgilanadi. 

Umumiy  o`rta  ta`lim  maktablarida  kimyo  fanini  o`qitish  orqali  o`quvchilarning 

ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy  rivojlanishini, o`z-

o`zini  anglash  salohiyatini  shakllantirish  va  o`stirish,  ularda  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlarni  tarkib  toptirish  hamda  ijtimoiy  hayotlari  va  ta`lim 

olishni davom ettirishlari uchun zarur bo`lgan bilimlar beriladi. 

Tabiiyki,  har  qanday  zamonaviy  dastur  kimyo  fanida  va  kimyoviy  ishlab 

chiqarishda erishilgan hamma yutuqlarni o`zida aks ettira olmaydi. 

Demak,  shunday  ekan,  kimyodan  o`quv  dasturining  asosiy  vazifasi 

o`qituvchiga  ayni  fanning  zaruriy  tushunchalari  va  qonunlari  asosida  kimyoviy 

jarayonlarni  boshqarish,  zamonaviy  usullar  bilan  yangi-yangi  moddalar  olish  va 

ulardan  nafaqat  sanoat,  qishloq  xo`jaligi  miqyosida,  shuningdek,  kundalik 

turmushda,  oilada  foydalanishning  umumiy  yo`nalishlarini  ko`rsatib  berishdan 

iborat bo`lishi kerak. Bunda ekologik e`tiqod ham o`z-o`zidan kelib chiqadi. 

Ushbu  dasturning  mazmunini  belgilashda  quyidagilarga  alohida  e`tibor 

berilgan  9-sinfda  o`rganiladigan  kimyoning  mazmuni  imkoni  boricha  o`quvchilar 

atrofini  o`rab  turgan  muhitdagi  hayot;  turmush  va  ishlab  chiqarish  hamda 

o`quvchilarning turmush tajribasi bilan bog`langan bo`lishi lozim. 



 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling