Va zi rl I gi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana31.05.2020
Hajmi1.02 Mb.
#112426
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
miinerall ogiitllar mavzusiinii oqiitiishda ekskursiiyaniing orni-1


   

 

tushuntirishlarnigina  berish  kerak.  O`quvchilarning  savollariga  sexdan  chiqishda, 



eshik oldida javob berish mumkin.  

Agar  o`qituvchi  ayni  ishlab  chiqarishni  yaxshi  bilsa  o`zi  muxandis-texnik 

xodimlar  yordamidan  foydalanib  ekskursiyani  o`tkazishi  maqsadga  muvofiq 

bo`ladi.  Ekskursiya 

–  o`quv  jarayonining  o`ziga  xos  shakli  bo`lganligi  tufayli 

o`quvchilarni ma`lum vaqt davomida alohida tayyorlab borishni talab qiladi. Uning 

natijasi  ayni  shunga  bog`liq  bo`ladi.  Tajribali  o`qituvchi  qator  darslar 

davomiyligida o`quvchilar diqqatini u yoki bu yo`l bilan bo`lajak ekskursiya bilan 

bog`lab  boradi.  Ekskursiya  arafasida  esa  o`qituvchi  sinfda  maxsus  kirish 

mashg`ulotini  tashkillash  maqsadida  quyidagilarni  bajarishi  lozim  bo`ladi:            

a)  o`quvchilarga  ekskursiya  maqsadini  tushuntirishi;  b)  ob`ekt  haqida  umumiy 

tushuncha  berishi;  c)  ekskursiya  materialni  tushunishlari  uchun  zarur  bo`lgan 

bilimlarni  berishi;  d)  qurilma  va  jarayonlarni  o`rganish  va  kuzatishni 

engillashtirishga  yordam  berishi  mumkin  bo`lgan  chizma  hamda  sxemalarni 

namoyish qilishi; e) ekskursiya rejasi bilan tanishtirishi;  f) o`quvchilarga yig`ilish 

vaqti va joyini, ekskursiya yo`nalishini e`lon qilishi, sinf o`quvchilarini guruhlarga 

ajratishi va har bir guruhga alohida aniq topshiriq berishi kerak bo`ladi.  

O`qituvchi butun ob`ektni tomosha qilishdan tashqari yana nimalarga e`tibor 

qaratish lozimligini, nimani yozish va chizishni, qaysi xujjatli materiallar yig`ishni 

(zavod  tarixi,  kasb  egalari,  xom  ashyosi,  xom  ashyoni  qayta  ishlash  va  asosiy 

mahsulotni olish uchun qo`llaniladigan jarayonlar, mahsulot assortimenti, istiqbolli 

rejasi,  hamkorlari,  istemolchilari,  atrof-muhit  muhofazasi),  kim  xom  ashyodan, 

kim mahsulotdan namunalar olishini, buning uchun qanday idish va toza yorliqlar 

olish  kerakligini  avvaldan  tayinlab  chiqadi.  O`qituvchi  shuningdek  ekskursiya 

materiali  mavzusiga  oid  xabarlarni  aytadi  va  qo`shimcha  adabiyotlarni  tavsiya 

qiladi. 


Kirish  mashg`ulotida  o`qituvchi  texnika  xavfsizligini  tushuntiradi.  Biroq  bu 

ishga  kirishib  ketib  o`quvchilarni  xavfsizlik  qoidalarini  yodlash  bilan  band  qilib 

qo`ymaslik kerak. Ular asosiysini o`zlashtirib olishsin. O`quvchilar polga to`kilgan 

suyuqliklarni  bosib  olinganda  hosil  bo`ladigan  dog`larning  oqibatini,  qurilma  va 



 

   

 

idishlarga  tegmaslik  kerakligini,  sex  boshlig`i  yoki  ustadan  so`roqsiz  namunalar 



olmaslik lozimligini bilishlari kerak.  

Butun  tayyorgarlik  shunday  tashkillanishi  kerakki,  u  o`quvchilarda  qiziqish 

uyg`otsin.  Diqqatni  nimaga  va  qaerga  qatarish  lozimligi  haqidagi  aniq  ko`rsatma, 

samarasiz  kuzatuv  va  befarqlik  oldini  oladi,  muhim  ishlab  chiqarish  hodisalari 

o`rtasidagi  mantiqiy  bog`liqlikni  o`rnatilishiga  va  faollikni  yuzaga  kelishiga  olib 

keladi.  Ekskursiya  rejasini  bosqichlarga  bo`linishi,  tushuntirish  lozim  bo`lgan 

kuzatishlar  va  savollar  haqidagi  ko`rsatmalarni  ekskursiya  davomida  o`quvchilar 

daftarlariga yozib borishlari uni samaradorlini oshiradi. 

Trenajyor-qurilmalar, zavod qurilmalari maketlari va modellari bo`lgan zavod 

muzeyi yoki OTK, texnika uylari, ko`rgazmalarga ekskursiya uyushtirish nisbatan 

qulay  hisoblanadi. Bunday  ekskursiyani  o`tkazish ham  jiddiy  tayyorgarlik  ko`rish 

kerak.  Ekskursiyadan  avval  o`qituvchi  ayni  ishlab  chiqarish  negizidagi  kimyoviy 

reaksiyalar  haqida  ma`lumot  beradi,  o`quvchilarning  bilimlarini  umumlashtiradi, 

maket  va  modellarni  o`rganish  bo`yicha  tegishli  ko`rsatmalar  beradi.  Eksponat 

oldida tushuntirishni muzey, vistavka xodimi yoki o`qituvchining o`zi olib borishi 

mumkin.  Bu  shakldagi  ekskursiya  ma`lumot  banki  jihatidan  nisbatan  kambag`al 

bo`lsada, samaradorligi mavjud, o`quvchilarning bilish darajasi va dunyoqarashini 

kengaytirish uchun xizmat qiladi.  

Mineral  o`g`it  omboriga  yoki  to`qimachilik  fabrikasi  bo`yash  sexiga 

qilinadigan  ekskursiya  (IX  sinf)  kimyoviy  jarayonlar  amaliy  ahamiyatga  ega 

bo`lgan  ishlab  chiqarishning  bir  qismini  ko`rish,  kimyoviy  bilimlar  qo`llanilishi 

bilan  bog`liq  bo`lgan  turli  kasb  egalari  bilan  tanish  imkoniyatini  yaratish  orqali 

o`quvchilarda nisbatan boy taassurot qoldiradi.  

 

     Fanlararo ekskursiya uyushtirish va uni o`tkazish 

O`quv ekskursiyalari mavzuli va fanlararo bo`lishi mumkin.  

Mavzuli  ekskursiyada  o`quvchilar  darsda  olgan  bilimlarini  qo`llashi  kerak 

bo`lgan aniq bir ishlab chiqarish bilan, masalan, mineral o`g`it, sulfat kislota yoki 

sintetik ammiak ishlab chiqarish zavodi bilan tanishadilar. Fanlararo ekskursiyada 


 

   

 

o`quvchilar bir necha fanlardan (kimyo, biologiya, fizika, geografiya va boshqalar) 



olgan  bilimlarini  kompleks  qo`llash  kerak  bo`lgan  korxonalarga  ekskursiyaga 

chiqariladi.  

Kimyodan o`quv ekskursiyasini ham kompleks tashkillash maqsadga muvofiq 

hisoblanadi.  Bunday  ekskursiyalar o`quvchilar vaqtini iqtisod qiladi.  Ular  2-3  fan 

o`qituvchisi  hamkorligida  bir  ishlab  chiqarish  korxonasiga  tashkillanadi. 

O`qituvchilar  oldida  kimyoni  fizika,  biologiya,  geografiya,  tarix  va  boshqa  fanlar 

hrtasidagi bog`liqlikni ochib berish imkoniyati yuzaga keladi. Natijada o`quvchilar 

turli qurilma va apparatlarning tuzilishi, ishlash prinsipini, texnologik jarayonning 

borishini  chuqurroq tushunib  etadilar.  SHunday  qilib  ishalab  chiqarish  haqida har 

tomonlama  tassavurga  ega  bo`linadi,  turli  fanlar  uchun  umumiy  bo`lgan 

tushunchalar  nuqtai  nazardan  ko`rib  chiqilishi  uning  ilmiy  asoslari  haqidagi 

qonuniyatlarni to`liq tushunilishiga sabab bo`ladi. Bu esa o`z navbatida, dunyoning 

yagonaligi  ilmiy  va  materialistik-dialektik  tarzda  tushuntirish  orqali  o`quvchilar 

dunyoqarashlarini  shakllantirishga  olib  keladi.  Ekskursiyani  o`tkazishga  fanlararo 

yondashish  yana  shuning  uchun  zarurki,  korxonalar  asosiy  ishlab  chiqarishlar 

sohasiga ko`ra turlicha bo`lsada (energetik, kimyoviy,  mexanik, qishloq xo`jalik), 

amalda ular bir-biri bilan uzviy bog`langandir.  

Kimyoviy  va  fizikaviy  jarayonlar  o`rtasidagi  bog`liqni  kompleks  ekskursiya 

vaqtida  yaqqol  misollar  orqali  ko`rsatib  berish  mumkin  bo`ladi.  Masalan, 

mashinasozlik  zavodiga  kimyoda  metallar  va  metallurgiya  mavzusi  bo`yicha, 

fizikada  elektr  toki  mavzusi  bo`yicha  ekskursiya  uyushtirish  mumkin.  Zavodda 

o`quvchilar tokorlik, payvandlash ishlari jarayonlarini kuzatish orqali metallarning 

xossasi,  olinayotgan  detal  qattiqligi  va  tarkibini  mahsulot  sifatiga  ta`siri,  shixta 

tarkibi va  jarayonlar mohiyatiga darsda egallagan bilimlarini qo`llashlari  mumkin 

bo`ladi.  Buning  uchun  o`quvchilar  nafaqat  kimyodan  balki  fizikadan  olgan 

bilimlarini ham ishga solishi kerak bo`ladi. 

Bo`lajak  ekskursiyaga  sinf  o`quvchilarini  yaxshilab  tayyorlashning  o`zi  uni 

muvaffaqiyatli  o`tkazish  uchun  etarli  hisoblanmaydi.  Ekskursiya  maqsadiga  to`la 

erishish va ishlab chiqarishga borish o`quvchilarda yangi bilim va yorqin tassaavur 


 

   

 

hosil  qilishi  uchun  ekskursiyani  barcha  bosqichlar  bo`yicha  o`tkazish  metodikasi 



haqida jiddiy bosh qotirish kerak. Avvalo uni o`tkazish rejasini quyidagilar asosida 

tuzib chiqish zarau: 

1   Ayni  ishlab  chiqarish  korxonasi  haqida  qisqacha  tavsif  (paydo  bo`lish  va 

rivojlanish tarixi, ishlab chiqarishning rentabelligi va istiqbolli rejalari). 

2   Foydalanishi  mumkin  bo`lgan  xom  ashyosi  va  uni  qayta  ishlashga 

tayyorlash masalalari. 

3   Xom  ashyoni  qayta  ishlash,  uni  tayyor  mahsulotga  aylantirishda 

qo`llaniladigan  kimyoviy  reaksiyalar,  ularni  o`tkazilish  sharoitlari  va  bu 

jarayonlarni boshqarish. 

 4   Ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  assortimenti  va  ularning  xalq 

xo`jaligidagi o`rni.  

5  Ishlab chiqarish jarayonlarining bosqichlarga bo`linishi.  

6   Alohida  bosqichlarda  sodir  bo`ladigan,  texnologik  jarayonlar  boradi-gan, 

muhim qurilmalar va ularning ishlash prinsipi. 

7   Kimyo  sanoatining  (ayni  mahsulot  ishlab  chiqarishda  sodir  bo`ladi-gan) 

umumiy ilmiy prinsiplari.  

8  Kimyo mutaxassisligiga oid kasb egalari, ular bajaradigan ish funksiyalari, 

ushbu  kasb  egasi  faoliyat  ko`rsatishi  uchun  talab  qilinadigan  psixofizologik 

talablar.  

9  Ayni sohadagi fan-texnika taraqqiyoti. Ishlab chiqarish zarbdorlari va ular 

faoliyatining ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati hamda unumdorlikka ta`siri.  

So`zsiz, bu reja yo`naltiruvchi hisoblanadi. Ishlab chiqarish bilan tanishish u 

yoki bu jihatdan ekskursiya ob`ektiga bog`liq bo`ladi. O`quvchilarda ortiqcha yuk 

yuzaga  kelmasligi  uchun  ishlab  chiqarishning  barcha  tarmoqlari  va  sexlari  bilan 

batafsil  tanishtirish  shart  emas.  SHu  sababli  taklif  qilinayotgan  rejaga  tuzatishlar 

kiritishda  ekskursiya  tashkillanayotgan  ob`ektni  o`rganish  jihatlari  va  dastur 

talabidan  kelib  chiqiladi.  Zaruriyat  bo`lsa  birinchi  rejani  oxirida  ko`rib  chiqish 

mumkin.   



 

   

 

Ekskursiyani  tashkillash  va  o`tkazish  metodikasi  ko`p  jihatdan  ekskursiya 



ob`ekti  jihozlari  va  qurilmalarining  ish  prinsipini  avvaldan  taxminan  tushuntirib, 

keyinchalik  uni  o`tkazish  vaqtida  qurilmalarni  ko`rsatish  mumkin  bo`ladi.  Har 

qanday holatda ekskursovoddan o`quvchilar bilan kirish  15-20-minutlik) suhbatini 

uyushtirishni  so`rash  lozim,  qaysiki  suhbatda  ishlab  chiqarish  tarixi, 

foydalaniladigan 

xom 


ashyolar 

va 


chiqarilayotgan 

mahsulotlar, 

ishlab 

chiqarishning  umumiy  texnologik  sxemasi,  zavod  hududida  harakatlanish  vaqtida 



qat`iy rioya qilinishi kerak bo`lgan texnika xavfsizlik qoidalari aytib o`tiladi.  

Kirish  suhbatini  o`quvchilar  diqqatini  bo`lmaslik  uchun  tinch  binolarda, 

masalan, zavod muzeyida yoki texnik kabinetda o`tkazish tavsiya qilinadi. Suhbat 

o`tkaziladigan  bino  kerakli  illyustrasiyalar,  sxemalar,  model  va  maketlar,  boshqa 

ko`rgazmali vositalar bilan jihozlangan bo`lsa uning samaradorligi yanada ortadi.  

Ekskursiya  o`tkazish  uchun  uchun  o`quvchilarni  15-20  kishilik  guruhlarga 

bo`linadi. Har bir guruh bilan ekskursiya alohida tashkillanadi va o`tkaziladi. Agar 

ekskursiya  bir  vaqtda  tashkillanadigan  bo`lsa  bir  guruhga  bilan  ishlab  chiqarish 

xodimi  ma`sul  bo`lsa,  ikkinchi  guruhga  o`qituvchining  o`zi  ma`sul  bo`ladi. 

Ekskursiya  boshlanishida  va  nihoyasida  albatta  o`quvchilarni  ro`yhat  bo`yicha 

yo`qlama qilish va ulardan ma`suliyat talab qilish zarur. O`quvchilarni ekskursiya 

vaqtida  guruhdan  ajramaslik,  qurilmalar  va  jihozlar,  ayniqsa  kimyo  sexlarida 

(bosim  ostida  ishlayotgan  yoki  inson  organizmiga  zararli  ta`sir  qiluvchi  modda 

chiqish  xavfi  bo`lgan  qurilmalar)  oldida  qolib  ketmaslik  haqida  ogohlantiriladi. 

YUqorida  sanalgan  ehtiyot  choralariga  rioya  qilinishi  ekskursiya  davomida  sodir 

bo`lishi mumkin bo`lgan baxtsiz hodisa va falokatlar oldini oladi.  

Ob`ektni  kuzatishda  o`quvchilar  ikki  qator  yarim  doira  bo`lib,  qurilmadan 

ma`lum masofada, ekskursovod yonida turushlariga e`tibor beriladi. 

O`quv ekskursiyasida suhbat ko`rsatib amalga oshiriladi. Texnika xavfsizligi 

qoidalari  bilan  tanishtirilgandan  keyin  ishlab  chiqarish  bilan  boshlang`ich  xom 

ashyodan  to  tayyor  mahsulot  olinguncha  bo`lgan  barcha  bosqichlar  texnologik 

sxema  bo`yicha  muhim  tarkibiy  qismlari  bilan  batafsil  ko`rsatib  tushuntiriladi. 

Bunda  ekskursovod  avval  o`quvchilarga  ob`ektni  butunlayicha  ko`rsatib,  keyin 


 

   

 

alohida savollarga javob berishga o`tishi zarur. SHu yo`l bilan suhbatni ob`ektning 



o`ziga va uning funksiyalariga tegishli mantiqiy uzviyligi saqlanadi. 

Bir  savoldan  boshqa  savolga  javob  berishga  o`tishda  (texnologik 

jarayonlariga  mos  ravishda  ishlab  chiqarishning  bir  bosqichidan  boshqa 

bosqichiga)  mantiqiy  ketma  ketlikni  saqlash  kerak.  Bir  necha  savollarga  ularning 

mazmuni  va  ahamiyatiga  ko`ra  javob  berilgandan  keyin  alohida  xulosalar  yasash 

mumkin  bo`ladi.  Havoni  suyuqlantirib  kislorod  olish  sexida,  qaysiki  u  erda  faqat 

qurilmalar bo`lib xizmat ko`rsatuvchi xodimlar bo`lmaydi yoki umumiy boshqaruv 

pulti  orqali  o`lchov-nazorat  ko`rsatkichlari  yordamida  ishlab  chiqarish  to`liq 

avtomatlashtirilgan 

sintetik 

ammiak 

olish 


qurilmasini 

ko`rsatishda, 

ko`rsatkichlarga tayangan holda berilgan ishchi rejimni saqlanishi, mahsulot unumi 

va  qurilmalarning  quvvati,  mehnat  unumdorligi  nazorat  qilinadi,  boshqariladi. 

O`quvchilarga  texnologik  jarayonning  ahamiyati  va  ishlab  chiqarishni 

avtomatlashtirishning afzalliklari haqida shu erda eslatib o`tish kerak bo`ladi.  

Ekskursiya vaqtida o`quvchilarning diqqatini zamonaviy ishlab chiqarishning 

quyidagi jihatlariga qaratish lozim: a) jarayonlarning uzluksizligi, har bir qurilmani 

avtomatlashtirish  va  o`rganilish  kerak  bo`lgan  barcha  qurilmalarni  faoliyatini 

moslashtirish; b) qurilmalarga xizmat ko`rsatuvchi kishilar soni va ularning kasbiy 

tayyorgarlik  darajasi;  v)  ishlab  chiqarish  ustidan nazorat qiluvchi  zavodning bosh 

va  sexlar  bo`yicha  labaratoriyalarini  zamonaviy  fiziko-kimyoviy  jihozlar  bilan 

ta`minlanganlik darajasi.  

O`quvchilarni  g`oyaviy-siyosiy  tarbiyasini  o`stirishda  ishlab  chiqarishni 

rivojlantirish  istiqbollari,  mahsulot  unumini  uzluksiz  o`sib  borishi,  zavod 

binolarining  kengaytirish  masalalari,  ularni  yangi  zamonaviy  jihoz,  mashina  va 

qurilmalar  bilan  ta`minlab  borish,  ishchilarni  mehnat  faoliyatini  yaxshilash, 

ishchilarning  sog`lig`i  va  atrof-muhit  muhofazasi  masalalarini ko`rilishi kabilarga 

e`tibor berish kerak. 

O`quvchilar  o`quv  ekskursiyasi  davomida  ayni  ishlab  chiqarishga  oid  asosiy 

kasb  egalari  bilan  tanishishlari  kerak.  Ular  kimyo  korxonasining  muhim  kasb 

egalari 


–  operatorlar,  apparatchilar,  labarantlar,  sex  ustalari  va  texnolog-

 

   

 

muxandislarni  ko`rishlari  lozim.  Har  bir  kasb  egasi  o`z  vazifasining  mohiyati  va 



texnika xavfsizligiga rioya qilishning ahamiyati haqida o`quvchilarda taassavurlar 

hosil  qilishlari  kerak.  Bunda  mutaxassislik  bo`yicha  kimyoviy  bilimlarni 

egallashning:  ishlab  chiqarishda  mahsulot  unumini  oshirish,  ishlab  chiqarishdagi 

jarayonlarni  qulaylashtirish,  mehnat  unumdorligini  ko`tarish,  ishlab  chiqarish 

quvvatini  to`liq  bo`lishida  qurilmalardan  foydalanishdagi  ahamiyatini  ochib 

berishdan  iborat.  Agar  ekskursovod  ishlab  chiqarish  zarbdori  ishlayotgan 

qurilmani ko`rsatib tushuntirish berayotgan bo`lsa, o`quvchilar diqqatini uning ish 

uslubiga,  ish  joyini  tayyorlanishiga  qaratishi  va  kiritilgan  rasionalizatorlik 

taklifining  mohiyatini  tushuntirishi  lozim.  Iloji  bo`lsa  avvaldan  biror  ishlab 

chiqarish  zarbdori  bilan  tanishib,  ekskursiya  davomida  uning  o`z  og`zidan 

o`quvchilar  kimyoviy  bilimlarning  kasbidagi  muhim  o`rnini  eshitsalar  yanada 

yaxshi bo`ladi.  

Ko`pgina kimyo korxonalarida qurilmalar yopiq tizimda ishlaydi, shu sababli 

o`quvchilar  ularni  tashqi  tomondandan  kuzatisha  oladi.  Agar  ekskursiya  vaqtida 

vaqtincha  to`xtatilgan  qurilma  mavjud  bo`lsa,  o`quvchilarga  qurilmaning  ichki 

tomonini tomosha qilish imkoniyatini berish kerak.  

Zavodning  kimyo  labaratoriyasiga  kirish  va  u  erni  kuzatishni  esdan 

chiqarmaslik  kerak.  Balkim  butun  labaratoriya  o`quvchilar  uchun  tushunarli 

bo`lmasligi  mumkin,  shu  sababli  analiz  o`tkazish  jarayonidagi  barcha  kimyoviy 

reaksiyalarni  tushuntirib  berish  kerak.  Labaratoriyada  bajariladigan  asosiy  ishlar, 

xom  ashyo  tarkibi  va  sifatini  aniqlashning  ahamiyati,  tayyor  mahsulotni  nazorat 

qilish,  shuningdek  o`rnatilgan  texnologik  rejimda  qurilmalarning  ishlash  jarayoni 

o`quvchilarga tushunarli bo`lishi lozim.  

Labaratoriya  ishi  bilan  o`quvchilarni  tanishishi  kimyoviy  bilimlarning  ishlab 

chiqarish  muvaffaqiyati  garovi  ekanligiga  ishontiradi,  shundan  so`ng  ular  fan 

asoslarini o`zlashtirishga astoydil  kirishadilar.  

Ekskursiya  yakunida  qisqacha  xulosalovchi  suhbat  o`tkazildi.  Unda 

ekskursovod  o`quvchilar  va  o`qituvchining  savollariga  javob  beradi,  ishlab 

chiqarishni  rivojlantirish  rejasi  va  istiqbollari  bilan  tanishtiradi,  ishlab  chiqarish 


 

   

 

bo`limlarining  xalq  xo`jaligidagi  ahmiyatini  ko`rsatib  beradi.  Bunda  taqqoslash 



usuli  katta  samara  beradi.  Masalan,  mavzular  mohiyatini  ochib  berish  uchun  bir 

necha  ob`ektlarning  ko`rsatkichlarini  o`zaro  taqqoslash  mumkin.  Esda  tutish 

lozimki,  ishlab  chiqarish  muvaffaqiyatlari  ko`rsatish  uchun  foydalaniladigan 

raqamli ma`lumotlarni diqqat bilan keraklilarini tanlab olish kerak. 

Suhbatni  yakunlash  bosqichida  agar  kirish  suhbatida  aytilmagan  bo`lsa 

o`quvchilarga  ayni  ishlab  chiqarishni  qaysi  ishlab  chiqarish  korxonalari  (xom 

ashyo beruvchi, mahsulot iste`molchilari) bilan bevosita bog`liqligini; mehnatni va 

atrof-muhitni  muhofaza  qilish  uchun  qanday  tadbirlar  ko`rilishini;  suv 

resurslaridan  va  chiqindilardan  omilkorona  foydalanish  yo`llarini  aytib  o`tish 

zarur.  


Ekskursiya  mazmuni  qisqacha  umumlashtirilgandan  keyin  o`quvchilar  o`z 

savollariga  javob  olishadi.  So`ngra  ekskursovodning  o`zi  o`quvchilarga 

kuzatilganlarni  asosiysini,  ayniqsa  maktab  dasturiga  kirmaganini,  tushungan-

tushunmaganligini  aniqlash  uchun  bir  necha  savollar  bilan  murojaat  qilishi 

mumkin. Qo`shimcha savollarni o`quvchilarga o`qituvchi beradi.  

 

     Ekskursiya natijalarini xulosalash 

Yakunlovchi  suhbatda  ekskursovod  ekskursiya  natijalari  bo`yicha  xulosalar 

chiqarmaydi.  O`quv  ekskursiyasi  vaqtida  o`quvchilar  egallagan  bilimlarini 

tizimlashlari,  umumlashtirishlari,  rivojlantirishlari  va  mustahkamlashlari  kerak 

bo`ladi.  Bu  keyinchalik sinfda va sinfdan tashqari  mashg`ulotlardagi  jarayonlarda 

amalga oshiriladi.  

Ekskursiyadan  keyingi  birinchi  kimyo  darsida  o`quvchilar  xotirasida  hali 

olingan  tassaaurlar  eskirmasdan  ekskursiya  davomidagi  o`z  yozuvlarini  tartibga 

tushurishlari va javoblarga tayyorgarlik ko`rishlari kerak bo`ladi.  

Yakunlovchi  darsda  ekskursiya  natijalarini  umumlashtiruvchi  suhbat 

o`tkazishda birinchi o`ringa ekskursiyada olingan bilimlar qo`yiladi. Ekskursiyaga 

tayyorgarlik bosqichida o`qituvchi o`quvchilarga ekskursiya vaqtida e`tibor berish 

lozim bo`lgan jihatlar, bo`lajak o`quv ekskursiyada o`quvchilar kuzatishi mumkin 



 

   

 

bo`lgan  jarayonlar,  buning  uchun  ekrak  bo`ladigan  bilimlar  haqida  suhbat 



o`tkazgan.  Yakunlovchi  darsda  o`quvchilarning  o`zlari  faol  bo`lishadi,  o`qituvchi 

esa  ularning  suhbatini  savollar  berib  yo`naltirib  turishi,  zaruriy  tuzatishlar, 

aniqliklar va qo`shimchalar kiritishi kerak bo`ladi. Muhokama qilinadigan savollar 

ekskursiyadan  avval  tayyorlov  darsida  berilgan  ichidan  beriladi.  Unda 

o`quvchilarning  barchasi  qaysi  guruhga  a`zo  bo`lganliklaridan  qat`iy  nazar 

qatnashishlari talab qilinadi. 

O`qituvchi  ekskursiya  xulosalarini  qabul  qilar  ekan,  quyidagilarni:  a)  ishlab 

chiqarishda  mahsulot  olish  uchun  foydalaniladigan  xom  ashyo  va  tayyor 

mahsulotlarning  ahamiyati,  asosiy  qurilmalar,  ularning  ishlash  va  tuzilish 

prinsiplari;  b)  muhim  kimyoviy  jarayonlar,  jarayonlarni  borish  qonuniyatlarini  va 

ularni  boshqarishni  tushunganliklari;  v)  kimyoviy  ishlab  chiqarishning  asosini 

tashkil qiluvchi etakchi kasb va mutaxassisliklar haqidagi bilimlarni tekshiradi.  

O`quvchilar  ekskursiya  vaqtida  kuzatishlarda  diqqatli  bo`lishga  o`rgatish 

uchun ekskursion materialni taxminan o`zlashtirilganlik darajasini tekshirish kerak. 

SHu  sababli  savollarni  shunday  tuzish  kerakki,  o`quvchilar  barcha  ko`rganlarini 

ekskursiya borishi tpartibida gapirib berishsin.  

Bunda  javoblar  o`zaro  bog`langan  va  keng  yoritilganligiga  e`tibor  qaratish 

lozim.  Masalan,  ekskursiya  natijalarini  xulosalashda  quyidagi  savollarni 

muhokama qilish mumkin:  

1   Nima  uchun  superfosfat  ishlab  chiqarishda  xom  ashyo  tarkibidagi  ftorni 

tutib qolish zarur? Bu qanday amalga oshiriladi?  

2  Oddiy superfosfatni ammoniylash nima uchun kerak?  

3  Zamonaviy yog`-moy zavodlarida qanday ilmiy asoslardan foydalaniladi?   

O`quvchilarning  shunday  yo`naltirish  kerakki,  javoblar  aynan  ishlab 

chiqarishda  ko`rilganlarga,  namoyish  qilinuvchi  vositalarga:  jadvallar,  sxemalar, 

kolleksiyalar,  alohida  ob`ektlarni  o`quvchilarning  o`zlari  chizgan  tasvirlari 

asoslansin.  Ekskursiyadan  avval  o`qituvchi  ishlab  chiqarish  detallariga  to`xtalish 

imkoniyatiga ega bo`lmaydi, shu sababli ayni shu holatda o`quvchilar oldiga aniq 

javob talab qiluvchi qo`shimcha savollarni qo`yish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 


 

   

 

Masalan, shishasozlik zavodiga ekskursiyadan so`ng o`quvchilarga ushbu savollar 



bilan murojaat qilish mumkin: 

1. Qum,  oxak  va  sodani  shisha  pishirishdan  avval  tayyorlash  nima  uchun 

zarur? 

2. Ohakni maydalash va quritish pechining ish prinsipini tushuntiring. 



3. Boshlang`ich  materiallar  qachon  va  qaysi  qurilmalar  yordamida  vanna 

pechiga yuklanadi? 

4. Shishaga  u  yoki  bu  xossani  bag`ishlash  uchun  qaysi  qo`shimchalar 

qo`llaniladi? 

5. SHisha buyumlarni qulda tayyorlash qanday amalga oshiriladi? 

6. Mahsulotni  avtomatik  ishlab  chiqarish  qurilmasi  qanday  operasiyalarni 

bajaradi? 

7. Vannaning turli tomonlaridagi harorat qanday boshqariladi?  

Shu kabi savollar hamma o`quvchilar kuzatish malakasiga egami  yo yo`qmi, 

ishlab chiqarish haqida qanday tassaaurga ega bo`lganligini tekshirish, egallangan 

bilimlarni aniqlashtirish imkoniyati beradi.  

Dars  yakunida  o`tkaziladigan  umumlashtiruvchi  suhbatning  ikkinchi 

bosqichida  daliliy  materiallar  taxlil  qilinadi,  avval  o`rganilganlar  va  kimyoviy 

ishlab chiqarishda ko`rilganlar bilan aloqasi ko`rib chiqiladi.  

Muhokama  uchun  o`quvchilar  ekskursiya  vaqtida  kuzatgan  yoki  sinfda  dars 

payti  o`rgangan  qurilma,  jihoz  va  mashinalar  haqidagi  savollarni  tavsiya  qilish 

mumkin.  O`quvchilarni  kimyoni  o`rganishda  qaysi  bosqichda  ekanliklariga  va 

tayyorgarlik  darajasiga  ko`ra  umumiy  tuzilishga  ega  bo`lgan  bir  qator  qurilmalar 

haqida  xulosa  chiqarish  mumkin.  Masalan,  metallurgiya,  sulfat  kislota,  sintetik 

ammiak,  soda,  sement,  yog`-moy,  lak-bo`yoq  ishlab  chiqarishda  uchraydigan 

reaktorlar,  pechlar  va  regenatorlar,  yuvish  va  yutish  minorasi,  turli  kislotalar,  gaz 

tozalash inshoatlari, issiqlik almashtirgichlar, filtr-presslar, kompressorlar haqida.  

Qurilmalarning  tuzilishi  va  ishlash  prinsipini  tushunish  o`quvchilarni 

politexnik  ta`lim  berish  va  ishlab  chiqarishning  material  sohasidagi  tayyorgarlik 

darajasini oshirishga xizmat qiladi.  


 


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling