Vakillik, vakillik tushunchasi va uni amalga oshirish tarrib qoidalari


Download 67.02 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi67.02 Kb.
#1015996
  1   2   3   4
Bog'liq
Qurbonazarova Odina. mustaqil ish tayyori




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTET MILLIY G’OYA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIM YO‘NALISHI 3-BOSQICH 720-GURUH TALABASI
QURBONAZAROVA ODINABONUNING FUQAROLIK HUQUQI FANIDAN “VAKILLIK, VAKILLIK TUSHUNCHASI VA UNI AMALGA OSHIRISH TARRIB QOIDALARI ” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI


Topshirdi: ______________
Qabul qildi: __________________

Termiz – 2022
MUNDARIJA

REJA:

1.Vakilliklar haqida ma’lumot……………………………


2. Vakillik tushunchasi haqida ta’riflar…………………..
3. Vakillikni amalga oshirish tartib qoidalari……………

Vakillik — bir shaxsning boshqa shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga oshirishi va asosan bir shaxs (vakil)ning vakolat boʻyicha tuzgan bitimi; vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Mazkur vakolat ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan boʻlishi kerak. Fuqarolar fuqarolarga, yuridik shaxslarga Vakillik qilishlari mumkin. Yuridik shaxs faqat oʻz ustavida koʻzda tutilgan hollardagina yoki faoliyat harakteriga muvofiq boʻlgandagina fuqarolar yoki yuridik shaxslarning vakili boʻlishi, muomalaga layoqatli shaxslar oʻzlari tanlagan vakillar orqali bitim tuzishlari mumkin. Bitim oʻz harakteriga koʻra fakat shaxsan tuzilishi mumkin boʻlgan hollar, shuningdek qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadi (OʻzR FK, 129—131-moddalar).Muomalaga layoqatli shaxslar o‘zlari tanlagan vakillar orqali bitimlar tuzishlari mumkin, bitim o‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan vakillikni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.


Vakillik deb, bu bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga oshirishiga aytiladi. Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi (FK, 129-modda).Vakillikning mohiyati shundaki, bunga asoslanib tuzilgan bitimlar faqat vakolat beruvchi uchungina muayyan huquq va majburiyatlarni tugʻdiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Vakilning shaxsan oʻzi esa bitimlar yuzasidan hech qanday huquq va majburiyatlar olmaydi. Kishining shaxsi bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan bitimlarni vakil orqali tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Masalan, nikoh shartnomasi tuzish, alimentlarni undirish yoki toʻlash bilan bogʻliq majburiyatlar.
Vakillik orqali huquq layoqatini amalga oshirishda - huquqlar olish va majburiyatlarni bajarish mumkin boʻlmaganligi sababli vakillarning xizmatiga fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham muhtoj boʻladilar. Chunonchi, fuqaro oʻziga qarashli uy-joyni vakil orqali boshqarishi yoki sotishi, tashkilotlar esa vakillar orqali bir-birlari bilan har xil shartnomalar tuzishlari mumkin.Muomalaga layoqatli fuqarolargina vakil boʻlishlari, vakillik qilishlari mumkin. Istisno sifatida ayrim hollarda oʻn olti yoshga toʻlib, pasport olgan fuqaro ham vakil boʻlishi mumkin. Fuqarolarning faqat bir-birlari uchungina emas, baʼzi hollarda tashkilotlar uchun ham vakil boʻlishlariga qonun yoʻl qoʻyadi. Masalan, savdo va taʼminot boʻlimlarining agentlari, mahsulot tayyorlovchi vakil va boshqa xodimlar tashkilotlarning vakillari sifatida ish bajaradilar.Sudda voyaga yetmagan shaxslar, vasiylik va homiylik ostidagi shaxslar fuqarolarning vakillari sifatida qatnasha olmaydilar. Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar qonuniy vakil sifatida (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) shuningdek tegishli sud yoki prokuraturaning vakili sifatida qatnashish hollaridan tashqari, sudda vakil boʻla olmaydilar (FPK, 51-modda).
Vakolat deb- vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan yuridik harakatlar qilishga va shu bilan u uchun huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquq tushuniladi. Vakilning vakolatlari qonunga, sud qaroriga, vakil qilingan davlat organlarining hujjatiga yoki ishonchnomaga asoslangan boʻlishi mumkin.Vakil oʻz vakolatini vakolat beruvchining manfaatlarini koʻzlabgina amalga oshirishga majbur. Binobarin, vakil oʻziga vakolat bergan shaxs nomidan, shaxsan oʻziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili boʻlgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas – tijorat vakilligi boʻlgan hollar bundan mustasno. (FK, 129-modda, 3-band).
Agar oshkora shaxs nomidan harakat qilish uchun hech qanday vakolat boʻlmasa yoki vakolatli boʻlsa ham uning doirasidan chetga chiqilgan boʻlsa, bu holda tuzilgan bitimlar boʻyicha kimning nomidan harakat qilgan boʻlsa, mazkur shaxs uchun huquq va majburiyatlar vujudga kelmaydi.Fuqarolik Kodeksining 132-moddasida koʻrsatilganidek, boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs keyinchalik maʼqullangan taqdirdagina, uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham, bunday bitim maʼqullangan hisoblanadi.Vakil qiluvchi tomonidan bitimning kelgusida maʼqullanishi u tuzilgan vaqtdan eʼtiboran haqiqiy, deb hisoblashga huquq beradi.Bitimlar tuzishda vakil oʻz erki bilan harakat qiladi. Bu holda u oʻziga berilgan vakolatning hajmiga, amaldagi huquqiy normalarning qoidalariga, vakil qiluvchining bergan koʻrsatmalariga asoslanib ish tutadi. Bitim tuzilishida vakilning erki ham vakolat doirasida ifodalanganligi sababli vakilning jiddiy ravishda yanglishishi, aldanishi, qoʻrqitilishi yoki zoʻrlik taʼsirida tuzilgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.Vakolat qanday asoslarda vujudga kelishiga qarab, vakillik ikki turga: qonun boʻyicha vakillik va shartnoma boʻyicha, yaʼni ixtiyoriy vakillikka boʻlinadi.Vakillik va uning vakolati normativ akt bilan belgilangan holda bunday vakillik muomalaga layoqatsiz shaxslar: yosh bolalar, ruhiy kasallar, aqli zaiflarning huquq va manfaatlari qoʻriqlanishini taʼminlashga qaratiladi. Sud organlarida vakillik qilish toʻgʻrisidagi qoidalar tegishli qonunlar bilan belgilanadi.Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va vasiylar FKning 131-moddasida belgilanganidek, qonuniy vakillar hisoblanadilar. Shartnomali, yaʼni ixtiyoriy vakillikda vakil va uning vakolati vakil qiluvchining erki bilan belgilanadi. Bunday vakillikda vakil va uning vakolati vakil qiluvchi tomonidan koʻrsatiladi. Shartnoma boʻyicha vakillikda mehnat shartnomasiga binoan tashkilot nomidan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi xizmatchi, masalan, tashkilotlarning yurist maslahatchilari, taʼminot vakillari va boshqalar vakil boʻlib hisoblanadilar.Vakolat — vakilning Vakolat beruvchiga fuqarolik hukuq va majburiyatlar vujudga keltirishi, oʻzgartirishi va bekor qilishi uchun asos, yaʼni huquqdir. Vakolat ishonchnoma, qonun, sud karori yoki maʼmuriy akt (hujjat) asosida yuzaga keladi. Qoida ta-riqasida, vakil uz V.ini V. beruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, amalga oshirishga majbur. Vakil V. beruvchi shaxe nomidan shaxsan oʻz foydasiga har xil bitimlar tuza olmaydi (tijorat vakilligi bundan mustasno). Vakil amaldagi konunchilik va Vakolat beruvchining topshiriklariga binoan ish koʻradi. Vakil Vakolatsiz yoki Vakolat doirasidan chetga chiqib, harakat qilgan takdirda, bunday harakat Vakolat beruvchi uchun hech qanday huquqiy oqibat tugʻdirmaydi, ammo bu harakat Vakolat beruvchi tomonidan maʼqullansa, bu hol uning uchun muayyan huquqiy oqibat tugʻdiradi. Vakolatni vujudga keltiruvchi asoslarga koʻra, vakillik 2 turga boʻlinadi: 1) qonun boʻyicha vakillik; bunda vakillik va Vakolat meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi; u muomalaga layoqatsiz shaxs (yosh bolalar, akli zaif va ruhiy kasal)larning manfaatlarini koʻzlab amalga oshiriladi; 2) shartnomaviy vakillik; bunda vakil va uning Vakolatni vakil qiluvchining erki bilan yuzaga keladi. Vakillik orqali huquq layoqatini amalga oshirish, ya'ni huquqlar olish va majburiyatlari bajarish mumkin bo'lmaganligi sababli vakillaming xizmatiga fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham muhtoj bo'ladilar. Chunonchi, fuqaro o`ziga qarashli uy-joyni vakil orqali boshqarish yoki sotishi, tashkilotlar esa, vakillar orqali bir-birlari bilan har xil shartnomalar tuzishlari mumkin. Muomalaga layoqatli fuqarolargina vakil bo'lishlari, vakillik qilish-lari mumkin. Istisno sifatida ayrim hollarda o'n olti yoshga to'lib, pasport olgan fuqaro ham vakil bo'lishi mumkin. Fuqarol aming faqat bir-birlari uchungina emas, ba'zi hollarda tashkilotlar uchun ham vakil bo'lishlariga qonun yo'l qo'yadi. Masalan, savdo va ta'minot bo'limlarining agentlari, mahsulot tayyorlovchi vakil va boshqa xodimlar tashkilotlarning vakillari sifatida ish bajaradilar. Yuridik shaxs faqat o'z ustavida nazarda tutilgan hollarda yoki o'z faoliyatining xarakteriga muvofiq bo'lgandagina fuqarolaming vakil yoki boshqa yuridik shaxs vakili sifatida harakat qilishi mumkin. Tashkilotlarning mulkiy huquqlarini, shuningdek, fuqarolaming shaxsiy va mulkiy huquqlarini qo`riqlash maqsadida qonun kimlarning vakil sifatida harakat qila olmasligini belgilaydi. Jumladan, tashkilotning bosh buxgalteriga o'zi ishlab turgan tashkilot uchun bankdan va moliya organlaridan naqd pul, shuningdek, boshqa tovar, moddiy boylikdar olishga yo'l qo'yilmaydi. Savdo korxonalari va boshqa tashkilotlar o'zlaridan olingan vakolatnomalar yuzasidan hisobot bermagan mansabdor shaxslarni tovar va boshqa ashyolami olish uchun vakil qila olamayd.
Sudda: voyaga yetmagan shaxslar, vasiylik va homiylik ostidagi shaxslar fuqarolaming vakillari sifatida qamasha olmaydilar. Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar qonuniy vakil sifatida (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) shuningdek, tegishli sud yoki prokuraturaning vakili sifatida qatnashish hollaridan tashqari, sudda vakil bo'la olmaydilar (FPK, 51-modda).
Vakil o'zida bo'lgan vakolatga binoan o'zini vakil qiluvchiga nisbatan muayyan huquq va majburiyatlami vujudga keltiradi, o'zgartiradi va bekor qiladi. Binobarin, vakolat deb vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan yuridik harakatlar qilishga va shu bilan u uchun huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquq tushunilad. Vakilning vakolatlari qonunga, sud qaroriga, vakil qilingan davlat organlarining hujjatiga yoki ishonchnomaga asoslangan bo`lishi mumkin. Vakil o'z vakolatini vakolat beruvchining manfaatlarini ko'zlabgina amalga oshirishga majbur, Binobarin, vakil o`ziga vakolat bergan shaxs nomidan, shaxsan o'ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo`lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas -tijorat vakilligi bo'lgan hollar bundan mustasno (FK, 129-modda, 3-band). Agar oshkora shaxs nomidan harakat qilish uchun hech qanday vakolat bo`lmasa yoki vakolatli bo'lsa ham uning doirasidan chetga chiqilgan bo'lsa-bu holda tuzilgan bitimlar bo'yicha kim nomidan harakat qilgan bo'lsa, mazkur shaxs uchun huquq va majburiyadar vujudga kelmaydi. FKning 132-moddasida ko`rsatilganidek, boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs keyinchalik ma'qullangan taqdirdagina, uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o'zgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bim ma'qullangan hisoblanadi.Vakil qiluvchi tomonidan bitimning kelgusida ma'qullanishi u tuzilgan vaqtdan e'tiboran haqiqiy deb hisoblashga huquq beradi. Bitimlar tuzishda vakil o'z erki bilan harakat qiladi. Bu holda u o'ziga berilgan vakolatring hajmiga, amaldagi huquqiy normalaming qoidalariga, vakil qiluvchining bergan ko'rsatmalariga asoslanib ish tutadi. Bitim tuzilishida vakilning erki ham vakolat doirasida ifodalanganligi sababli vakilning jiddiy ravishda yanglishi, aldanish, qo'rqitilish yoki zo'rlik ta'sirida tuzilgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Vakil vositachidan farq qiladi. Agar vakil bitim tuzishda boshqa shaxs nomidan harakat qilsa, komissioner boshqa bir shaxs komitent topshirig'i bo vicha va uning hisobiga harakat qilsa ham bitimni o'z nomidan tuzadi. Vakil vakil qiluvchi tomonidan yuridik harakatlar qilish vakil qiluvchi uchun muayyan fuqarolik huquqlarini vujudga keltirish, o'zgartirish yoki bekor qilish niyatida bo'lganligini bitim tuzuvchi shaxslarga ochiq-ravshan bildirishi lozim. Vakilning bunday niyatda bo'lganligi vakil hara-kat qilib turgan vaziyatning o'zidan ham ko'rinib turishi mumkin. Masa-lan: chakana savdo bilan shug'ullanuvchi korxonada ishlovchi sotuvchi, kassir va boshqalarning harakatlarini, ulaming muayyan bir tashkilot vakillari bo'lishlarini bildiradi. Vakil bilan vakolat beruvchi o`rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardan vakilning yuridik harakatlari tufayli, jumladan, u tomonidan tuzilgan bitim tufayli, vakolat beruvchi bilan uchinchi shaxslar o'rta-sida vujudga keladigan huquqiy munosabatni ajratish kerak. Agar vakil bilan vakolat beruvchi o'rtasidagi munosabat (ichki munosabat) shartno-maga masalan, topshiriq yoki mehnat shartnomasiga asoslangan yoxud boshqa turdagi yuridik faktlarga, chunonchi: tug'ilganlik, vasiylik, far-zandlikka olish faktlariga asoslangan vakolat beruvchi bilan uchinchi shaxs o'rtasidagi huquqiy munosabat (tashqi munosabat) vakilning uchin-chi shaxs bilan tuzgan bitimi asosida vujudga keladi. Vakillik va uning vakolati normativ akt bilan belgilangan holda bun-day vakillik muomalaga layoqatsiz shaxslar: yosh bolalar, ruhiy kasallar, aqli zaiflarning huquq va manfaatlari qo'riqlanishini ta'minlashga qarati-ladi. Sud organlarida vakillik qilish to'g'risidagi qoidalar tegishli qonunlar bilan belgilanadi. Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va vasiylar FKning 131-modda-sida belgilanganidek, qonuniy vakillar hisoblanadiar. vakillikda vakit va uning vakolati v Shartnomali, ya'ni ixtiyoriy vakillikda vakil va uning vakolati vakil qiluvchining erki bilan belgilanadi. Bunday vakillikda vakil va uning vakolati vakil qiluvchi tomonidan ko'rsatiladi. Shartnoma bo'yicha vakillikda mehnat shartnomasiga binoan tashki-lot nomidan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi xizmatchi, masalan, tashkilotlarning yurist maslahatchilari, ta'minot vakillari va boshqalar vakil bo'lib hisoblanadilar. Topshiriq shartnomasiga binoan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi shaxslar ham shartnoma bo'yicha vakil bo'la oladi. Korxona rahbari korxona nomidan boshqa subyektlar bilan muno-sabatlarga kirishganda maxsus yozma vakolatnomasiz ish yudtishga haqli. Vakilning ma'muriy hujjatga asoslangan vakillikdagi vakolatlari tegishli ma'muriy hujjat bilan belgilanadi. Bunday vakillikka misol tariqasida maxsus davlat organlari tomonidan tayinlanadigan vasiylar va homiylarning vakilliklarini keltirish mumkin (MSKning 146-moddasi). Ixtiyoriy (shartnomaviy) - shartnoma asosidagi vakillik. Amalda bunday vakillik ishonchnoma bilan rasmiylashtiriladi. Agar shartnoma tarafi tadbirkorlik faoliyati sohasida shartnomalar tuzayotganda ular nomidan doimiy va mustaqil ravishda vakillik qiluvchi shaxsga aylansa, tijorat vakilligi (185-modda). Ushbu turdagi vakillik qonunchiligimiz uchun yangi bo‘lib, bir qator muhim xususiyatlarga ega. Oddiy vakildan farqli o'laroq, tijorat bir vaqtning o'zida bitimda ikkala tomonni ham ushbu tomonlarning roziligi bilan va qonunda bevosita nazarda tutilgan boshqa hollarda vakillik qilish huquqiga ega. Bitimda turli tomonlar bir vaqtning o'zida vakillik qilgan taqdirda, tijorat vakili o'ziga berilgan topshiriqni oddiy tadbirkorning g'amxo'rligi bilan bajarishi shart. Agar ular o'rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, u shartnoma taraflaridan shartnomada ko'rsatilgan haq va xarajatlar bo'yicha topshiriqni bajarishda qilgan tovonini teng ulushlarda to'lashni talab qilishga haqli. Tijorat vakilligi yozma shaklda tuzilgan va vakilning vakolatlari ko'rsatilgan shartnoma, bunday belgilar bo'lmagan taqdirda esa ishonchnoma (Fuqarolik Kodeksining 185-moddasi 3-bandi) asosida amalga oshiriladi. Vakillikning ikkita asosiy turi mavjud: qonuniy (majburiy) va ixtiyoriy.Vakillikni kelib chiqishiga qarab turlarga ham ajratish mumkin. “Vakillikning asosi yuridik fakt bo‘lib, unga ko‘ra bir shaxs boshqa shaxsning vakili hisoblanadi”. Vakillikning quyidagi turlari mavjud: 1) ma'muriy hujjat asosida vakillik; 2) qonunga asoslangan vakillik; 3) shartnoma asosidagi vakillik; 4) tijorat vakilligi. bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakillik qilingan) nomidan ishonchnoma, qonun ko‘rsatmasi yoki vakolatli davlat organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining hujjati asosidagi vakolat asosida amalga oshiruvchi bitimlar huquq va majburiyatlar bevosita vakili bo'lgan shaxs uchun yaratiladi, o'zgartiriladi va tugatiladi (Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi, 182-modda). P. munosabatlarida uch shaxs ishtirok etadi: 1) vakillik qiluvchi — vakil kimning nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab qonuniy harakatlarni amalga oshirayotgani; 2) vakil - vakillik qilayotgan shaxs nomidan va uning manfaatlarini ko'zlab qonuniy harakatlarni amalga oshiruvchi va 3) vakil bitim tuzadigan uchinchi shaxs. Har qanday jismoniy va yuridik shaxs hech qanday cheklovlarsiz vakil sifatida ishtirok etishi mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslar ham vakil bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, qonun ularga nisbatan ma'lum talablarni belgilaydi: a) jismoniy shaxslar, odatda, to'liq fuqarolik huquqiy layoqatiga ega bo'lishi kerak. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga etmaganlar faqat qonuniy vakillari - ota-onalari, farzandlikka oluvchilar, homiylarning yozma roziligi bilan vakil bo'lishlari mumkin; b) yuridik shaxslar, agar bu ularning maxsus huquqiy layoqatiga mos keladigan bo'lsa, vakil sifatida chiqish huquqiga ega, ya'ni. nizom hujjatlariga muvofiq ularning maqsad va vazifalari. P. vakili nomidan faqat yuridik harakatlar - bitimlar, deb taxmin qiladi. Haqiqiy harakatlar (masalan, narsalarni ko'zdan kechirish, yuklarni tortish, yuklarni yuklash va boshqalar) muassasa P. harakatlaridan tashqarida amalga oshiriladi. P.ga xos xususiyat - shaxs nomidan vakil tomonidan qonuniy harakatlar qilishdir. o'z nomidan emas, balki vakillik qiladi. Vakil tuzgan bitim bo'yicha huquq va majburiyatlar vakilda emas, balki vakillik qilgan shaxsda vujudga keladi. Shuning uchun ular, garchi o'zgalarning manfaatlarini ko'zlagan bo'lsa-da, lekin o'z nomidan (masalan, tijorat vositachilari, bankrotlik ma'murlari, meros bo'yicha ijrochilar va boshqalar), shuningdek, mumkin bo'lgan munosabatlar bo'yicha muzokaralar olib borishga vakolatli shaxslarning vakillari emas. kelajakdagi bitimlar. Xuddi shu sabablarga ko'ra, vakil shaxsan o'ziga nisbatan vakillik qilgan shaxs nomidan bitimlar tuza olmaydi.vakolatlari doirasida vakillik qilayotgan boshqa shaxs nomidan va manfaatlarini ko‘zlab bitimlar va boshqa qonuniy harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. San'atga muvofiq. Fuqarolik Kodeksining 182-moddasiga binoan, vakil tomonidan o'z vakolatlari asosida tuzilgan bitim vakilning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini bevosita yaratadi, o'zgartiradi va tugatadi. Fuqarolik muomalasida vakillik instituti keng qamrovga ega. Bunga ehtiyoj nafaqat qonun bilan vakillik qilgan shaxs (masalan, muomala layoqati yo'qligi sababli) yoki muayyan hayotiy holatlar (masalan, kasallik, xizmat safari, ish va boshqalar tufayli) shaxsan amalga oshira olmaganida paydo bo'ladi. uning huquq va majburiyatlari. Bir qator hollarda vakilning maxsus bilim va tajribasidan foydalanish, vaqtni, pulni va hokazolarni tejash maqsadida vakillar xizmatlariga murojaat qilinadi filiallar va vakolatxonalar, sudda vakillik va hokazo). Vakolatxona yordamida nafaqat mulkiy huquqlar, balki ayrim shaxsiy nomulkiy huquqlar ham amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, ixtiro muallifi vakil orqali patent olish uchun ariza berishi va topshirishi mumkin. Vakil orqali o'z tabiatiga ko'ra faqat shaxsan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan bitimlarni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa bitimlarni tuzishga yo'l qo'yilmaydi (FKning 182-moddasi). Shunday qilib, faqat shaxsan siz vasiyatnoma tuzishingiz, ishonchnoma berishingiz, qaramog'ingizdagi shaxs bilan umrbod ta'minot shartnomasini tuzishingiz va hokazo.
Ish haqi va mehnat munosabatlari bilan bog'liq boshqa to'lovlarni olish, mualliflar va ixtirochilarga haq to'lash, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar, fuqarolarning banklardagi omonatlarini olish va yozishmalar, shu jumladan naqd pul va jo'natmalarni olish uchun ishonchnoma ham tasdiqlanishi mumkin. Fuqaro vakilining bankdagi omonatini, uning bank hisobvarag'idan pul mablag'larini, aloqa tashkilotlarida uning nomiga yozishmalarini olish uchun ishonchnoma tegishli bank yoki aloqa tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Bundan tashqari, bunday ishonchnoma bepul tasdiqlanadi. Yuridik shaxslar nomidan berilgan ishonchnomalar, topshirish, notarial yoki boshqa maxsus tasdiqlash yo‘li bilan berilganlar bundan mustasno. Shu bilan birga, ular ushbu tashkilotlarning rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan tashkilot muhri ilova qilingan holda imzolanishi kerak, pul va boshqa mulkiy qiymatlarni olish yoki berish uchun ishonchnomalar bosh (katta) buxgalterlar tomonidan ham imzolanishi kerak ( Fuqarolik Kodeksining 185-moddasi 5-qismi). Bankdagi bitimlar uchun ishonchnomalar va tashqi savdo sohasidagi bitimlar uchun ishonchnomalar shakllari maxsus qoidalar bilan belgilanadi. Ikkinchidan, ishonchnoma faqat shoshilinch bitim hisoblanadi. San'atga muvofiq uning amal qilish muddatining maksimal muddati. 186 CC uch yil. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati ko'rsatilmagan bo'lsa, u rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi. Chet elda harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan notarial tasdiqlangan ishonchnoma, agar ishonchnomaning o'zida uning amal qilish muddatining aniq muddati bo'yicha ko'rsatmalar bo'lmasa, u bekor qilinmaguncha amal qiladi. Qanday bo'lmasin, ishonchnomada uning rasmiylashtirilgan sanasi bo'lishi kerak, bu holda ishonchnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi. Uchinchidan, ishonchnoma ro'yxatdan o'tgan hujjatdir. Bu shuni anglatadiki, ishonchnomada u berilgan shaxs, shuningdek, ishonchnomani tuzgan shaxs ko'rsatilishi kerak. Bunda ishonchnoma bir shaxs nomiga ham, birgalikda yoki har biri alohida ish yurita oladigan bir necha shaxs nomiga ham berilishi mumkin. Ishonchnoma faqat bir shaxs tomonidan emas, balki bir nechta shaxslar tomonidan ham berilishi mumkin, masalan, shartnomada ishtirok etuvchi shaxslar. O'zgartirish... Ishonchnoma berilgan shaxs o'zi vakolat berilgan harakatlarni shaxsan amalga oshirishi kerak. Shu bilan birga, muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, vakil ushbu harakatlarning bajarilishini boshqa shaxsga topshirish yo'li bilan topshirishi mumkin. San'atga muvofiq. Fuqarolik Kodeksining 187-moddasiga ko'ra, agar birinchidan, vakilga ishonchnoma bilan to'g'ridan-to'g'ri vakolat berilgan bo'lsa yoki ikkinchidan, vakilning manfaatlarini himoya qilish uchun vakil buni qilishga majbur bo'lsa. Qonun mazmuniga ko'ra, vakillik qilgan shaxs istalgan vaqtda vakilga uning iltimosiga binoan yoki o'z tashabbusi bilan (masalan, xat, telegramma va h.k.) tegishli vakolatlar berib, ishonchni topshirishga ruxsat berishi mumkin. . O'z vakolatlarini boshqa shaxsga o'tkazgan vakil bu haqda vakillik qilgan shaxsni xabardor qilishi va unga o'z o'rinbosari to'g'risida zarur ma'lumotlarni taqdim etishi shart. Aks holda, deputatning harakatlari uchun barcha javobgarlik uning vakolatlarini topshirgan vakilga yuklanadi. O'tkazish yo'li bilan berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati u berilgan ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

Download 67.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling