Vaqtli qatorlar va prognozlash asoslari by Abdumalik Soliev Vaqtli qatorlar
Download 1.15 Mb.
|
tadqiqot 9
Numbered divider 5 5-qadam Beshinchi qadam mavsumiy o'zgarishlarni aniqlash maqsadida har chorak uchun tuzatishlarni hisoblashni nazarda tutadi. Trend chizig'i g'oyasi har chorakning o'rtacha og'ishlarining yig'indisi nolga teng degan taxminga asoslanadi. Biroq, haqiqiy misollarda choraklarning o'rtachasi yig'indisi odatda noldan farq qiladi. Shuning uchun bizning hisob-kitoblarimizda mavsumiy tuzatishlar mavjud bo'lishi kerak va o'rtacha og'ishlar yig'indisining noldan farqi barcha choraklar o'rtasida teng taqsimlanadi. Bizning misolimiz uchun o'rtacha og'ishlarning yig'indisi 2,43 + (-6,23) + (-3,75) + 8,08 = 0,53, ga teng, chunki ushbu summa barcha choraklar o'rtasida teng taqsimlanishi kerak bo'lib, mavsumiy tuzatish 0,53/4 (bir yildagi choraklar soni ) = 0,13, ya'ni har chorakdagi og'ishlar 0,13 ga oshirilgan.
Numbered divider 6 6-qadam O'rtacha og'ish uchun tuzatishlarni topganimiz sababli, endi har chorak uchun mavsumiy o'zgarishni topishimiz mumkin. Har chorak uchun mavsumiy o'zgarish qiymati o'rtacha og'ish bilan o'sha chorakni tuzatish o'rtasidagi farqga teng.
Numbered divider 7 7-qadam Nihoyat, biz 2007-yilning 4-choragi uchun prognoz qiymatini topishimiz mumkin bo'lib, uni shunchaki CMA trendi prognoz qiymatiga mavsumiy o'zgarishni qo'shish orqali topish mumkin. Trendning prognoz qiymatini y = a + b ∙ x formulasi yordamida topish mumkin. Bunda, b quyidagiga teng: 2007-yilning 4-choragi uchun trend chizig'i qiymati taxminan 142 ga teng ekanligini ko'rsatdi. Ushbu chorak uchun mavsumiy o'zgarish 7,95 ga teng. Shunday qilib, prognoz qiymati Y2007(IV) = T2007(IV) + S2007(IV) = 142 + 7.95 = 149.95 ga teng. 9.3 Multiplikativ modelby Abdumalik SolievAbdumalik Soliev Kirish Multiplikativ model tahlili-bu vaqt qatorini modellashtirishga yana bir yondashuv. Additiv model tahlili bilan taqqoslaganda, multiplikativ modeldan foydalanganda, vaqt qatori ikki tarkibiy qismga: trend va mavsumiylikka bo'linadi. Formula quyidagicha ko'rinishda bo'ladi: Bunda: Yx - x davri uchun haqiqiy ko'rsatkich Tx - x davridagi tendensiya Sx - x davridagi mavsumiy tebranishlar Multiplikativ model tahlilidan foydalanganda quyidagi amallarni bajarishingiz kerak: 1 1 4 nuqtali harakatlanuvchi o'rtacha qiymatni toping va ularni 2- va 3-o'rinlarning o'rtasidan joylashtirishni boshlang 22. Markaziy harakatlanuvchi o'rtacha СМА (trend)ni hisoblang 33. Og'ishlarni topish uchun haqiqiy qiymatni CMAtrend qiymatiga bo'ling 4 4. Muayyan davr uchun o'rtacha og'ishni hisoblang 55. Mavsumiy tuzatishlarni joylashtiring 66. Mavsumiy tebranishlar uchun o'rtacha og'ishlar bilan mavsumiy tuzatishlar o'rtasidagi munosabatni oling 7 7. Bashorat qilish uchun shunchaki mavsumiy tuzatish va prognoz qilingan CMA trend qiymati ko'paytmasini toping. 1-holat Quyidagi misolda unga texnologik kompaniya kompyuterlarining har chorakda sotilishi to'g'risida ma'lumotlar berilgan. 1 = I. 2 = II. 3 = III. 4 = IV
Multiplikativ modelga muvofiq tuzatilgan IV chorak uchun prognozli savdo qiymatini topish talab qilinadi. Numbered divider 1 1-qadam Quyidagi misolda biz 4 ta nuqta bo'yicha harakatlanuvchi o'rtacha qiymatni topishimiz kerak. Bu har bir chorak uchun qo'shimcha ustun qo'shish orqali amalga oshiriladi. Ustun qo'shilgandan so'ng, dastlabki to'rtta chorak qiymatlarini olamiz va ularning o'rtacha qiymatini topamiz: (86,7 + 94,9 + 94,2 + 106,5)/4 = 95,58. So'ngra olingan qiymat MA ning 4 nuqtali ustunidan ikkinchi katakka o'tkaziladi. Time – vaqt Sales - sotuvlar 4 point MA – 4 nuqtali МА Xuddi shu jarayon 4 nuqtali MA ustunidan keyingi katak uchun takrorlanishi kerak, ammo ushbu holatda keyingi to'rt chorakning qiymatlari ishlatilishi kerak: (94.9 + 94.2 + 106.5 + 105.9)/4 = 100.38 Time – vaqt Sales - sotuvlar 4 point MA – 4 nuqtali МА Endi boshqa barcha choraklar uchun xuddi shu jarayonni takrorlash kerak.
Numbered divider 2 2-qadam Bizda markaziy harakatlanuvchi o'rtacha (trend) qiymatlarini topish uchun kerak bo'ladigan 4 nuqtali harakatlanuvchi o'rtacha qiymat mavjud. Buning uchun jadvalga CMA Trend ustuni qo'shiladi. Markaziy harakatlanuvchi o'rtacha qiymat 4 nuqtali harakatlanuvchi o'rtacha ustunidagi ikkita qiymatning o'rtacha qiymatiga teng. Masalan, 4 nuqtali MA ning dastlabki ikkita qiymati uchun CMA qiymati,(95,58 + 100,38)/2 = 97,98, ga teng bo'lib, ushbu qiymat CMA Trend ustunining uchinchi katakchasiga joylashtirilishi kerak. Ushbu qiymat mavsumiy o'zgarishlarga moslashtirilmagan III chorakdagi trend chizig'ining qiymatini anglatadi. Time – vaqt Sales - sotuvlar 4 point MA – 4 nuqtali МА СМА trend - СМА trend Endi ushbu operatsiyani 4 nuqtali MA ustunidagi qolgan qiymatlar uchun takrorlash kerak.
Jadvalimizdagi so'nggi ikkita katak har doim trend qiymatlarisiz qoladi, chunki ularni hisoblash uchun kelgusi choraklarning qiymatlari talab qilinadi. Ushbu ma'lumotdan foydalanib, endi biz o'z holatimiz uchun haqiqiy savdo hajmi bo'yicha trend chizig'ini qurishimiz mumkin. Numbered divider 3 Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling