Vaqtli qatorlar va prognozlash asoslari by Abdumalik Soliev Vaqtli qatorlar


Download 1.15 Mb.
bet2/26
Sana11.01.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1087840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
tadqiqot 9

Mavsumiylik
Mavsumiylik qonuniyati - bu taqvim bilan bog'liq voqealar natijasida yuzaga keladigan vaqt qatoridagi har qanday fluktuatsiya (tebranish, o'zgarish).
Ushbu hodisalar yil fasllari (masalan, qish yoki yoz), kun yoki hafta vaqtlari bo'lishi mumkin. Mavsumiylik har doim belgilangan chastotaga ega. Ya'ni, mavsumiy pattern (o’zgarish) har doim hafta, yil va hokazolarning bir xil davrida boshlanadi va tugaydi.
Masalan, ma'lumotlarni qayta ishlash markazini olaylik. Sovutish tizimini energiya iste'molining asosiy manbai deb hisoblasak, yozda energiya xarajatlari ko'payishi, qishda esa energiya sarfi kamayishi mumkinligini tasavvur qilish oson.
Bundan tashqari, qalin paltolarni sotadigan kiyim-kechak do'koni yozga nisbatan qishda yuqori savdo ko'rsatkichlarini kuzatishi mumkin.
Sikl
Nihoyat, vaqt seriyasining siklik tabiati - bu mavsumiy omillar bilan bog'liq bo'lmagan o'zgarishlar turi. Bular bir kalendar yilidan ortiq davom etishi mumkin bo'lgan o'zgaruvchan qiymatli ko'tarilish va pasayishlardir. Siklik qonuniyatlar takrorlanmaydi. Odatda ular tashqi omillar ta'sirida paydo bo'ladi va bu ularni bashoratlashda ancha qiyinlashtiradi.
Bashorat qilish usullari odatda ishonchli prognozlarni olish uchun ushbu qonuniyatlarning afzalliklaridan foydalanadi.
Quyida qo'shma shtatlardagi yangi yakka tartibdagi uylarni sotish bo'yicha ma'lumotlarning vaqt qatorlari keltirilgan. Undagi kuchli mavsumiylikka e'tibor bering. Yil boshida uylarni sotish odatda sekin kechadi. Eng yuqori cho'qqisi iyun va iyul oylariga to'g'ri keladi.
Bundan tashqari, olti yildan o'n yilgacha tuzish mumkin bo'lgan kuchli sikllar mavjud. Sikllar belgilangan davrlarga ega emasligini unutmang.

sales of new one-family houses in the USA - AQShda yangi yakka tartibdagi uylar sotilishi
number sold - sotishlar soni
Shuni ta'kidlash kerakki, barcha vaqt qatorlarini oldindan bashorat qilib bo'lmaydi. Aniqrog'i, ularning ba'zilari uzoq muddatda bashorat qilinadigan qonuniyatlarga ega emas. Bunday vaqt qatorlarini bashorat qilish agar imkonsiz bo'lmasa, bashorat qilish qiyin, chunki kelajakdagi harakatlar bir xil darajadagi ehtimollik bilan ham yuqoriga, ham pastga bo'lishi mumkin.
Ushbu turdagi ma'lumotlarni bashoratlash uchun biz odatda tasodifiy yurish modelidan foydalanamiz. Ushbu model keyingi voqea oldingi voqea bilan mutlaqo bog'liq emasligini taxmin qiladi. Shuning uchun, tasodifiy yurish bashoratlari oxirgi kuzatuv va biroz shovqinga tengdir. Tasodifiy yurish modellari odatda moliyaviy va iqtisodiy ma'lumotlar uchun ishlatiladi.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling